Ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan zamonaviy
paradigmalar orasida
geosiyosiy paradigma alohida ajralib, qolgan paradigmalar uning tarkibiy qismini
tashkil etadi. Geosiyosiy paradigmani boshqa shaklda ifoda etuvchi konseptual
qarashlar ham yo‘q emas. Masalan,
siyosiy texnolog, jurnalist E.A. Senshin
geosiyosiy konsepsiyalarning quyidagi turlari klassifikatsiyasini taklif etadi:
1.
Klassik geosiyosat.
Ushbu konseptual qarashda geografik determenizm
tamoyili ustuvorlik kasb etadi va unda geosiyosat aktori davlat, hududiy makon esa
uning asosiy paradigmasidir.
2.
Revizionistik geosiyosat.
Bu
konsepsiyaga binoan, davlatlar ittifoqi va
bloklar geosiyosiy aktorlar hisoblanadi va uning asl mohiyatida mafkuraviy
paradigma yotadi.
3.
Modernistik geosiyosat.
Unga ko‘ra, davlat siyosatini iqtisodiy paradigma
belgilaydi. Uning aktorlari esa Transmilliy va nohukumat siyosiy tuzilmalar
hisoblanadi
19
.
Hozirgi davr geosiyosiy tendensiyalari bir mintaqada sodir bo‘lgan
o‘zgarishlar tez orada boshqa mintaqaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatish xususiyatiga
ega ekanligi bilan ahamiyatga molikdir.
SHu boisdan, aksariyat tadqiqotchilar
hozirgi davr geosiyosiy jarayonlarini globalizatsiya omili bilan bog‘liq ravishda
ko‘rib chiqish zarur, deb hisoblashmoqda. Xususan,
Arizona universiteti
sotsiologiya maktabi direktori A.Bergesen va Jahon hamjamiyati fondi prezidenti
K.Sater fikrlariga ko‘ra, XXI asrda geosiyosat va globalizatsiya o‘rtasida uzviy
bog‘liklik vujudga kelmoqda, geosiyosatni amalga oshirish vositalari ham doimiy
ravishda o‘zgarib borayotir, shu nuqtai nazardan ham
jahon geosiyosiy tizimida
qudratli kuchlarning manfaatlari ma’lum bir hududda to‘qnashishi natijasida uning
boshqa hududlarga ta’sir etish holatlari ham o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmoqda
20
.
Bizningcha, bunday qarashni “geosiyosiy globalizm” tushunchasi bilan ifodalash
maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Geosiyosiy globalizm”ning mohiyati shundan
19
Сеньшин Е.А. Эволюция геополитических парадигм в трансформирующемся мире // Известия Уральского
государственного университета. Сер. 3, Общественные науки. № 48, вып. 2. 2007.– С.60-61.
20
Bergesen A. Suter Ch. The Return of Geopolitics in the Early 21
st
Century: The Globalization/Geopolitics Cycles /
The Return of Geopolitics. World Society Foundation Zurich, Switzerland, 2018. – P.7.
iboratki, globalizm geosiyosiy xususiyat kasb etadi, uning asl zamirida geosiyosiy
maqsadlar yashirin bo‘ladi. O‘z navbatida, zamonaviy
geosiyosat mintaqalarda
neft, gaz va boshqa tabiiy resurslar uchun kurash, axborot va savdo urushi singari
omillarni o‘z ichiga olgan yangi davr geosiyosiy jarayonlari bilan ham to‘lib
bormoqda.
Geosiyosatning zamonaviy paradigmalarini tahlil etar ekanmiz, muhim
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan konseptual qarashlarni ham qalamga
olishimiz lozim bo‘ladi. Xususan, shunday konsepsiya sirasiga Aerokratiya (Havo
makoni) va Efirokratiyani (Kosmos makoni) kiritish mumkin.
Innovatsion
strategik aviatsiyaning taraqqiy etishi, yangi yadroviy qurollarni fazoviy sinovdan
o‘tkazishga urinishlar hamda shu orqali geosiyosiy istiqbolni tasavvur etish singari
omillar Aerokratiya va Efirokratiyani dolzarb xususiyatini aks ettirmoqda. Bizning
fikrimizcha, shu omillar o‘laroq, istiqboldagi geosiyosatda Heartland yoki Rimland
modellaridan ko‘ra, “Airland” modeli ustuvor o‘rin egallaydi. “Airland”
formulasining mohiyatini quyidagicha tasvirlashimiz mumkin: “
Do'stlaringiz bilan baham: