Paradigmalari



Download 376,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.02.2022
Hajmi376,63 Kb.
#436425
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 1



MA’RUZA № 1 GEOSIYOSAT NAZARIYALARI VA ZAMONAVIY 
PARADIGMALARI 
Reja:
1.
Geosiyosat tushunchasi va mazmun-mohiyati 
2.
Geosiyosat nazariyalari 
3.
Geosiyosatning zamonaviy paradigmalari.
Tayanch so‘z va iboralar: 
Geosiyosat, siyosiy geografiya, Heartland, Rimland, Tellurokratiya, 
Talloskratiya, geoiqtisod, geostrategiya, geomafkura, geoaxborot, geosivilizatsiya, 
geodiplomatiya, aerokratiya, efirokratiya, mondializm.
Jahon siyosiy xaritasini tubdan o‘zgarish jarayonlari ma’lum mintaqalardagi 
o‘zaro kurash va raqobatning hosilasi ila shakllangan. Uzoq yillar davomida 
makon va hududlarni harbiy yo‘l bilan egallash, uni mustamlakaga aylantirish va 
doimiy nazorat o‘rnatish klassik geosiyosiy nazariya va qarashlarning amaliy 
ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi. Vaqt o‘tgan sari geosiyosiy nazariyalar va uning 
amaliyoti o‘zgarib bordi, yangi ilmiy qarashlar, qonuniyatlar va konsepsiyalar 
paydo bo‘ldi. Garchi imperialistik mexanizmlar barham topib, kurash va 
raqobatning shakl va usullari bugungi kunda o‘zgargan bo‘lsa-da, strategik 
ahamiyatga molik hududlar va mintaqalarda o‘z ta’sirini saqlab qolish jarayonlari 
tabiiy ravishda davom etib kelmoqda. Buni juda ko‘plab siyosatchilar hamda 
siyosiy fan olimlari “geosiyosat” iborasi bilan ifodalashadi.
Xalqaro munosabatlarda “geosiyosat” iborasining paydo bo‘lishi XIX asr 
oxiri va XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Geosiyosat keyingi yillarda nafaqat 
alohida fan tarmog‘i sifatida shakllandi, balki dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy 
jarayonlarni izchil anglash vositasi va ehtiyoji sifatida rivojlanib bordi. Ushbu 
ibora dastlabki bor 1899 yilda shved olimi Rudolf Chellen tomonidan ilmiy 
doirada qo‘llanilgan va shu boisdan uni ba’zi manbalarda “geosiyosat otasi” deb 
atashadi. R.Chellen geosiyosatni davlatga nisbatan “geografik organizm yoki 


fazoviy fenomen sifatida qaraydigan ta’limot”, deya ma’lum qiladi
1
. Olimning 
geosiyosat borasidagi g‘oyalarini metodologiyaning sistemali yondashuv usuli 
bilan baholash mumkin. Boshqacha aytganda, R.Chellen hududlardagi mavjud 
siyosiy voqeliklarni tizimlashtirgan holda “geosiyosat” iborasi orqali ilmiy shaklga 
keltirdi. Biroq, mazkur iboraning keng ommalashuvida nemis olimi Fridrex 
Ratselning 1897 yilda chop etilgan “Siyosiy geografiya” asari turtki bo‘lgani 
ko‘pchilikka ma’lum. F.Ratsel o‘z asarida “davlat biologik qoidalar asosida 
harakatlanadigan tirik organizm hisoblanadi”
2
, degan tezisni ilgari surdi. Uning 
qarashlariga ko‘ra, davlat xuddi daraxt singari erda ildiz otadigan jonli organizm 
mahsuli bo‘lganligi sababli, uning mavjud xususiyati aynan hududi va joylashuvi, 
taraqqiyoti esa atrof-muhitga qanchalik muvaffaqiyatli moslashishi bilan 
belgilanadi. R.Chellen va F.Ratselning geosiyosat borasidagi dastlabki qarashlarini 
Markaziy Evropaning jahonda maydonidagi o‘rni va ta’sirini belgilashga 
qaratilganligi bilan izohlashimiz mumkin.
Jahon siyosiy xaritasi o‘zgarishi va imperialistik siyosatning bir qator 
ko‘rinishlarini amaliyotga tadbiq etish uchun yangi geosiyosiy nazariyalar va 
konsepsiyalarga ehtiyoj tobora ortib bordi. Natijada jahon geosiyosiy makonida bir 
qator paradigmalar birin-ketin paydo bo‘ldi. 
Klassik geosiyosatning markaziy nazariyalari yaratilishida H.Makkinder, 
A.Mehen, N.Spaykmen, K.Xausxofer va boshqa bir qator nazariyotchilarning 
salmoqli hissasi mavjud. 1904 yilda ingliz olimi H.Makkinder “Tarixning 
geografik o‘qi” nomli ma’ruzasini “Geografiya juranali”da chop etdi va bu fan 
tarixidagi eng yorqin geosiyosiy matnga aylandi. H.Makkinder davlat uchun eng 
qulay geografik joylashuv bu uning markazidir, deb hisoblaydi. Uning qayd 
etishicha, butun jahon nuqtai nazaridan, erning markazida Evrosiyo qit’asi, uning 
markazida esa “Heartland” (Yerning yuragi) joylashgan. Shundan kelib chiqib, 
H.Makkinder quyidagi konsepsiyasini ilgari surdi: “Kim Sharqiy Yevropada 
hukmronlik qilsa, u “Heartland” ustidan hukmronlik qiladi, kim “Heartland” 
1
 Rudolf Kjellen and the origin of geopolitcs. https://geopoliticsresearch.wordpress.com/2015/04/21/rudolf-kjellen-
and-the-origin-of-geopolitics/ 
2
Гаджиев К.С. Геополитика. Учебник / 4-е изд. –М. : Издательство Юрайт, 2011. – С .15. 


ustidan hukmronlik qilsa, dunyo orollarini boshqaradi, dunyo orollarini 
boshqargan, butun dunyoni boshqaradi”
3
. Alohida qayd etish joizki, 
H.Makkinderning geosiyosiy qarashlari bir qator tadqiqotchilarni qiziqishlariga 
sabab bo‘ldi. Bunday qiziqishlarning asosiy sababi Evroosiyoda sodir bo‘layotgan 
geosiyosiy tendensiyalar bilan bevosita bog‘liq ravishda ro‘y berdi. Ayniqsa, 
AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi, geostrateg 
Z.Bjezinskiy “Buyuk shaxmat doskasi” asarida Yevrosiyoning geosiyosiy 
ahamiyatiga urg‘u berib, shunday yozadi: “Yevrosiyo er sharidagi eng katta qit’a 
sanaladi va geosiyosiy munosabatda markaziy o‘rinni egallaydi. Yevrosiyoni 
boshqargan davlat rivojlangan va dunyo iqtisodiy ishlab chiqarish hududlarining 
uchdan ikki qismini nazorat qiladi. Yevrosiyo nazorati o‘z-o‘zidan, deyarli dunyo 
markaziy qit’asining geosiyosiy pereferiyasi
4
da joylashgan Okeaniya va G‘arbiy 
yarimshar hamda Afrikani o‘ziga bo‘ysundirish demakdir. Evrosiyoda dunyo 
aholisining 75 foizi istiqomat qiladi, dunyo tabiiy boyliklarining katta qismi shu 
erda va uning ostida joylashgan. Shu tariqa, Yevrosiyo o‘zida global boshqaruv 
uchun kurashga chorlaydigan shaxmat doskasini namoyon etadi”
5
.
Jahon geosiyosiy boshqaruvida Amerikaning qudratini belgilovchi qarashlar 
amerikalik admiral A.Mehenga tegishli. A.Mehen “Dengiz qudratining tarix uzra 
ta’siri (1660-1783)” deb nomlangan kitobida dengiz qudratiga (Sea Power) ega 
bo‘lish jahon hukmronligining asosiy omili hisoblanishini yozadi. Uning fikriga 
ko‘ra, davlatning dengiz qudratiga ta’sir etuvchi asosiy shart-sharoitlari quyidagi 
tushunchalarda o‘z aksini topadi: 
-

Download 376,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish