Abumansuralmoturudi y



Download 4,08 Mb.
bet1/2
Sana06.07.2021
Hajmi4,08 Mb.
#110717
  1   2
Bog'liq
Seminar 8


A B U M A N S U R A L M O T U R U D I Y

To‘liq ismi shariflari — Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Moturidiy as-Samarqandiy.

Moturid — Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birining nomi. U hozirda buzilgan shaklda Matrit deya ataladi. Aslida esa, manbalarda aytilishicha, qishloqning nomi arabcha «Mo turid?» so‘zidan olingan. Ma’nosi «Nima demoqchisan?»dir. Nasablari Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) Makkai mukarramadan Madinai munavvaraga hijrat qilib kelganlarida o‘z uyidan joy bergan mashhur sahobiy - Abu Ayyub Xolid ibn Zayd ibn Kulayb al-Ansoriy hazratlariga borib yetadi, deb naql qiladilar. Bu nisbatni ba’zi muarrixlar rad etganlar. Tug‘ilgan yillari haqida tarixiy manbalarda qat’iy ma’lumot yo‘q, lekin taqribiy yoki taxminiy sanalar berilgan. Masalan, uning abbosiy xalifalardan Mutavakkil (232-247h.) davrida yashaganlari aniq. Yana, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy (vaf. 248 h.) va Nasir ibn Yahyo al-Balxiy (vaf. 268 h.) kabi ustozlaridan saboq olganliklarini nazarda tutilsa, Shayxning tug‘ilgan yilini 238 h. deb taxmin qilish mumkin.

Lekin boshqa manbada, aniqrog‘i «Islom» qomusida tug‘ilgan yillari 870 milodiy yil deb ko‘rsatilgan. Shunga asosan 2000 yilda tavalludlarining 1130 yilligi nishonlandi. Bu hisobga ko‘ra, Shayx tavalludlari 257 h. yilga to‘g‘ri keladi.

Vafot etgan sanalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning eng ishonchlisi 333 h.y. hisoblanadi. Bu milodiy sana bo‘yicha 944 yilga to‘g‘ri keladi.

Ilmiy unvonlari:

— Imomul-hudo (Hidoyatga eltuvchi imom);

— Qudvatu Ahlis-sunna (Ahli Sunnat peshvosi);

— Musahhihu aqoidil-muslimin (Musulmonlar aqoidini isloh etuvchisi);

— Imomul-mutakallimin (Kalom ilmi olimlarining peshvosi);

— Rabibu Ahlis-sunna (Ahli Sunna val-Jamoa tarbiyasini olgan);

— Al-Imom az-Zohid (Dunyoni tark etgan imom);

 Shayx Abu Mansur Moturidiyning ustozlari yoki shayxlari Imom A’zam Abu Hanifa — No‘mon ibn Sobitning shogirdlari hamda shogirdlarining shogirdlari bo‘lganlar. Ulardan ba’zilarini eslatib o‘tamiz: Abu Nasr al-Iyoziy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy, Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy, Nasir ibn Yahyo al-Balxiylardir.




Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish