Paradigmalari



Download 376,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.02.2022
Hajmi376,63 Kb.
#436425
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 1

Geografik 
joylashuv

Bunday 
joylashuv 
faqat 
dengiz 
kuchlarini 
markazlashtirish bilan emas, balki ehtimoliy dushmanlarga qarshi amaliyotlarni 
amalga oshiruvchi mustahkam baza sifatida ko‘rinishi zarur;
3
Mackinder H. J. Democratic Ideals and Reality: a Study in the Politics of Reconstruction. New York.: Henry Holt, 
1919. – P. 186. 
4
Переферия – стратегик марказлардан ажралиб қолган, мустақил геосиёсий йўналишга эга бўлмаган ер ёки 
макон.
5
Бжезинский З. Великая шахматная доска. [пер. с анг. О. Уральской]. – Москва.: Издателсьство АСТ, 2019. 
– C. 59-63.


-
Jismoniy tuzilish
. Agar davlat ulkan kema bo‘lsa-da, uning qirg‘oqlari 
bo‘lmasa, u holda bunday davlatning na o‘z dengiz savdosi, na ov qilishi va na 
dengiz floti mavjud bo‘ladi;
-
Hudud qamrovi
. Dengiz qudratining rivojlantiruvchi omili uning hududiy 
doirasi dengiz qirg‘og‘igacha cho‘zilishidir; 
-
Aholisi soni
. Aholi miqdorining ko‘p ekanligi ulkan dengiz floti demakdir; 
-
Milliy xususiyat
. Millatlarning savdo-sotiq bilan shug‘ullanishida ularning 
milliy xususiyatini hisobga olish lozim; 
-
Hukumat siyosati va uning o‘ziga xos tabiati
. Dengiz bilan bog‘liq barcha 
ishlarda hukumatning asosiy vazifasi ijtimoiy adolat va fuqarolarning xavfsizligini 
ta’minlashga qaratilishi zarur
6
. Ta’kidlash kerakki, A.Mehenning “Sea Power” 
nazariyasi uzoq yillar davomida Amerika va Evropa davlatlari geosiyosatiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatdi va imperialistik siyosatning tarkibiy qismiga aylandi.
Amerikaning o‘z davridagi kelgusi geosiyosiy dasturlarini ishlab chiqishida 
kelib chiqishi gollandiyalik N.Spaykmenning ta’limotlari ham turtki bo‘ldi. Uning 
yozishicha, “geografiya davlat tashqi siyosatining eng fundamental omili 
hisoblanadi, chunki bu omil doim mavjud”
7
. N.Spaykmen dunyo kuchlarining 
uchta keng markazi – SHimoliy Amerikaning Atlantika sohili, Evropa sohili va 
Evroosiyoning Uzoq SHarq sohillarini alohida ajratib, Amerika bular orasida o‘z 
geosiyosatini ko‘proq Evropa sohiliga qaratishi maqsadga muvofiq, deya 
ta’kidlaydi. H.Makkinder modelidan farqli ravishda, N.Spaykmen geosiyosiy 
sxema bo‘yicha o‘z variantini taklif qiladi. Uning g‘oyasiga ko‘ra, jahon 
hukmronligiga yo‘l, Heartland emas, Rimland (qirg‘oqbo‘yi hududlar) hisoblanadi. 
Shu boisdan, N.Spaykmen H.Makkinder formulasiga quyidagicha o‘zgartirish 
kiritadi: “Kim Rimland ustidan hukmron bo‘lsa, Yevroosiyo ustidan hukmron 
bo‘ladi, kim Yevroosiyoni boshqarsa, u dunyo taqdirini o‘z qo‘liga oladi”
8

Tabiiyki, N.Spaykmenning geosiyosiy g‘oyalari A.Mehen tomonidan ishlab 
6
Mahan A.T. The influence of Sea Power upon history (1660-1783). – Boston, 1890. – P. 29-58.
7
Spykman N. America’s strategy in world politics. Nеw York.: 1942. – P. 41. 
8
Дугин А. Основы геополитики. http://ratnikjournal.narod.ru/zip/Dugin.Geopolitika.pdf. – С. 35.


chiqilgan konsepsiya bilan o‘xshash bo‘lib, uning mantiqiy davomi deyish 
mumkin.
Yevropa gesiyosatining ko‘zga ko‘ringan nazariyotchilaridan yana biri nemis 
professori 
K.Xausxofer 
hisoblanadi. 
Professor 
K.Xausxofer 
geosiyosiy 
nazariyalarida asosiy e’tiborini Uzoq Sharqqa qaratadi. U shuningdek, jahon 
siyosiy tizimida tartib o‘rnatishda Germaniyaning rolini e’tirof etib, pang‘oyalar 
formulasini taklif etadi. Keyinchalik bu formulani K.Xausxofer panamerika, 
panosiyo, panrus, panislom va panevropa kabi nomlar bilan ataydi. 1941 yilda 
K.Xausxofer mazkur sxemani qayta ko‘rib chiqib, uchta mintaqani asosiy o‘rinda 
qoldiradi: AQSh boshchiligidagi panamerika, YAponiya boshchiligidagi Buyuk 
Sharqiy Osiyo va Germaniya boshchiligidagi panevropa
9
. K.Xausxofer 
konsepsiyasi aynan o‘sha davrda jahonda yuz berayotgan tub geosiyosiy 
o‘zgarishlarni aks ettirgani bilan xarakterlanadi. Ushbu geosiyosiy g‘oyaning 
e’tiborga molik jihati va ilgari mavjud qarashlardan farqi shundaki, uning tub 
negizida qudratli davlatlar o‘z geosiyosatini yakka tartibdagi mexanizmlardan 
tashqari, ittifoqlar va birlashmalar tuzish orqali amalga oshirishi mumkinligi 
ko‘rsatib o‘tiladi. Shu jihatdan ham, K.Xausxofer o‘zining qarashlarini 
H.Makkinderning geosiyosiy g‘oyalariga moslashtirdi, boshqacha aytganda, u 
Germaniyaning Yevroosiyo ustidan nazorat o‘rnatishi lozimligiga asosiy e’tiborini 
qaratdi. 
Geosiyosiy nazariyalar ichida “mondializm” nazariyasi alohida diqqatga 
sazovor va ilmiy qiziqishlarga chorlaydi. Ushbu nazariya “Yagona dunyo” (One 
World) utopik g‘oyasiga asoslanadi. Uning tarafdorlari yagona jahon hukumati 
tuzilishi va umumjahon integratsiyasi loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. SHuningdek, 
ular bu loyiha utopiya emasligini Millatlar Ligasi, keyinchalik Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti misolida isbotlashga harakat qilishadi. Jumladan, XX asr o‘rtalarida 
Garri Devisning “Jahon konfederatsiyasi uchun umumiy harakat”, Genri 
Asbornning “Federal Ittifoq” va “Jahon hukumati uchun salib yurishi” singari 
9
Гаджиев К.С. Геополитика. Учебник / 4-е изд. –М. : Издательство Юрайт, 2011. – С .20-21. 


mondialistik qarashlari vujudga keldi. Mondializm konsepsiyasining zaif jihati 
shundaki, “jahon hukumatini kim boshqaradi”, degan savolga mondialistlar 
tomonidan “G‘arb va AQSH jahon hukumatining asosiy shtabi”, degan javob 
berilganidir
10
. O‘z navbatida, mondialistlarning atlantizm
11
shafeligi ostida 
yaratgan “One World” loyihasi jahon geosiyosiy muvozanatini buzilishi va boshqa 
qudratli kuch markazlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri inkor etishga olib keladi. 
XX asrning 90 yillari avvalida ikki qutbli tizimning inqirozga yuz tutishi va 
ko‘p qutbli dunyo tartibotini o‘rnatish jarayonlari geosiyosat sohasida ham 
muayyan o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Bu, xususan, fransuz generali P. 
Galluaning “Geosiyosat qudrat manbalari” (1990) asarida o‘z aksini topdi. Unda, 
dastavval, geografik determinizm siyosiy geografiya bilan aynan emasligiga e’tibor 
qaratilgan bo‘lib, davlatning imkoniyatlari (kuch-qudrati) hududi, aholisi, 
geografik vaziyati, chegaralarining davomiyligi va konfiguratsiyasi, zaxiralarining 
ahvoliga va h.k. (shu jumladan, eng yangi ommaviy qirg‘in qurollari mavjudligi 
ham) bog‘liqligi e’tirof etiladi
12
.
Dunyoning zamonaviy geosiyosiy manzarasi va geosiyosat vositalarini 
chuqurroq o‘rganish uchun ilmiy doiralar tomonidan ishlab chiqilgan 
paradigmalarga murojaat etish lozim bo‘ladi. Paradigma (grek. – namuna, andoza) 
– u yoki bu davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olingan va yangi ilmiy 
tadqiqot uchun namuna va asos bo‘lib xizmat qiladigan ilmiy yutuqlar majmuidir. 
Mazkur tushunchani ilmiy muomalaga keng yoyilishida amerikalik tarixchi T. 
Kunning “Ilmiy inqiloblar strukturasi”
13
asari asosiy o‘rinni egallaydi. Kun 
fikricha, paradigma ilmiy jamoatchilik birligini ta’minlaydi. Ilmiy namunani
universal qonunlarni konkret hodisalarga tatbiq etish asosida fan rivojlanadi
14

Umuman olganda, paradigmani ilmiy tan olingan va qaysidir davrda ilmiy tadqiqot 
uchun yo‘naltirilgan bir yoki bir nechta fundamental nazariyalar yig‘indisi, deb 
10
Дугин А. Основы геополитики. http://ratnikjournal.narod.ru/zip/Dugin.Geopolitika.pdf. – С. 70. 
11
Атлантизм - жаҳон майдонининг геосёсий куч маркази сифатида АҚШ ва Ғарб раҳбарлик қиладиган 
стратегик иттифоқни англатувчи мураккаб тушунча. 
12
Фалсафа: қомусий луғат. (Тузувчи ва масъул муҳаррир Қ. Назаров). – T.: Шарқ, 2004. – Б.87. 
13
Философия. Энциклопедический словарь. – М.: Гардарики. Под редакцией А.А. Ивина. 2004. https:// 
dic/academic.ru/dic.nsf/enc-philosophy/902/парадигма. 
14
Фалсафа: қомусий луғат. (Тузувчи ва масъул муҳаррир Қ. Назаров). – T.: Шарқ, 2004. – Б.321. 


ta’riflash mumkin. Shu boisdan ham paradigma vositasida ilmiy muammolar 
o‘rtaga tashlanadi va uni echish modeli namoyon bo‘ladi. Geosiyosiy paradigma 
esa tan olingan geosiyosiy nazariyalar orqali dunyoni geosiyosiy manzarasini ilmiy 
jihatdan aniqlash modelidir. YUqorida zikr etilgan klassik nazariy yondashuvlarni 
umumiy bog‘lab turuvchi geosiyosiy paradigma 

Download 376,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish