Mavzu: abu mansur al-moturidiyning ilmiy ijodi



Download 213 Kb.
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi213 Kb.
#735705
  1   2
Bog'liq
kurs ishi Moturudiy ijodi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI MIRO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI

KURS ISHI

MAVZU: ABU MANSUR AL-MOTURIDIYNING ILMIY IJODI

BAJARDI: HAMROYEVA NAFISA


QABUL QILDI: ___________________

TOSHKENT 2022

MUNDARIJA

KIRISH
I BOB. ABU MANSUR AL-MOTURIDIY haqida umumiy ma’lumot


1.1 Abu Mansur al-Moturudiyning hayoti
1.2 Abu Mansur al-Moturudiyning ilm yo’li, ustoz va shogirdlari
1.3 Abu Mansur al-Moturudiyning asarlari manba sifatida
II BOB Abu Mansur al-Moturudiyning ilm-fanga qo’shgan hissasi
2.1 Fiqh ilmi haqida ma’lumot
2.2 Moturidiya aqidasining xususiyatlari : manbalarda va zamonaviy tadqiqotlarda
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVA


    1. Abu Mansur al-Moturudiyning hayoti

Moturidiy yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti bo‘lib, so‘ngra IX asrning oxiridan boshlab poytaxt Buxoroga ko‘chirildi. Biroq o‘sha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiymadaniy markazi bo‘lib qolaverdi.Abu Mansur al-Moturidiy sunniy eʼtiqodidagi ikki yirik yoʻnalishdan biri boʻlmish Moturidiya yoʻnalishining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida maʼlumotlar juda ozdir. Toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fikh olimi asli Samarqandning Moturid qishlogʻidan (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) boʻlib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur al-Moturidastlabki taʼlimni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning oʻsha davrdagi diniy va maʼrifiy markazi boʻlgan Samarqandda davom ettiradi.Al-Moturidiy yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan davrga toʻgʻri keladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti boʻlib, soʻngra IX asrning oxiridan boshlab poytaxt Buxoroga koʻchirildi. Biroq oʻsha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiy-madaniy markazi boʻlib qolaveradi.Abu Mansur al-Moturidiy tugʻilgan yili haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. U Samarqandda 944–945 yilda vafot etgan va shahar chekkasidagi Chokardiza degan qabristonga koʻmilgan.
Abu Mansur al-Moturudiyning ilm yo’li, ustoz va shogirdlari: Baʼzi manbalarda uning Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida taʼlim olgani qayd etilgan. Al-Moturidiy Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy, Imom Aʼzam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn al-Fadl kabilarni oʻzining ustozi deb bilgan. Ba’zi manbalarda uning Samarqanddagi “Iyoziy” madrasasida ta’lim olgani qayd etilgan. Moturidiy Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyoziy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn YAhyo Balxiy, Muhammad ibn Fazl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan.Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan dars olib o‘z bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqotda bo‘lgan va munozaralar qilgan.
Shayx Abu Mansur Moturidiyning ustozlari yoki shayxlari Imom A’zam Abu Hanifa — No‘‘mon ibn Sobitning shogirdlari hamda shogirdlarining shogirdlari bo‘lganlar. Ulardan ba’zilarini eslatib o‘tamiz:
Abu Nasr al-Iyoziy (Ahmad ibn Abbos). Bu zot Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniydan ta’lim olganlar. Shayx Abu Mansur ham fiqh darsida Abu Nasrga sherik bo‘lib, al-Juzjoniyda o‘qiganlar. Al-Iyoziy somoniylar davrida dorul-harbda asir holida turk diyorida shahid bo‘lganlar («Tarixi Samarqand»dan).
Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy ham Moturidiyning eng ko’zga ko’ringan ustozlaridan biridir. Ray shahrining qozisi bo‘lgan bu zot Abu Hanifaning shogirdi — Muhammad ibn Hasan al-Shayboniyda o‘qiganlar. Mashhur muhaddis sahobiy Vake’ va boshqalardan hadis rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy ham undan hadis tinglaganlar. Hakim Termiziy ham u zotdan hadis rivoyat qilganlar. Vafotlari to‘g‘risida 248 h. va 242 h. yil kabi sanalar ko‘rsatilgan.
Shuningdek, Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy. Bobosining ismi Subh yoki Subayh ekanida muarrixlar ixtilof qilganlar. Bu zot fiqh ilmi usullari va furu’lari sohasida, shuningdek, anvoi fununda yuqori darajalarga erishganlar. «Al-Furuq vat-Tamyiz», «Tavba» va boshqa kitoblar muallifidirlar. Abu Bakr al-Juzjoniy Abu Hanifaning yirik shogirdlaridan Muhammad ibn Hasan huzurida dars tinglagan Abu Sulaymon al-Juzjoniydan saboq olgan. Vafotlari 268 h. yilda. Bundan tashqari, Nasir ibn Yahyo al-Balxiy. Bu zot ham mazkur shayxlari kabi Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Abu Mute’ al-Hakim Abdulloh al-Balxiy va Abu Muqotil Hafs as-Samarqandiydan saboq olgan hanafiy maktabiga mansub fiqh va kalom ulamolaridandir. Vafotlari 268 h. yilda voqe’ bo‘libdur. Abu Mansur Moturidiy hazratlari aqida fanidagi sunniy - hanafiy yo‘nalishini davom ettirib, ko‘p izlanishlardan keyin moturidiya maktabiga asos soldilar. Shu asnoda ko‘plab shogirdlarini yetishtirib chiqarganlar. Quyida ulardan ba’zi mashhurlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beramiz:
Moturidiydan saboq olgan buyuk shaxslardan biri bu Abul-Qosim Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Zayd al-Qoziy — al-Hakim as-Samarqandiy (vafoti 335 yoki 342 h. y. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan).
U Shayx Moturidiyning eng yirik shogirdlaridan biri bo‘lib, tasavvuf ilmini Balx mashoyixlaridan, fiqh va kalom ilmini Shayx Abu Mansur hazratlaridan olgan. Uzoq vaqt Samarqandda qozilik vazifasini o‘tagan. Asarlaridan «Savodi a’zam», «Imon» risolasi mashhurdir. Shuningdek,Abul-Hasan Ali ibn Said ar-Rustufag‘niy as-Samarqandiy. Hanafiya fiqhi va usuli bo‘yicha shuhrat qozongan. U bilan ustozi Shayx Moturidiy o‘rtasida mujtahid xatosiga oid masalada ixtilof kechgan. «Irshodul-muhtadiy», «Az-zavoid val-favoid», «Al-as’ilatu val-ajviba», «Bayonus-Sunnati val-Jamoa» kabi asarlar muallifidir. Vafoti 350-961 m.y. Shogirdlaridan yana biri,Abu Muhammad Abdul-Karim ibn Muso ibn Iso al-Pazdaviy. Nasafdan olti farsax uzoqlikdagi Pazda yoki Pazdava qishlog‘idan. Asosan, fiqh ilmida mashhur bo‘lgan. Uning zurriyotidan yirik moturidiya ulamolari dunyoga kelgan. Masalan, Abul-Yusr al-Pazdaviy (vafoti 493 h./1100 m.y.), Abul-Hasan al-Pazdaviy (vafoti 482 H./1089 m.y.) shular jumlasidandir. O’zi 390 h./999 m. yilda vafot etgan.
Abu Ahmad ibn Abi Nasr Ahmad ibn al-Abbos al-Iyoziy. Abu Mansur hazratlarining ustozlari Abu Nasr al-Iyoziyning o‘g‘li. Fiqh, nutq, iffat va taqvoda benazir bo‘lgani haqida naql qilinadi.
Abu Abdir-Rahmon ibn Abil-Lays al-Buxoriy. Kalom va fiqh ilmlarini Abu Mansur hazratlaridan olgan. U Abul-Qosim al-Hakim as-Samarqandiy bilan ko‘p vaqt birgaliqda tahsili ilmda bo‘lgan.
https://www.mirarbmadrasa.uz
Abu Mansur al-Moturudiyning asarlari haqida: Butun umri davomida quyidagi asarlar yozib qoldirgan: “Kitoab at-Tavhid” (“Allohni yagona deb bilish haqidagi kitob”), “Kitob alMaqomat”, “Ka’biy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bag‘ishlangan kitob”, “Mu’tazila g‘avg‘olari va undan qo‘rqmaslik haqidagi kitob bayoni”, “Qur’on ta’vili kitobi”.Abu Mansur al-Moturidiyning “Shariat asoslari”, “Kitob al-jadal”, “Dialektika haqida kitob” kabi asarlari ham bo‘lgan. Bulardan tashqari Moturidiyning islom huquqshunosligiga oid “Usul kitobi” asari ham ma’lum.Moturidiyning yana bir asari “Ta’vilot ahli sunna” yoki boshqa bir nomi “Ta’vilot al-Qur’on” deb nomlanadi. Moturidiy bu asarda sunniy aqidaga (ta’vilda) zid qarashlarni rad qilishga harakat qiladi va Imom Abu Hanifaning qarashlariga suyangan xolda ish ko‘radi.
Moturidiyning mazkur asari tarix jarayonida ko‘p allomalar asarlariga asos solgan, ular ijodiga turtki bo‘lgan.Shulardan biri Alouddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Samarqandiyning sharhidir. U “Sharh ta’vilot ahli as-sunna” deb nomlangan.Shu bilan birga, Moturidiy nomi ostida yozilgan bir necha soxta asarlar ham ma’lumdir. Masalan: “Favoid” (qoidalar), boshqa nomi “Pandnoma”, “Kitob al-Usul”, “Sharh al-Fiqh al-Akbar” asarlari shular jumlasidandir. Bu Moturidiyning diniy ilmlar namoyandalari orasida qanchalik mashhur bo‘lganligidan dalolat beradi. Moturidiy ko‘p shogirdlar yetishtirdi, ular orasida islom olamiga mashhur allomalar Abul Hasan Rustug‘faniy, Ishoq ibn Muhammad Samarqandiy va Abdul Karim Pazdaviy, Abu Ahmad Iyoziy kabi olimlar bor edi. Shogirdlari o‘z ustozlarining ta’limotini davom ettirishgani natijasida moturidiya ta’limoti vujudga kelgan.Abu Mansur Moturidiy umri davomida faqihlar, muhaddislar bilan muloqotda bo‘lgan va munozaralar olib borgan. U islom dinining hanafiy mazhabini Movarounnahrda tarqatish va o‘zidan keyingi avlodlarga qusursiz yetkazish ishiga muhim hissa qo‘shdi. Moturidiyning asosiy asarlari „Kitob at-tavhid“ („Yakkaxudolik haqidagi kitob“), „Taʼvilat ahl as-sunna“dir („Sunniylik anʼanalari sharhi“). „Kitob at-Tavhid“ bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi tahlil etilgan. Moturidiy „Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir“, deb taʼkidlagan edi. Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. „Maʼxaz ash Shariʼa“ („Shariat asoslari sarasi“), „Kitob al-usul“ („Diniy taʼlimot asoslari kitobi“), „Kitob al-jadal“ („Dialektika haqidagi kitob“) kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan.
Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan „Taʼvilot al-Qurʼon“ asari va uning uzviy davomi hisoblanmish „Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil 'alamin“ („Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma“) kitobi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Al-Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, Hanafiya mazhabi olimlaridan dars olib oʻz bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida koʻplab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda boʻlgan va munozaralar qilgan. Butun umri davomida shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgandir. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning (vafoti 1582 yil) “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot va mashaoyix mazahab an-Nuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli kitobida al-Moturidiy va uning asarlari haqida ayrim maʼlumotlar beriladi. Masalan, quyidagi asarlari nomlari keltirilgan: “Kitab Tavhid” (“Allomani yakkalashlar kitobi”), “Kitab Maqomat”, “Kitab rad avomil lil adila lil kabiy” (“Kaʼbiy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bagʻishlangan kitob”), “Kitab bayon va hum ul-muʼtazila” (“Muʼtazila gʻavgʻolari va undan qoʻrqmaslik haqidagi kitob bayoni”), “Kitab Taʼvilot al-Qurʼon” (“Kurʼon taʼvili kitobi”).Lekin Hoji Xalifaning (1609–1659) “Kashf az-zunun an-asomil kutub va-l-funun” (“Kitob va fanlar nomlari haqidagi shubhalarni bartaraf etish kitobi”) kitobida eʼtirof etilishicha, yana Abu Mansur al-Moturidiyning “Ma hazi ash-shariʼa” (“Shariat asoslari sarasi”), “Kitab al-jadal” (“Dialektika haqida kitob”) kabi asarlari ham boʻlgan. Bulardan tashqari al-Moturidiyning “Kitab al-usul” (“Diniy-taʼlimot usuli kitobi”) asari ham maʼlum.Abu Mansur al-Moturidiyning koʻp asarlari bizgacha yetib kelmagan, yetib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi.Al-Moturidiy islom olamida juda nozik hisoblangan “Kitab Tavhid” – asari bizning davrimizga yetib kelgan va u 1970 yilda Fathulloh Xulif tomonidan Bayrutda nashr etilgan.U islom dinidagi sunniylarning toʻrtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini oʻrganib, fiqhga va kalomga oid asar yozadi.
https://arboblar.uz/uz/people/abu-mansur-al-maturidi
Moturidiya aqidasining xususiyatlari: Yuqorida zikr etganimizdek, moturidiya aqidasiga doir masalalarni shayx Moturidiyning yakka o‘zlari tuzib, tartibga solgan emaslar, balki ul zotga qadar ham Ahli Sunna val-Jamoa aqidasi shakllanib ulgurgan edi. Moturidiy hazratlarining xizmatlari shundan iborat bo‘lganki, o‘sha davrdagi aqidaviy oqimlarning ta’sirini qirqish, ularning iddaolariga raddiya berish, kuchli va asosli dalillar bilan haqiqiy islom aqidasini himoya qilish, ilmi kalom, mantiq va munozara qoidalariga rioya qilgan holda xasmlar jaholatiga ilmu ma’rifat bilan javob qaytarib, chin ixlosli musulmonlar uchun aqidaga doir muhim qo‘llanmalar tayyorlab berishni niyat qilgan edilar.
Ma’lumki, Ahli Sunna val-Jamoa aqidasi o‘sha davrda uchta buyuk shaxs tomonidan himoya qilingan va asosiy ruknlari ishlab chiqilib, shogirdlari va kitoblari orqali musulmonlarga taqdim etilgan edi. Ulardan birinchisi — Abul Hasan Ash’ariy (260— 331 h.) Bag‘dodda, ikkinchisi — Abu Ja’far Tahoviy Misrda va Abu Mansur Moturidiy Movarounnahrda sunniy aqidaning himoyachilari sifatida islom tarixida chuqur iz qoldirdilar.
Biz — moturidiylar uchun yaxshi bilib, doimo nazarda tutib yurish zarur bo‘lgan bir necha muhim masalalar bor. Ular quyidagilardan iborat:
1. Moturidiya aqidasi bilan Ash’ariya aqidasi o‘rtasida bir necha masalalarda qarama-qarshiliklar bor. Ularni ba’zi olimlar 15 ta, boshqalari 40 ta, hatto, 50 tagacha sanab yetkazganlar. Ulardan asosiylari — Allohning sifatlarini zotiy va fe’liy sifatlarga bo‘lish, sifatlari ayni zotmi yoki g‘ayri zotligi, Muso (a.s.) Allohning kalomini bevosita eshitganmi yoki bilvositami, iroda bilan rizo birmi yoki tafovutlimi, Allohni ko‘rish joizligiga Ash’ariy aqliy dalil keltirgan, Moturidiy naqliy, qabih ishning sodir etilishi bandadanmi yoki u ham Allohdanmi — bunga Moturidiy husnu qubh hammasi Allohdan, faqat behikmat emas, deydilar. Inson o‘z toqatidan tashqari ishga taklif etilishi mumkin, deb Ash’ariy, mumkin emas, deb Moturidiy aytadilar. Shuningdek, Allohni aql bilan tanish vojibmi yoki naql bilanmi degan masalada Moturidiy aql bilan deganlar. Imon bilan islom bir narsa ekani, baxtli va baxtsiz insonlar oxir-oqibatda o‘zgarib-almashib qolishlari mumkinligi, qilinadigan yaxshi va yomon amallar bandaning kasbi va Allohning yaratishi bilan hosil bo‘lishi, muqallidning imoni maqbul ekani, imonning o‘zi emas, balki savoblar va gunohlar alohida hisobga olinishi kabi masalalarda Imom Ash’ariy bizning moturidiya aqidamizning xilofini taqrir etganlar.
2. Moturidiyaning mo‘tazila aqidasidan farqlari.
Avvalo, bilmoq kerakkim, diniy fanlar qatoriga kalom ilmining kirishiga asosiy sabab shu mo‘‘tazila toifasining aqliy munozaralari va qarshiliklari bo‘lgan. Ular ash’ariya yoki moturidiya kabi aqlni naqliy dalillardan keyinga emas, balki birinchi o‘ringa qo‘yganlar. Aql va fikrni asosiy manba qilib olib, balki nususni aqlga bo‘ysundirmoqchi bo‘lganlar. Shuning uchun ham Shayx Moturidiy hazratlari boshqa oqimlarga qaraganda ko‘proq mo‘‘tazila firqasining fikrlariga qarshi raddiyalar bilan chiqqanlar. Ularning aqliy va fikriy dalillarini rad qilish uchun buyuk hamyurtimiz kalom ilmi bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelgan va u zot shu uslub bilan Ahli Sunna aqidasini himoya qilishga muyassar bo‘lganlar.
Mo‘‘tazila firqalarining moturidiya aqidasiga zid qarashlari, asosan, quyidagi nuqtalarda o‘z aksini topadi. Ular aytadilar:
1. Allohning ismi va sifatlari azaliy emas, ular hech qanday ma’no va mazmunga ega emas. Allohning ismi bilan sifatlari bir narsa. 2. Allohni bu dunyoda ham, oxiratda ham ko‘rish mumkin emas.
3. Qur’on — mahluq. U azaliy emas.
4. Bandaning foydasini ko‘zlab ish qilish Allohning zimmasiga vojib.
5. Bandaning qudrati va toqati Allohga bog‘liq emas. Fe’llarni bandaning o‘zi yaratadi.
6. Qatl etilgan kishi ajalidan oldin o‘lgan bo‘lur.
7. Halol — rizq, lekin harom — rizq emas.
8. Allohning irodasi hodisdir, qadim emas.
9. Alloh faqat yaxshilikni iroda qilur. Yomonlik uning irodasidan tashqaridir.
10. Amallar imonning tarkibiga kirur. Balki amal imonning asosiy ruknidir.
11. Imon ozayib, ko‘payib turuvchi narsadir.
12. Gunohi kabira qilgan musulmon imon bilan kufr o‘rtasida qolur.
13. Kabira egalari do‘zaxda abadiy qolurlar.
14. Shafoat faqat yaxshi odamlarga nisbatan qilinur. Gunohlarni hech kim shafoat etmas.
15. Jannat bilan do‘zax hanuz yaratilmagan.
16. Qabrdagi azob yoki rohat, qiyomat tarozusi, Pulsirot, Havzi Kavsar kabilarning hammasi yo‘q narsa.
17. Avliyolarda hech qanday karomat bo‘lmaydi.
18. Muqallid (boshqalarga taqlidan musulmonman deb yuruvchi odam) ning imoni qabul qilinmaydi.
Zikr etilgan nuqtalardan ko‘rinib turibdiki, mo‘‘tazila firqasi bizning moturidiya aqidamizga xilof ravishda alohida nazariyaga asos solganlar. Nozik va qaltis joyi shu yerdaki, mazkur 18 bandda aytib o‘tilgan narsalarda ancha-muncha aqlli, ziyolilar, hatto, ulamolar ham chalg‘ib ketishlari hech gap emas. Shuning uchun ham o‘zimizning sunniy, hanafiy, moturidiy aqidamizga oid kitoblarni ko‘p mutolaa qilish va dilga jo etish eng zarur ishlardandir.
3. Sunniy-hanafiy musulmonlar yana shuni yaxshi bilib olishlari kerakki, hanafiy mazhabimizga hasad qilganlaridek, moturidiya aqidamizga ham hasad ko‘zi bilan qarash, uning sha’niga tuhmat-bo‘hton yog‘dirish jarayoni hali hanuz to‘xtagan emas. Aqida faniga oid yozib kelinayotgan asarlarni mutolaa qilib ko‘rsangiz, buning guvohi bo‘lasiz. Ayniqsa, arab dunyosida nashr qilinayotgan asarlarning deyarli 90 foizida moturidiya aqidasini buzib ko‘rsatishlar, hatto, uni Ahli Sunna jamoatiga qo‘shmagan holda zikr qilishlar, ash’ariya aqidasini esa, mutlaqo kamchiliklarini ko‘rsatmaslik, balki uni yagona to‘g‘ri aqida deb talqin qilishlar uchrab turibdi. Bunga misol qilib Riyozlik arab yozuvchisi Ahmad ibn Avazulloh ibn Doxil al-Luhaybiyning «Al-Moturidiya dirosatan va taqviman» nomli kitobi, Doktor Mahmud Qosimning «Muqaddimat Ibnir-Rushd» kitobi, Vahiduddinxon, Abdulhalim Qunbus, Fathiy Yakan, Abduljabbor («Al-Mug‘niy» muallifi) kabi yozuvchilarning asarlari, «Sharhul-usulil-xamsa» kitobi va boshqalarni keltirish mumkin.
Lekin o‘zlari arab yoki g‘arb yozuvchilari bo‘la turib, moturidiya haqida insof bilan haqiqatni yozgan olimlar ham mavjudligi kishini quvontiradi. Bunga Shayx Moturidiy va uning ilmi kalomga oid fikrlari to‘g‘risida kattagina bir kitob yozgan arab olimi Doktor Ali Abdulfattoh al-Mag‘ribiyni, Abu Mansur qalamiga mansub «at-Tavhid» kitobini tahqiq etib, nashrga tayyorlagan olim Doktor Fathulloh Xulayf va nemis olimi Ulrix Rudolfni misol qilib keltirsa bo‘ladi. Ular shayx Abu Mansur Moturidiy va uning merosini xolisona baholaganlar.
Shayx Abu Mansur Moturidiyning ustozlari yoki shayxlari Imom A’zam Abu Hanifa — No‘‘mon ibn Sobitning shogirdlari hamda shogirdlarining shogirdlari bo‘lganlar. Ulardan ba’zilarini eslatib o‘tamiz:
1. Abu Nasr al-Iyoziy (Ahmad ibn Abbos). Bu zot Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniydan ta’lim olganlar. Shayx Abu Mansur ham fiqh darsida Abu Nasrga sherik bo‘lib, al-Juzjoniyda o‘qiganlar. Al-Iyoziy somoniylar davrida dorul-harbda asir holida turk diyorida shahid bo‘lganlar («Tarixi Samarqand»dan).
2. Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy. Ray shahrining qozisi bo‘lgan bu zot Abu Hanifaning shogirdi — Muhammad ibn Hasan al-Shayboniyda o‘qiganlar. Mashhur muhaddis sahobiy Vake’ va boshqalardan hadis rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy ham undan hadis tinglaganlar. Hakim Termiziy ham u zotdan hadis rivoyat qilganlar. Vafotlari to‘g‘risida 248 h. va 242 h. yil kabi sanalar ko‘rsatilgan.
3. Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy. Bobosining ismi Subh yoki Subayh ekanida muarrixlar ixtilof qilganlar. Bu zot fiqh ilmi usullari va furu’lari sohasida, shuningdek, anvoi fununda yuqori darajalarga erishganlar. «Al-Furuq vat-Tamyiz», «Tavba» va boshqa kitoblar muallifidirlar.
Abu Bakr al-Juzjoniy Abu Hanifaning yirik shogirdlaridan Muhammad ibn Hasan huzurida dars tinglagan Abu Sulaymon al-Juzjoniydan saboq olgan. Vafotlari 268 h. yilda.
4. Nasir ibn Yahyo al-Balxiy. Bu zot shayxlari kabi Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Abu Mute’ al-Hakim Abdulloh al-Balxiy va Abu Muqotil Hafs as-Samarqandiydan saboq olgan hanafiy maktabiga mansub fiqh va kalom ulamolaridandir. Vafotlari 268 h. yilda voqe’ bo‘libdur.
Shogirdlaridan:Abu Mansur Moturidiy hazratlari aqida fanidagi sunniy - hanafiy yo‘nalishini davom ettirib, ko‘p izlanishlardan keyin moturidiya maktabiga asos soldilar. Shu asnoda ko‘plab shogirdlarini yetishtirib chiqarganlar. Quyida ulardan ba’zi mashhurlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beramiz:
● Abul-Qosim Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Zayd al-Qoziy — al-Hakim as-Samarqandiy (vafoti 335 yoki 342 h. y. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan). U Shayx Moturidiyning eng yirik shogirdlaridan biri bo‘lib, tasavvuf ilmini Balx mashoyixlaridan, fiqh va kalom ilmini Shayx Abu Mansur hazratlaridan olgan. Uzoq vaqt Samarqandda qozilik vazifasini o‘tagan. Asarlaridan «Savodi a’zam», «Imon» risolasi mashhurdir.
● Abul-Hasan Ali ibn Said ar-Rustufag‘niy as-Samarqandiy. Hanafiya fiqhi va usuli bo‘yicha shuhrat qozongan. U bilan ustozi Shayx Moturidiy o‘rtasida mujtahid xatosiga oid masalada ixtilof kechgan. «Irshodul-muhtadiy», «Az-zavoid val-favoid», «Al-as’ilatu val-ajviba», «Bayonus-Sunnati val-Jamoa» kabi asarlar muallifidir. Vafoti 350 h./ 961 m.y.
● Abu Muhammad Abdul-Karim ibn Muso ibn Iso al-Pazdaviy. Nasafdan olti farsax uzoqlikdagi Pazda yoki Pazdava qishlog‘idan. Asosan, fiqh ilmida mashhur bo‘lgan. Uning zurriyotidan yirik moturidiya ulamolari dunyoga kelgan. Masalan, Abul-Yusr al-Pazdaviy (vafoti 493 h./1100 m.y.), Abul-Hasan al-Pazdaviy (vafoti 482 H./1089 m.y.) shular jumlasidandir. O’zi 390 h./999 m. yilda vafot etgan.
● Abu Ahmad ibn Abi Nasr Ahmad ibn al-Abbos al-Iyoziy. Abu Mansur hazratlarining ustozlari Abu Nasr al-Iyoziyning o‘g‘li. Fiqh, nutq, iffat va taqvoda benazir bo‘lgani haqida naql qilinadi.
● Abu Abdir-Rahmon ibn Abil-Lays al-Buxoriy. Kalom va fiqh ilmlarini Abu Mansur hazratlaridan olgan. U Abul-Qosim al-Hakim as-Samarqandiy bilan ko‘p vaqt birgaliqda tahsili ilmda bo‘lgan.
Moturidiya ulamolari: Abul-Hasan Ali ibn Muhammad al-Pazdaviy. Abul-Yusr Muhammad al-Pazdaviyning akasi. Ikkisi ham Shayx Abu Mansurning yaqin shogirdlaridan sanalmish Abdul-Karim al-Pazdaviy avlodidan. Abul Hasan 483 H./1089 m. yilda vafot etgan.
Abul-Yusr Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn ibn Abdil-Karim al-Pazdaviy. Al-Krziy as-Sadr degan unvon bilan tanilgan. 421 h. yilda tug‘ilgan. Imom Kindiy kabi faylasuflarning falsafasini va mo‘‘taziliylar yozgan kitoblarni hatto uyda saqlash ham zararli deb bilar edi. Zero, ularni mutolaa qilib ko‘rib, shunday xulosa hosil qilgandi. Hatto, Abul-Hasan Ash’ariy kitoblarini ham xatolarini ajrata olmaydigan kishilar o‘qishi durust emas deb bilar edi. Usul va furu’ bobida ko‘p kitoblar tasnif etgan. Samarqandda qozilik qilgan va hadis ilmidan dars ham bergan. «Usul ad-din», «Al-Murattib», «Al-Voqeot», «Al-Mabsut» kabi asarlari bor.
Shogirdlari Najmiddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Usmon ibn Ali al-Poykandiy, Ahmad ibn Nasr al-Buxoriy, o‘z o‘g‘li Qoziy Abul-Maoliy Ahmad va boshqalar. 493 h. yilda vafot etgan.
Muhammad ibn Muhammad ibn Makhul Abil-Fazl an-Nasafiy. 438 h. da tug‘ilib, 508 h. yilda vafot etgan.
Ustozlari noma’lum. Shogirdlari - Alouddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy, Mahmud ibn Ahmad as-Sog‘arjiy, Abdur-Rashid ibn Abi Hanifa al-Valvolijiy. Imom G’azzoliy bilan Boqilloniy ash’ariya aqidasining eng mashhur tashviqotchilari sanalganidek, Abu Mu’in an-Nasafiy moturidiya aqidasining eng yirik namoyandalaridandir. Kitoblaridan «Tabsiratul-adilla», «Bahrul-kalom», «Tamhid», «Manohijul-aimma» va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon Najmiddin an-Nasafiy. Nasafda 461 h. yilda tug‘ilib, 537 h.y.da vafot etgan. U 550 nafar yirik ustozlardan dars tinglagan. Ulardan Abul-Yusr Pazdaviy, Abdulloh ibn Ali ibn Iso an-Nasafiy, Abu Muhammad Hasan ibn Hasan as-Samarqandiy, Ali ibn Hasan al-Moturidiylarni misol keltirish mumkin. Ustoz va shayxlari to‘g‘risida alohida bir kitob ham ta’lif etgan.
Shogirdlaridan — o‘z o‘g‘li Abul-Lays Ahmad ibn Umar, Muhammad ibn Ibrohim To‘rpushtiy, Umar ibn Muhammad ibn Umar Aqiliy va boshqalarni zikr etish mumkin.
U yuzga yaqin asarlar yozgan. «At-taysir fi tafsiril Qur’on», «Sharhi Sahihi Buxoriy», «Al-akmal al-atval fit-tafsir», «Kitobul-qand fiy ulamoi Samarqand», «Tarixi Buxoro», «Al-aqoid an-nasafiya» risolasi kichik hajmda bo‘lishiga qaramay, hozirgi kungacha aqida fanida eng mashhur qo‘llanma vazifasini bajarib kelayotir.
Abul-barakot Hofizuddin Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy. Nasaf shahrida tug‘ilib, 701 h. yilda vafot etgan. Mashhur asarlari — «Madorikut-tanzil» tafsiri, fiqhga doir «Kanzud-daqoiq» kitobi, «Al-Vofiy» va «Al-Kofiy» va boshqalar
Ahmad ibn Abi Bakr Nuriddin as-Sobuniy al-Buxoriy 580 h. yilda vafot etgan va Buxorodagi «Yetti qozi» qabristoniga dafn etilgan. Muhammad ibn Abdis-Sattor al-Kardariy uning shogirdidir. Kitoblaridan «Al-Hidoya fi ilmil-kalom» va uning sharhi diqqatga sazovordir.
Muhammad ibn Abdil-Vohid ibn Abdil-Hamid ibn Mas’ud ibn Hamididdin ibn Sa’ididdin (al-Kamol ibn at-Humom) as-Sivosiy al-Iskandariy al-Qohiriy al-Hanafiy. 788 yoki 780 h. yilda tug‘ilib, 861 h. yili Qohirada vafot etgan, islomiy fanlarning aksariyatida imtiyoz hosil qilgan. «Al-Hidoya» kitobini Sirojiddin Umar ibn Ali (Qoril-Hidoya) da o‘qigan. Hofiz Ibn Hajar Asqaloniydan hadis tinglagan. Aqlu zakovatda ustozlarini ham lol qoldirgan.
Asarlari ko‘p. «Al-Hidoya»ga yozgan «Fathal-Qadir» nomli sharhi yirik to‘qqiz jilddan iborat bo‘lib, u Kamol ibn Humomning shoh asari hisoblanadi. «Al-Musoyara» kitobi moturidiya aqidasiga doir bo‘lib, eng muhim manbalardandir.
Mullo Ali (Qoriy) ibn Sulton – Muhammad al-Hiraviy al-Makkiy (Abul-Hasan, Nuriddin). 1014 h. yilda Makka shahrida vafot etgan va «Jannatul-Muallo» qabristoniga dafn etilgan.
Asarlari juda ko‘p. Mashhurlari - «Mishkot» sharhi - «Mirqot», «Muxtasarul-Viqoya» sharhi, «Fiqhi akbar» sharhi, «Omoliya» sharhi, «Shotibiya» sharhi, «Mavzu hadislar» va hokazo.
Husnixat sohibi bo‘lganidan Ali Qoriy har yili bir nusxa Qur’oni karim ko‘chirib, sotib, yil davomida shu daromad bilan kun kechirgan.
Ali ibn Usmon ibn Muhammad ibn Sulaymon Abu Muhammad Sirojuddin al-O’shiy al-Farg‘oniy.
Ko‘plab asarlar muallifi. Moturidiya aqidasini nazmiy uslubda yozib, uni «Bad’ul-amoliy» deb nomlagan. Vafoti 569 h./1173 m. yilda.
Abush-Shakur as-Solimiy (Muhammad ibn Abdulloh as-Sa’id ibn Shu’ayb al-Keshiy).
As-Solimiynint moturidiya aqidasiga oid «At-Tamhid» nomli kitobi ulamolar o‘rtasida mashhur bo‘lib, yozma va bosma nusxalari bizgacha yetib kelgandir.
Moturidiya aqidasiga asoslanib ijod qilgan va bebaho asarlar qoldirgan ulamolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Lekin bu muxtasar risolamizda uning o‘rniga aqidamizga oid boshqa muhimroq ma’lumotlarni taqdim etishni ma’qul topdik.
Abu Mansur Al- Moturidiyning asarlari: «Ta’vilotu ahlis-Sunna» yoki «Ta’vilotul-Qur’on». Sakkiz mujalladdan iborat bu asar Qur’oni karimning tafsiri bo‘lib, unda asosan, islomiy aqidaga nisbatan turli qarashlar bayon etilib, moturidiya aqidasi asosida ularga baho berilgan. Tafsirni al-Moturidiyning shoh asari deb atash mumkin. Uning qo‘lyozma nusxalari Misr, Makka, Damashq, Hindiston, Turkiya va Toshkent kutubxonalarida saqlanmoqda. Toshkent nusxalari taqriban 700 yil burun ko‘chirilgan. Asarning birinchi jildi Misrda nashr etilgan.
Tafsirga Alouddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy sharh yozgan. Bu sharh qo‘lyozmasi hanuz chop etilmagan.
● «Kitobut-tavhid». Kalom ilmiga oid eng muhim asar. Moturidiya aqidasiga oid barcha asarlarning eng birinchi va asosiy manbasi sanaladi. Asar hozirda o‘zbek tiliga o‘girilmoqda.
● «Sharhul-fiqhil akbar». Abu Hanifa an-No‘‘mon (Imom A’zam) qalamiga mansub aqida bobida bitilgan ilk asar «Al-Fiqhul-akbar»ning sharhi. Ba’zi olimlar bu sharh Shayx Moturidiyga tegishli emas, balki u Abul-Lays as-Samarqandiyga mansub deydilar.
● «Risola fil-aqida». 1953 yilda Anqarada chop etilgan.
● «Risola fil-imon».
● «Al-maqolot».
● «Bayonu vahmil-mo‘‘tazila».
● «Raddu tahzibil-jadal».
● «Raddu vaidil-fussoq».
● «Raddu avoilil-adilla».
● «Raddul-usulul-xamsa».
● «Arraddu alal-qaromita».
● «Raddul-imoma».
● «Ma’xazush-shari’a». 
● «Kitobul-jadal».
Mazkur kitoblarning oxirgi ikkitasi fiqhga doir, qolganlari aqidaviy masalalarga bag‘ishlangan.
Moturidiya nazariyasining o’rtaholligi. Avvalo, shuni qayd etib o‘tish lozimki, moturidiya aqoidini faqat Abu Mansur Moturidiyning o‘zi ixtiro qilgan emas. Balki aqoidning asoslari, arkonlari va bandlari ungacha ham ma’lum darajada shakllangan edi. Aqida ilmi tobe’inlar davridan boshlab, ya’ni hijratning ikkinchi asrida mustaqil fan sifatida zohir bo‘la boshlagan. Mashhur tobe’inlardan Hasan Basriy (21-110 h.) aqida masalalari bo‘yicha dars aytgani, mo‘‘tazila oqimining boshlanishi ham o‘sha paytda ro‘y bergani tarixiy manbalardan ma’lum. Abu Hanifa (Imom A’zam) yashagan davrda esa islom niqobi ostida turli oqim va firqalarning yuzlab turlari yuzaga kelgandi. Ular bilan kurashish uchun esa aqida mustahkam bo‘lishi zarur edi. Bunday dolzarb masalaga Abu Hanifa befarq qarab tura olmaganlar, balki aqida faniga oid birinchi asar - «Fiqhi akbar», Usmon al-Battiy (al-Bustiy)ga yozgan raddiyasi, beshta vasiyatnomasini yozib qoldirganlar. Demak, mazhabimiz asoschisi Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit (rahmatullohi alayh) nafaqat fuqaholar peshvosi, balki aqida va ilmi kalomga ham asos solgan buyuk siymolardan bo‘lganlar.Shayx Abu Mansur hazratlari diniy ta’limni hanafiya ulamolarining ko‘zga ko‘ringan mashhur namoyandalaridan olganlari va diniy fanlar bo‘yicha qanchalik chuqur bilimga ega ekanliklariga yozib qoldirgan asarlari guvohlik beradi. Shayx yashagan davrda aqida ulamolari ikki asosiy manbaga suyanganlar. Birinchisi — oyat va hadislar hamda sahoba va tobe’inlarning ijmo va ijtihodlari, ya’ni naqliy dalillar. Ikkinchisi — aqliy dalillar. Shayx Abu Mansur esa boshqalarga taqlid qilmadilar, balki naqliy dalillar bilan aqliy dalillarni uyg‘unlashtirib, undan so‘ng xulosa chiqardilar. Aqliy dalil deganda falsafa, mantiq va tabiiy fanlar ko‘zda tutiladi. Vaholanki, salaf ulamolarining ko‘pchiligi bu dalillarni tan olmas edilar, balki naqliy dalillarning o‘zi bilan kifoyalanardilar. Shayximiz esa, bu ikkisidan ham munosib ravishda istifoda etib, o‘rtahollikni ixtiyor qilgan ekanlar. Darhaqiqat, naqliy dalillarni yaxshi anglash uchun aqliy dalillarni ham puxta bilish shartligini hech kim inkor eta olmaydi. Aql imkoniyatining ham chegarasi borligini e’tiborga olib, Shayx ko‘p joylarda inson aqli juda ko‘p haqiqatlarni idrok etishga qodir emasligini uqdirib o‘tadilar. Shu bilan birga, aqlning Alloh tomonidan ato etilgan eng buyuk mislsiz ne’mat ekani, undan oqilona foydalanish zarurligini ham ta’kidlab o‘tadilar.
Moturidiya aqidasining xususiyatlari: Yuqorida zikr etganimizdek, moturidiya aqidasiga doir masalalarni shayx Moturidiyning yakka o‘zlari tuzib, tartibga solgan emaslar, balki ul zotga qadar ham Ahli Sunna val-Jamoa aqidasi shakllanib ulgurgan edi. Moturidiy hazratlarining xizmatlari shundan iborat bo‘lganki, o‘sha davrdagi aqidaviy oqimlarning ta’sirini qirqish, ularning iddaolariga raddiya berish, kuchli va asosli dalillar bilan haqiqiy islom aqidasini himoya qilish, ilmi kalom, mantiq va munozara qoidalariga rioya qilgan holda xasmlar jaholatiga ilmu ma’rifat bilan javob qaytarib, chin ixlosli musulmonlar uchun aqidaga doir muhim qo‘llanmalar tayyorlab berishni niyat qilgan edilar.
Ma’lumki, Ahli Sunna val-Jamoa aqidasi o‘sha davrda uchta buyuk shaxs tomonidan himoya qilingan va asosiy ruknlari ishlab chiqilib, shogirdlari va kitoblari orqali musulmonlarga taqdim etilgan edi. Ulardan birinchisi — Abul Hasan Ash’ariy (260— 331 h.) Bag‘dodda, ikkinchisi — Abu Ja’far Tahoviy Misrda va Abu Mansur Moturidiy Movarounnahrda sunniy aqidaning himoyachilari sifatida islom tarixida chuqur iz qoldirdilar.
Biz — moturidiylar uchun yaxshi bilib, doimo nazarda tutib yurish zarur bo‘lgan bir necha muhim masalalar bor. Ular quyidagilardan iborat:
- Moturidiya aqidasi bilan Ash’ariya aqidasi o‘rtasida bir necha masalalarda qarama-qarshiliklar bor. Ularni ba’zi olimlar 15 ta, boshqalari 40 ta, hatto, 50 tagacha sanab yetkazganlar.
Ulardan asosiylari — Allohning sifatlarini zotiy va fe’liy sifatlarga bo‘lish, sifatlari ayni zotmi yoki g‘ayri zotligi, Muso (a.s.) Allohning kalomini bevosita eshitganmi yoki bilvositami, iroda bilan rizo birmi yoki tafovutlimi, Allohni ko‘rish joizligiga Ash’ariy aqliy dalil keltirgan, Moturidiy naqliy, qabih ishning sodir etilishi bandadanmi yoki u ham Allohdanmi — bunga Moturidiy husnu qubh hammasi Allohdan, faqat behikmat emas, deydilar. Inson o‘z toqatidan tashqari ishga taklif etilishi mumkin, deb Ash’ariy, mumkin emas, deb Moturidiy aytadilar. Shuningdek, Allohni aql bilan tanish vojibmi yoki naql bilanmi degan masalada Moturidiy aql bilan deganlar. Imon bilan islom bir narsa ekani, baxtli va baxtsiz insonlar oxir-oqibatda o‘zgarib-almashib qolishlari mumkinligi, qilinadigan yaxshi va yomon amallar bandaning kasbi va Allohning yaratishi bilan hosil bo‘lishi, muqallidning imoni maqbul ekani, imonning o‘zi emas, balki uning nuri, quvvati ortib yoki kamayib turishi, imonning ruknlari ikkita, ya’ni iqror va tasdiqdan iborat ekani, amallar imon tarkibiga kirmasligi, balki savoblar va gunohlar alohida hisobga olinishi kabi masalalarda Imom Ash’ariy bizning moturidiya aqidamizning xilofini taqrir etganlar.
2. Moturidiyaning mo‘‘tazila aqidasidan farqlari.
Avvalo, bilmoq kerakkim, diniy fanlar qatoriga kalom ilmining kirishiga asosiy sabab shu mo‘‘tazila toifasining aqliy munozaralari va qarshiliklari bo‘lgan. Ular ash’ariya yoki moturidiya kabi aqlni naqliy dalillardan keyinga emas, balki birinchi o‘ringa qo‘yganlar. Aql va fikrni asosiy manba qilib olib, unga to‘g‘ri kelmasa, hatto, oyat va hadislarni inobatga olmay, balki nususni aqlga bo‘ysundirmoqchi bo‘lganlar. Shuning uchun ham Shayx Moturidiy hazratlari boshqa oqimlarga qaraganda ko‘proq mo‘‘tazila firqasining fikrlariga qarshi raddiyalar bilan chiqqanlar. Ularning aqliy va fikriy dalillarini rad qilish uchun buyuk hamyurtimiz kalom ilmi bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelgan va u zot shu uslub bilan Ahli Sunna aqidasini himoya qilishga muyassar bo‘lganlar.
Mo‘‘tazila firqalarining moturidiya aqidasiga zid qarashlari, asosan, quyidagi nuqtalarda o‘z aksini topadi. Ular aytadilar:
● Allohning ismi va sifatlari azaliy emas, ular hech qanday ma’no va mazmunga ega emas. Allohning ismi bilan sifatlari bir narsa.
● Allohni bu dunyoda ham, oxiratda ham ko‘rish mumkin emas.
● Qur’on — mahluq. U azaliy emas.
● Bandaning foydasini ko‘zlab ish qilish Allohning zimmasiga vojib.
● Bandaning qudrati va toqati Allohga bog‘liq emas. Fe’llarni bandaning o‘zi yaratadi.
● Qatl etilgan kishi ajalidan oldin o‘lgan bo‘lur.
● Halol — rizq, lekin harom — rizq emas.
● Allohning irodasi hodisdir, qadim emas.
● Alloh faqat yaxshilikni iroda qilur. Yomonlik uning irodasidan tashqaridir.
● Amallar imonning tarkibiga kirur. Balki amal imonning asosiy ruknidir.
● Imon ozayib, ko‘payib turuvchi narsadir.
● Gunohi kabira qilgan musulmon imon bilan kufr o‘rtasida qolur.
● Kabira egalari do‘zaxda abadiy qolurlar.
● Shafoat faqat yaxshi odamlarga nisbatan qilinur. Gunohlarni hech kim shafoat etmas.
● Jannat bilan do‘zax hanuz yaratilmagan.
● Qabrdagi azob yoki rohat, qiyomat tarozusi, Pulsirot, Havzi Kavsar kabilarning hammasi yo‘q narsa.
● Avliyolarda hech qanday karomat bo‘lmaydi.
● Muqallid (boshqalarga taqlidan musulmonman deb yuruvchi odam) ning imoni qabul qilinmaydi.
Zikr etilgan nuqtalardan ko‘rinib turibdiki, mo‘‘tazila firqasi bizning moturidiya aqidamizga xilof ravishda alohida nazariyaga asos solganlar. Nozik va qaltis joyi shu yerdaki, mazkur 18 bandda aytib o‘tilgan narsalarda ancha-muncha aqlli, ziyolilar, hatto, ulamolar ham chalg‘ib ketishlari hech gap emas. Shuning uchun ham o‘zimizning sunniy, hanafiy, moturidiy aqidamizga oid kitoblarni ko‘p mutolaa qilish va dilga jo etish eng zarur ishlardandir.
● Sunniy-hanafiy musulmonlar yana shuni yaxshi bilib olishlari kerakki, hanafiy mazhabimizga hasad qilganlaridek, moturidiya aqidamizga ham hasad ko‘zi bilan qarash, uning sha’niga tuhmat-bo‘hton yog‘dirish jarayoni hali hanuz to‘xtagan emas. Aqida faniga oid yozib kelinayotgan asarlarni mutolaa qilib ko‘rsangiz, buning guvohi bo‘lasiz. Ayniqsa, arab dunyosida nashr qilinayotgan asarlarning deyarli 90 foizida moturidiya aqidasini buzib ko‘rsatishlar, hatto, uni Ahli Sunna jamoatiga qo‘shmagan holda zikr qilishlar, ash’ariya aqidasini esa, mutlaqo kamchiliklarini ko‘rsatmaslik, balki uni yagona to‘g‘ri aqida deb talqin qilishlar uchrab turibdi. Bunga misol qilib Riyozlik arab yozuvchisi Ahmad ibn Avazulloh ibn Doxil al-Luhaybiyning «Al-Moturidiya dirosatan va taqviman» nomli kitobi, Doktor Mahmud Qosimning «Muqaddimat Ibnir-Rushd» kitobi, Vahiduddinxon, Abdulhalim Qunbus, Fathiy Yakan, Abduljabbor («Al-Mug‘niy» muallifi) kabi yozuvchilarning asarlari, «Sharhul-usulil-xamsa» kitobi va boshqalarni keltirish mumkin.
Lekin o‘zlari arab yoki g‘arb yozuvchilari bo‘la turib, moturidiya haqida insof bilan haqiqatni yozgan olimlar ham mavjudligi kishini quvontiradi. Bunga Shayx Moturidiy va uning ilmi kalomga oid fikrlari to‘g‘risida kattagina bir kitob yozgan arab olimi Doktor Ali Abdulfattoh al-Mag‘ribiyni, Abu Mansur qalamiga mansub «at-Tavhid» kitobini tahqiq etib, nashrga tayyorlagan olim Doktor Fathulloh Xulayf va nemis olimi Ulrix Rudolfni misol qilib keltirsa bo‘ladi. Ular shayx Abu Mansur Moturidiy va uning merosini xolisona baholaganlar.
II BOB Abu Mansur al-Moturudiyning ilmga qoshgan hissasi
2.1 Fiqh ilmi haqida ma’lumot

Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish