292
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Huquqning ijtimoiy munosabatlarga
ta’sir etishi va ularni tartibga solishi masala-
si davlat va huquq nazariyasi uchun muhim
metodologik ahamiyat kasb etadi. Jamiyat
hayotida kishilar va ularning turli-tuman
tashkilotlari o‘rtasida son-sanoqsiz moddiy, moliyaviy, siyosiy, madaniy va
boshqa munosabatlar (aloqalar) mavjud bo‘ladi. Ma’rifiy jamiyatda ushbu mu-
nosabatlar axloqiy, diniy, korporativ va boshqa ko‘plab ijtimoiy normalar bilan
batartiblashtiriladi, tashkillashtiriladi va yo‘naltiriladi. Ijtimoiy munosabatlar-
ning muayyan qismi huquq normalari bilan tartibga solinib, ularga barqa-
rorlik, izchillik, maqsad sari yo‘naltirilganlik xususiyatlari baxsh etiladi.
Ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari yordamida tartibga solinadigan
qismi
huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. Huquq normalari o‘z vazifa va
funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi; huquq talablari
ijtimoiy munosabatlar shakliga aylantiriladi va shu tariqa munosabatlar tartibga
solinib, huquq hayotga tatbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |