Kim Heartland
yoki Rimlandga hukmronlik qilishni istasa, Airlandni zabt etishi lozim bo‘ladi.
Airland esa, jahon boshqaruvi kalitidir
”.
Boshqacha aytganda, Airland modeli
geosiyosatning dolzarb ob’ekti dengiz yoki quruqlik emas, balki havo va kosmos
bo‘lishini nazarda tutadi.
Ko‘pchilik geosiyosatshunoslarning zamonaviy paradigmalarga nisbatan
bildirgan yondashuvlari yuqorida keltirilgan paradigmalar bilan deyarli o‘xshash
va yakdildir. Geosiyosat nazariyachilarning nazaridan
chetda qolgan ayrim
paradigmalar ham mavjudki, ularga shu o‘rinda to‘xtalishimiz o‘rinli bo‘ladi. Ana
shunday paradigmalardan biri geodiplomatik paradigmadir. Alohida qayd etishimiz
lozimki, geodiplomatik paradigmaning nazariy asoslari va amaliy jihatlari borasida
olib borilgan tadiqoqotlar juda kamyob. Kanadalik diplomat Deril Kopeland
“Partizan diplomatiyasi: xalqaro munosabatlarning qayta mushohadasi”
asarida
geodiplomatiya (
geodiplomatics
) iborasi sobiq Britaniya diplomati Peter Marshall
va Vestministr universiteti London diplomatik akademiyasi direktori Nabil Ayad
tomonidan kashf etilganini qayd etadi. Kopeland o‘zining professor Ayad bilan
bo‘lgan shaxsiy suhbatida geodiplomatiyani “global
strategik halqaning eng
ta’sirchan menejmenti”
21
sifatida baholab, bu borada hamfikr bo‘lganini yozadi.
Bizning fikrimizga ko‘ra, geodiplomatiya hayotiy muhim makonda o‘z
manfaatlarini ta’minlashda diplomatik vositalardan samarali foydalanish, tashqi
siyosatda mintaqaviy muammolarni o‘zaro muzokaralar
orqali hal etishga
asoslangan tizimli mexanizmlar majmuasidir. SHunday bo‘lsada, geodiplomatiya
paradigma sifatida ommaviy ravishda rivojlanmadi. Zeroki, aksariyat olimlar
geosiyosiy jarayonlarni nazorat qilishda asosiy vosita sifatida xaos ustuvor, degan
tezisga asosiy e’tiborini qaratishgan. Ayni shu jihatdan, geodiplomatik paradigma
geosiyosatning asosiy paradigmalari orasidan keng o‘rin egallamadi.
Biz ushbu
paradigmani yuqorida zikr etilgan paradigmalar qatoriga kiritish zaruriyati dolzarb
masalalardan biri ekanligini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu zamonaviy geosyosatning
nazariy manzarasini yanada teran anglashga va yangi pragmatik qarashlarni
shakllanishiga ilmiy ko‘mak berishi shubhasiz.
21
Daryl Copeland. Guerrilla Diplomacy: Rethinking International Relations. LYNNE RIENNER. 2009. – P.19.
https://www.rienner.com/title/Guerrilla_Diplomacy_Rethinking_International_Relations