Paradigmalari



Download 376,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana08.02.2022
Hajmi376,63 Kb.
#436425
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 1

“Quruqlik” (tellurokratiya) va 
“Dengiz” (talassokratiya) dualizmi paradigmasi 
deb nomlanadi.
XXI asr xalqaro siyosiy jarayonlarida yuz bergan hodisalar, ayniqsa 
mintaqalardagi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi gesiyosatni yangicha talqinda idrok 
etish va unga nisbatan zamonaviy paradigmalarni joriy etish zaruriyatini keltirib 
chiqardi. Bunday qarashning asosiy sababi shuki, geosiyosiy ta’sir vositalarining 
turlari va ko‘rinishlari kengayib borgani sayin geosiyosatning zamon voqeliklariga 
moslashgan barcha yangi nazariyalari tadqiq etila boshlandi. Ayniqsa, hozirgi davr 
geoyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda ozarbayjonlik olim A. 
Hasanovning “Geosiyosat” kitobi muhim ahamiyatga ega. Unda yozilishicha, 
bugungi geosiyosatchilarning ko‘pchiligi jahonning hozirgi geosiyosiy xaritasi va 
tuzilmasiga klassik geosiyosatda qo‘llanadigan paradigmalar (o‘lcham va baholash 
qoliplari)ni tatbiq etishni maqbul ko‘rmaydilar. Hozirgi vaqtda siyosatshunoslar 
jahon geosiyosiy tuzilmasini quyidagicha tasavvur etishadi:
1.
Kanada va Meksika bilan birgalikda AQSH hamda uning ittifoqchilari – 
Evropa Ittifoqi mamlakatlari;
2.
Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Janubi-SHarqiy Osiyoning boshqa 
rivojlangan mamlakatlari;
3.
Rossiya va sovetlardan keyingi makonda uning ta’sir doirasiga kiruvchi 
mamlakatlar va pravoslav-slavyan dunyosi mamlakatlari; 
4.
Islom dunyosi va uning Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Pokiston kabi 
mintaqaviy rahnamolari va boshqa mamlakatlar;
5.
Afrika qit’asi mamlakatlari va ularning uyushmalari;
6.
Lotin Amerikasi mamlakatlari.
Mohiyat e’tibori bilan, bu markazlarning birontasi bir xil emas va har bir 
mamlakat o‘z tuzilmasi doirasida boshqalarnikidan farqli manfaatlarga, geosiyosiy 


kod va koordinatlarga, harbiy va siyosiy maqsadlarga, tashqi dunyo bilan 
munosabatlarning o‘z mezonlariga ega
15

S.f.d. professor R.Muxaev geosiyosat mohiyatini kengroq anglashga 
bag‘ishlangan “Geosiyosat” kitobida fanda mavjud bir qator asosiy paradigmalarni 
misol qilib keltiradi: 
1.
Institutsional-huquqiy paradigma – davlat yoki millat; 
2.
Geosiyosiy paradigma; 
3.
Geoiqtisodiy paradigma; 
4.
Geomafkuraviy paradigma; 
5.
Geotsivilizatsiya paradigmasi; 
6.
Geoaxborot paradigmasi
16
.
Institutsional-huquqiy paradigma
(davlat yoki millat) tarafdorlari geosiyosiy 
makonning asosiy komponenti davlat, millat va xalqaro huquqdir, deb baholashadi.
Geosiyosiy paradigma 
mohiyatida geografik determenizm asosiy o‘rinni 
egallaydi va u hokimiyat uchun kurashning hal qiluvchi vositasi hisoblanadi.
Geoiqtisodiy paradigma
da hududiy hukmronlikning asosiy ta’sir usuli moliya 
va iqtisodiy resurslar monopoliyasi bo‘lib, uning aktorlari Transmilliy 
korporatsiyalar hisoblanadi. 
Geomafkuraviy paradigma
vakillarining izohlashicha, geosiyosat mafkurasiz 
mavjud bo‘lmaydi, ular o‘zaro bog‘liq. Mazkur paradigmaga ko‘ra, geosiyosiy 
ustunlikni g‘oyalar kurashida g‘olib bo‘lish omili belgilaydi.
Geotsivilizatsiya paradigmasi. 
Sovuq urush va kommunizm barham 
topgandan keyin turli kuchlar ta’sirida dunyoning yangi siyosiy manzarasi 
shakllandi. YAngi qarashlar va konsepsiyalar paydo bo‘ldi. Geosiyosatga nisbatan 
sivilizatsion yondashuv shunday qarashlardan biri bo‘lib, barcha xalqlar uchun 
yagona va umumiy o‘lchov mavjud emas, har bir kishilik jamiyati noyob va o‘ziga 
xos, degan g‘oyani o‘rtaga tashladi. Bunday nuqtai nazarni rus olimlari N.YA. 
Danilevskiy, K.N. Leontiv, P.A. Sorokin, nemis faylasufi O. SHpengler, 
15
Ҳасанов А. Геосиёсат. Озарбайжончадан Б.Муҳаммадшариф таржимаси. – Т.: Тамаддун, 2016. – С. 394-
395. 
16
Бу ҳақида батафсил қаранг: Мухаев Р.Т. Геополитика. Учебник. -2-е изд., перераб. и доп. – М.: 2012. – С. 
28-45.


shuningdek, ingliz tarixchisi A. Toynbi ilgari surishdi. Ular orasidan N.YA. 
Danilevskiy “Rossiya va Evropa” asari orqali geosiyosatda muhim rol o‘ynovchi 
sivilizatsion sintez sifatida yagona millat sivilatsiyani targ‘ib etuvchi 
“umumslavyan ittifoqi” (panslavyanizm) nazariyasini tushuntirib berdi. Qolgan 
olimlar esa, geotsivilizatsiya paradigmasining markazin o‘rnida din turadi
17
, deya 
baholashdi. Alohida qayd etish lozimki, geotsivilizatsiya paradigmasi rivojiga 
S.Xantingtonning “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” asari ilmiy jilo baxsh etdi. 
S.Xantingtonning qat’iy ishonchiga ko‘ra, insoniyat tarixi – bu sivilizatsiyalar 
tarixidir, kelajakdagi kuchlar bloki u yoki bu sivilizatsiyalarga tegishlilik asnosida 
o‘lchanadi va yakunda odamlar uchun siyosiy mafkura yoki iqtisodiy manfaat 
muhim bo‘lmaydi. S.Xantington ushbu asarida bugungi kundagi 8 ta asosiy 
sivilizatsiyani ajratib ko‘rsatadi: 
1.
Xitoy sivilizatsiya;

Download 376,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish