FIQH (arab. — bilish, tushunish) — musulmon huquqshunosligi, shariat qonunqoidalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi islom taʼlimotining bir sohasi. «Fiqh» soʻzi atama sifatida Qurʼon va hadislarda qoʻllanilgan. Fiqh islom dini vujudga kelib, xalifalik qaror topishi bilanoq darhol tarkib topgan emas. Fiqhning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib olish bilan birga davom etgan. Zayd ibn alHasanning «Majmuʼ alfiqh», Molik ibn Anasning «alMuvattaʼ», Ibn Hanbalnint «alMusnad» kitoblari Fiqhga oid dastlabki asarlar hisoblansada, ular muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat edi. Fiqh ilmi 10-a. ga kelib mustaqil fan sifatida shakllangan. Fiqh bilan shugʻullanuvchi, uni oʻrganuvchi kishi faqih (qonunshunos) deb atalgan. Movarounnahrda Burhoniddin Margʻinoniy, Abu Lays Samarqandiy va b. mashxur faqihlar hisoblangan. Fiqh islom xuquqshunosligi sifatida 2 sohada — shariat manbalarini ishlab chiqish (usul alfiqh) va shariatni tayin sohalarga tatbiq qilish (furuʼ alfiqh)dan iborat boʻlgan. Islomning sunniylik yoʻnalishi xuquqshunosligida 4 ta mustaqil huquq mazhablari — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik va hanbaliylik vujudga kelgan. Fiqhda boshqa maktablar xam mavjud edi, biroq 14-a. ga kelib, mazkur 4 mazhab, bir necha shialik tariqatlarigina saqlanib qolgan. Oʻrta asrlarda va yangi davrda Fiqhga oid asarlar orasida fatvo toʻplamlari koʻpaydi.
Al-Kuduriyning (1037-y.v.e.) «Muxtasar», Qozixonning (1196-y.v.e.) «Fatovo», Burhoniddin Margʻinoniyning «Hidoya», Ibn Bazzozning (1414-y. v. e.) «Fatovo» asarlari bunga misol boʻladi. Ular ichida «Hidoya» asari hanafiylik mazhabida katta shuxrat qozongan amaliy qoʻllanmadir. «Hidoya»ga bir qancha sharhlar yozilgan. Musulmon faqihlarining koʻp asarlari qozi va muftilar uchun dasturilamal boʻlgan, koʻpincha maʼmurlarning buyurtmasi bilan davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berilgan: Abu Yusufning (798-y. v. e.) «Kitob alxaraj»i yoki boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658—1707) amri bilan 1669-y. da bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan «alFatovo alhindiya» asari va b. Islom mamlakatlari huquq tizimida Fiqhning roli doimo bir xil boʻlgan emas. Jumladan, 16-a. da usmonli turk saltanatida va 17-a. 2yarmida boburiylar davlatidagi huquqiy amaliyotda uning kridalari juda keng va izchil qoʻllanildi. Biroq, umuman Fiqh huquqshunoslik bilan toʻlatoʻkis moye kelgan emas. Fiqhning hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan bironbir tarzda qoʻllabquvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqixlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Hoz. vaqtda islom mamlakatlarida dunyoviy huquq tizimi amalga kiritilmokda, bu esa Fiqh taʼsir doirasining muayyan darajada torayishiga olib kelmoqda. Shunday boʻlsada, Fiqhning ayrim tarmoqlari, tartibqoidalari va meʼyorlari koʻpchilik aholisi musulmon boʻlgan Sharq mamlakatlarining aksariyatida bironbir tarzda qoʻllaniladi.
2.2 Moturidiya aqidasining xususiyatlari: Moturidiylik har bir insonning taqsiri Alloh tomonidan belgilab qoʻyilganiga qaramay, u oʻz xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. Moturidiylikka koʻra, inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtish va toʻgʻri yoʻlni topish uchun keng imkoniyatlar berib qoʻyilgan. U oʻz xatti-harakatlarida ixtiyorlidir. 9-asr oxiri — 10-asrda Movarounnahrda turli aqidaviy oqimlarning aqidalariga qarshi javob tarzida vujudga kelgan. Moturidiylikning keng yoyilishiga uning moʻtadillik yoʻlini tutganligi, aqidaviy masalalarda Qurʼon, hadis va aqlu idrok, mantiq hamda haqiqatga eng yaqin turganligi sabab boʻyadi.
Imom Moturidiy tarafdorlari bilishda faqat aqlga suyanish kerak, degan muʼgaziliylardan farqli oʻlaroq, aql bilan naqlni qoʻshib foydalanish zarur, deb hisoblaganlar. Muʼtaziliylar Qurʼonni yaratilgan desalar, moturidiylar uni qadim, azaliy, deb biladilar. Imon-eʼtiqod xususida moturidiylik taʼlimoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. Muʼtaziliylar imonning shartlari 3 ta, yaʼni til bilan iqror, dil bilan tasdiq va amal bilan ijro etish, desalar, moturidiylikda imonning shartlari 2 ta, yaʼni til bilan iqror etish va dil bilan tasdiklash, amallarning oʻrni esa boshqa, deb taʼrif qilinadi.Moturidiylik taʼlimoti rivojlanib, 13-asrdan keyin Movarounnahr hududidan chiqib, musulmon Sharqi mamlakatlariga yoyildi. Saljuqiylar hukmronligi davrida hamma joyda islom aqidalarida moturidiylik tatbiq qilindi. Sunniylikning hanafiylik mazhabiga eʼtiqod qiluvchilarning barchasi aqida bobida imom Moturidiy, uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib qoldirgan asarlarga tayanib ish koʻradilar. Islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shom. Afrikada bu taʼlimot hozir ham oʻrta va oliy diniy oʻquv yurtlarida mustaqil fan sifatida oʻqitib kelinadi. Islom tarixini o‘rganish jarayonida ko‘plab olimlar kalom ilmida faoliyat olib borib o‘zlarining aqidaga oid asarlar yozganlarini ko‘rish mumkin. Ulardan hanafiy mazhabi olimlaridan Abu Hafs Nasafiy «Aqida an-Nasafiyya», Abul Muin Nasafiy «Tabsirat al-adilla», Abu Ja’far Tahoviy «Aqida at-Tahoviyya»larni alohida sanab o‘tish o‘rinli. Bulardan boshqa olimlar ham, shuningdek, molikiy, shofeiy, hanbaliy mazhabi ulamolari ham bu borada qalam tebratib o‘zlaridan muhim asarlar qoldirganlar. Avvalgi olimlar o‘zlarining asarlarini mustaqil tarzda va muxtasar shaklda yozgan bo‘lsalar, keyingilar o‘zlaridan oldin o‘tganlarning asarlariga sharh ta’lif etganlari va mustaqil asar yozgan bo‘lsalar ham mufassal ekani bilan ajralib turganlar. Hozirgi kunda ham aqida ilmida asar yozayotgan mutaxassislar asarining masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tayotganlarini ko‘rish mumkin. Ularning barchalari Qur’on oyatlari va hadislar asosida hamda sahobalarning uslubi asosida aqida masalalarini bayon etib berganlar. Aqida borasida faoliyat olib borgan olimlarning orasida imom Abu Mansur Moturidiy va imom Abul Hasan Ash’ariylar alohida ajralib chiqqanlar. Bu olimlar Ahli sunna val jamoa aqidasi bo‘yicha imom deb tan olindilar.
«Ahli sunna val jamoa» to‘rt fiqhiy mazhabdan biriga amal qilib kelayotgan bo‘lsalar, aqidaviy masalada ikkiga – moturidiylik va ash’ariylikka e’tiqod qiladilar. Bunda hanafiy mazhabi moturidiylikka, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhabi ash’ariylik ta’limotida deb hisoblanadi. Shu o‘rinda bu ikki maktab vakillari haqida to‘xtalib o‘tish o‘rinli.
Moturidiylik aqidaviy maktab asoschisi buyuk kalom imomi va fakih Abu Mansur Moturidiydir. Uning hayoti haqida ma’lumotlar kam. To‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiy (853-944), asli Samarqandning Moturid qishlog‘idan (hozirgi Jonboy tumnida joylashgan) bo‘lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingan. Abu Mansur Moturidiy dastlabki ta’limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi.
Moturidiy Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyodiy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo Balxiy, Muhammad ibn Fadl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan.
Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, zamonasining ko‘zga ko‘ringan hanafiy mazhabi olimlaridan dars olib o‘z bilimini oshiradi. SHu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda bo‘lgan va munozaralar qilib, shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgan. Ulardan quyidagi «Kitabut Tavhid», «Kitabul maqomat», «Kitab rad avoilil adila lil Ka’biy», «Kitabul usul», «ar-Rad ala usulil Qaromita», «Kitab ta’vilot ahli sunna» va boshqalarni keltirish mumkin.
Abu Mansur Moturidiyning ko‘p asarlari bizgacha etib kelmagan, etib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi.
Moturidiy islom olamida juda nozik hisoblangan «Kitabut tavhid» asari bizning davrimizga etib kelgan. Olimning yana bir asari «Kitab ta’vilot ahli sunna» yoki boshqa bir nomi «Ta’vilot al-Qur’on» deb nomlanadi. Moturidiy bu asarida sunniy aqidaga zid qarashlarni rad qilishga harakat qiladi va Abu Hanifaning qarashlariga suyangan holda ish ko‘radi. Moturidiyning bu birgina asari tarix jarayonida ko‘p allomalar asarlariga asos solgan, ular ijodiga turtki bo‘lgan.
Moturidiy ko‘p shogirdlar etishtirdi, ular o‘z ustozlarining ta’limotini davom ettirishganligi tufayli hanafiy mazhabida kalom ili bo‘yicha moturidiya maktabi vujudga kelgan.
Moturidiy «Imom al-huda» (hidoyat yo‘li imomi) va «Imom al-mutakallimin» (mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan ham mashhur bo‘lgan.
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi
Aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo‘lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma’rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash.
Mamlakatda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘lyozma, toshbosma asarlarning acl hamda elektron nusxalarini to‘plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.
Islomiy ilmlar, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.
Tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilishni tashkil qilish;islom tarixi va kalom ilmi yo‘nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida islom dinining ilm-ma’rifat, ma’naviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, g‘oyaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish.yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish.
XULOSA
Avvalo, shuni qayd etib o‘tish lozimki, moturidiya aqoidini faqat Abu Mansur Moturidiyning o‘zi ixtiro qilgan emas. Balki aqoidning asoslari, arkonlari va bandlari ungacha ham ma’lum darajada shakllangan edi. Aqida ilmi tobe’inlar davridan boshlab, ya’ni hijratning ikkinchi asrida mustaqil fan sifatida zohir bo‘la boshlagan. Mashhur tobe’inlardan Hasan Basriy (21-110 h.) aqida masalalari bo‘yicha dars aytgani, mo‘‘tazila oqimining boshlanishi ham o‘sha paytda ro‘y bergani tarixiy manbalardan ma’lum. Abu Hanifa (Imom A’zam) yashagan davrda esa islom niqobi ostida turli oqim va firqalarning yuzlab turlari yuzaga kelgandi. Ular bilan kurashish uchun esa aqida mustahkam bo‘lishi zarur edi. Bunday dolzarb masalaga Abu Hanifa befarq qarab tura olmaganlar, balki aqida faniga oid birinchi asar - «Fiqhi akbar», Usmon al-Battiy
(al-Bustiy)ga yozgan raddiyasi, beshta vasiyatnomasini yozib qoldirganlar. Demak, mazhabimiz asoschisi Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit (rahmatullohi alayh) nafaqat fuqaholar peshvosi, balki aqida va ilmi kalomga ham asos solgan buyuk siymolardan bo‘lganlar.
Shayx Abu Mansur hazratlari diniy ta’limni hanafiya ulamolarining ko‘zga ko‘ringan mashhur namoyandalaridan olganlari va diniy fanlar bo‘yicha qanchalik chuqur bilimga ega ekanliklariga yozib qoldirgan asarlari guvohlik beradi.
Shayx yashagan davrda aqida ulamolari ikki asosiy manbaga suyanganlar. Birinchisi — oyat va hadislar hamda sahoba va tobe’inlarning ijmo va ijtihodlari, ya’ni naqliy dalillar. Ikkinchisi — aqliy dalillar. Shayx Abu Mansur esa boshqalarga taqlid qilmadilar, balki naqliy dalillar bilan aqliy dalillarni uyg‘unlashtirib, undan so‘ng xulosa chiqardilar. Aqliy dalil deganda falsafa, mantiq va tabiiy fanlar ko‘zda tutiladi. Vaholanki, salaf ulamolarining ko‘pchiligi bu dalillarni tan olmas edilar. Darhaqiqat, naqliy dalillarni yaxshi anglash uchun aqliy dalillarni ham puxta bilish shartligini hech kim inkor eta olmaydi. Aql imkoniyatining ham chegarasi borligini e’tiborga olib, Shayx ko‘p joylarda inson aqli juda ko‘p haqiqatlarni idrok etishga qodir emasligini uqdirib o‘tadilar. Shu bilan birga, aqlning Alloh tomonidan ato etilgan eng buyuk mislsiz ne’mat ekani, undan oqilona foydalanish zarurligini ham ta’kidlab o‘tadilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
Abdulaziz Mansur, "Aqoid matnlari"
Al-Moturidiy taʼlimoti va uning Sharq xalqlari madaniyatidagi oʻrni. Maʼruzalar toʻplami, T., 2000;
Karimov I. A., Vatan ravnaqi uchun har birimiz masʼulmiz Imom Moturidiy tavalludining 1130-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlangan nutq, 9-j, T., 2001;
Kattayev K., Imom al-Moturidiy va Chokardiza, Samarqand, 2000;
Mansur A., Al-Moturidiy taʼlimoti, T.,2003;
Ziyodov Sh., Al-Moturidiy hayoti va merosi, T., 2000.
Uvatov U., Imom al-Moturidiy va uning taʼlimoti, T., 2000;
Do'stlaringiz bilan baham: |