O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi o’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida



Download 151,49 Kb.
bet1/6
Sana31.05.2023
Hajmi151,49 Kb.
#946787
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yevrosiya qitasida markaziy osiyo mintaqsining geosiyosiy o`rn


MUNDARIJA
KIRISH
I BOB O’ZBEKISTONNING GEOSIYOSIY O’RNI VA KELAJAGI

  1. O’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida

  2. O’zbekistonning jahon xo’jaligida tutgan o’rni

  3. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni

II BOB MARKAZIY OSIYO REGIONIDAGI GEOSIYOSIY JARAYONLAR. YANGI MING YILLIKDA MARKAZIY OSIYODA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MUAMMOLARI
2.1 Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solayotgan asosiy tahdidlar.
2.2 Narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm masalalari.
2.3 Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solayotgan asosiy tahdidlar.
2.4 Markaziy Osiyoda ekologik vaziyatning namoyon bo‘lish xususiyatlari.


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi:Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy - iqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarining muqaddimasida “xavfsizlik”, “barqarorlik” va “sobitqadam rivojlanish” kabi tushunchalar do’stlik va hamkorlikning ramzi ekanligi va “aynan ana shu tushunchalar har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor” yaratishini alohida ta’kidlab o’tganlar. SHuning uchun ham O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni, barcha sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida izchil siyosat olib bordi va bu ishlar davom ettirilmoqda. Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo’lib, shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqin va uzoqni ko’zlab, maqsadlar qo’yishda ularni hisobga olish kerak bo’ladi. Aks holda ushbu xavf-xatarlar real tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda, ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtai-nazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo’nalishga ustuvorlik berish davlat va jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimlarning parokandaligiga olib kelishi mumkin. Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo’lgan halokatlar, dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda.


Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar va tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Xavfsizlik masalalari qadimdan faylasuflar, iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan, Demokrit, Aristotel, Platon kabi allomalarni ham o’ylantirgan. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning har sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, “ushbu dolzarb masalada yengil fikrlash yoki muqarrar xavfga bepisandlik bilan qarash, uni kamaytirib ko’rsatish qanday oqibatlarga olib kelganligi haqida tarixdan istalgancha misollar keltirish mumkin”. Tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyo qudratli davlatlarning geosiyosiy manfaatlari doirasida qolmoqda. Mintaqada Amerika, Rossiya va Xitoy o’rtasida o’ziga xos kurash ketmoqda. Strategik joylashuv har bir respublika taraqqiyotiga ham, tanazzuliga ham sabab bo’lishi mumkin, deydi bir gurux kuzatuvchilar.Tojik
yozuvchisi Muhiddin Xo’jazod bugungi dunyo syosatiga baho berarkan, yangi texnologiyalar tufayli qurol, bosqin shart emas deydi u xalqlarni asoratga solishning boshqacha yo’llari paydo bo’lganini ta’kidlaydi, Markaziy Osiyo davlatlari kuchsizligini urg’ulaydi. "XXI asrda davlat kuchli bo’lmasa, xalqi ahil bo’lmasa, qo’lga qurol olib, pahlavon bo’lib o’zganing yurtiga bostirib borish shart emas. Yuz yilcha oldin o’lkamizning boy va ziyolilari, jadidlar yo’q qilindi, yangicha mafkura o’rnatishdi. Hozir ham shunday bo’lmoqda. Biz endi Amerika, Rossiya, Yevropa va Xitoy o’rtasida hashakdek bir narsa, har maqomga solishadi", - deydu Xo’jazod. Moskvadan tahlilchi Leonid Gusev AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati uzoq yillarga mo’ljallangan, maqsad - Xitoyga yaqin mintaqadan foydalanish deydi."1990-yillarning oxiri, 2000-yillar boshidan Markaziy Osiyo AQSh diqqat markazida edi. Region mamlakatlarining asosiy qismi Xitoy bilan chegaradosh, Xitoy esa Amerika tashqi siyosatida juda muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh Markaziy Osiyo davlatlarida demokratiya targ’iboti va ustuvorligi yo’lida pragmatik qarashlarga ega. Ular bu yerdagi davlatlarning uzoq yillardan beri hukmronlik qilayotgan rahbarlari siyosatiga panja orasidan qarashadi. Iqtisodiy-energetik va geosiyosiy omillar muhim, hammani hammasi qoniqtiradi. Dunyoning bu burchagida ko’pgina mamlakatlar manfaati tutashadi, shuning uchun ham inson huquqlariga ko’z yumish holatlari bor", - deydi Gusev. Yevropa xalq partiyasi» prezidenti siyosiy maslahatchisi Xorxe Mestre-Xordaning (Ispaniya strategik tadqiqotlar instituti) fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlikning asosini tashqi aralashuvlarga qarshi yo‘naltirilgan jipslashgan tashqi siyosat tashkil qiladi.Ukrainadagi voqealar sababli Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar darajasida pasayish kuzatildi. Bundan tashqari, sobiq ittifoq davlatlari, jumladan Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik ittifoqiga a’zo-davlatlarning Rossiyaga nisbatan ishonchsizligi ortmoqda. Ular o‘rtasida masofa saqlashga harakat qilmoqda. Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning dengizga chiqish yo‘li mavjud emas, u bevosita Xitoy va Rossiya yaqinida joylashgan, shuningdek Afg‘oniston bilan chegaradoshdir.Ma’lumki, O‘zbekiston Rossiya va mintaqa bo‘ylab boshqa qo‘shni davlatlar bilan umumiy tarixga ega. Shunga qaramay, mamlakatning har qanday shakldagi tashqi aralashuvlarga qarshi yo‘naltirilgan tashqi siyosati siyosiy barqarorlik kafolatining asosi sifatida xizmat qilmoqda.Ukraina va Qrimdagi so‘nggi voqealar Markaziy Osiyo davlatlarining ma’lum darajadagi xavotiriga sabab bo‘ldi, shuningdek ushbu mintaqadagi davlatlar to‘rtta yadroviy mamlakat (Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston) bilan o‘ralgan dunyodagi yagona hududlardir.O‘zbekiston sobiq ittifoqning boshqa davlatlari uchun namuna sifatida xizmat qila oladi, chunki u barcha yirik davlatlar bilan teng masofada shakllantirilgan ko‘p asrlik tashqi siyosatini saqlab qolishga erishdi. O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyoning markazida joylashgan bo’lib, hududi shimoli – g’arbda Orol dengizi va Ustyurt platosidan, janubda Afg’oniston bilan Amudaryogacha, sharq va janubi – sharq tomonlarda Tyanshan va Hisor – Oloy tog’larigacha cho’zilgan.Hududining eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu yerda qorli cho’qqilar, baland tog’ muzliklari, katta vodiylar, keng vohalar bilan birga bepayon cho’l va qir – adirlar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining o‘rta qismini ishqol qiladi. Uning maydoni 448,7 ming km 2. Hududiy kattaligiga ko‘ra u Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston va Turkmaniston respublikalaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Xududi shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa cho‘zilgan bo‘lib, uning chekka o‘lkalari o‘rtasidagi masofa g‘arbdan sharqqa 1425 km, shimoldan janubga 930 km ni tashkil qiladi,chegaralarining umumiy uzunligi esa 6121 kmdan ortiq. O‘zbekiston Respublikasi g‘arbiy va sharqiy tomonlarda Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari bilan, shuningdek, shimolda katta masofada Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh. Uni janubiy tomondan Amudaryo orqali Afg‘oniston davlati o‘rab turadi. Respublika chegaralari siyosiy va iqtisodiy jihatdan ancha qulayliklarga ega. Respublika janubdan Afg‘oniston bilan chegaradoshligi tufayli, ushbu davlat bilan va u orqali unga yaqin bo‘lgan Hind okeani havzasi mamlakatlari, birinchi navbatda Pokiston va Hindiston bilan har taraflama keng o‘zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari tobora kengaymoqda. O‘zbekistonning ishlab chiqarish ixtisosi o‘xshash bo‘lgan Markaziy Osiyo respublikalari bilan tutashganligi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Keng ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, xilma xil va boy tabiiy resurslardan (ayniqsa, respublikalar bilan tutashgan qo‘shni xududlarida) birgalikda foydalanish orqali respublikalararo hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilish va boshqalar bunday chegaradoshlikning ijobiy yakunlaridandir. O‘zbekiston Respublikasi chegaralarining muhim xususiyatlaridan biri ularning aksariyat tekisliklar orqali o‘tishidir. Hatto uning bilan ulkan tog‘li o‘lkalari - Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalari o‘rtasidagi chegaralar ham asosan qulay tog‘ oraliq vodiylari yoki u qadar baland bo‘lmagan tog‘ tizmalari orqali o‘tgan. Ularni bog‘lab turadigan transport yo‘llari shu sababli iktisodiy jihatdan qadimdan yaxshi o‘zlashtirilgan xududlar orqali tashkil etilgan. Umumiy bu holat, tabiiyki bu qo‘shni respublikalar bilan xilma-xil iktisodiy aloqalarni tashkil qilishda yanada qo‘shimcha qulayliklar tug‘diradi.Umuman iktisodiy-geografik o‘ringa baho berishda O‘zbekistonning xalqaro mexnat taqsimotida ishtirok etish taqlil qilish muqimdir. Respublikamiz iktisodiy-geografik o‘rnining makro-geografik mavqeini belgilovchi bu holat aynan jahon ko‘lamida, ya’ni qaror topayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining markaziy rayonlari xamda turli qit’a va mintaqalarda joylashgan mamlakatlar bilan iktisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari doirasida qarab chiqilmog‘i kerak. O‘zbekiston Respublikasining yetuk darajada iktisodiy rivojlanish imkoniyatlarini beradigan ishlab chiqarish texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyoji dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari bilan o‘zaro teng manfaatli iktisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali gina qondirilishi mumkin. Ma’lumki, har qanday hududning, jumladan O‘zbekistonning iktisodiy rivojlanishini tashkil qilishda yirik metallurgiya ba’zalarining, yoqilg‘i-energetika, o‘rmon resurslarining uzoq-yaqinligi, transport vositalari, ayniqsa qulay dengiz portlariga chiqish holatlari xam katta rol o‘ynaydi. Bu jixatdan O‘zbekistonning Hamdo‘stlik davlatlari bilan bo‘lgan ishlab chiqarish aloqalarini, albatta yangi asoslarda yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Bu muammolar yechimi ko‘p jixatdan aloqa o‘rnatilajak davlat yoki ijtimoiy markazlar o‘rtasidagi masofaga, iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish imkoniyatlariga, qolaversa amaldagi davlatlararo siyosiy vaziyatga va boshqa bir qancha omillarga borib taqaladi.Agar O‘zbekiston Hamdo‘stlik davlatlariga muhim iqtisodiy bazalardan va jahonning iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlardan ancha uzoqda joylashganligi, buning ustiga rivojlangan mamlakatlar bilan bog‘lanish imkoniyatlarining cheklanganligi xisobga olinsa, respublikamiz iqtisodiy geografik o‘rnining makrogeografik mavqei birmuncha noqulay ekanligi ma’lum bo‘ladi. O‘zbekistonning eksport imkoniyatlari ancha keng. Respublika iqtisodining yaqin kelajakdagi bosh vazifalaridan biri ana shu o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘la foydalanib, rivojlangan mamlakatlar bilan iktisodiy aloqalarni har taraflama kengaytirishdir. Tabiiyki, yaqin davrlar orasida O‘zbekistonning asosiy eksport mausulotlari paxta, shuningdek meva, sabzavot, poliz, ulardan tayyorlangan konserva mausulotlari, xalq xunarmandchilik mollari bo‘lib qoladi. Ayni vaqtda respublikamiz importining asosini ishlab chiqarishning yuqori unumdorligini ta’minlay oladigan zamonaviy texnologik vositalar egallashi lozim. O‘zbekiston sanoati ishlab chiqarish fondini shu yo‘l bilangina qisqa muddat ichida yuqori samaradorli texnikaviy jixozlar bilan ta’minlash va xalq xo‘jaligining tarmoqlar tarkibini davr talabi asosida qayta tashkil qilish mumkin. Bu muxim vazifalarni amalga oshirishda bundan keyin xam sobiq xukimat doirasida tarkib topgan transport vositalari, ayniqsa temir yo‘l transportidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bunga 1992 yil fevralida Hamdo‘stlik davlatlari boshliqlarining temir yo‘l transportidan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi Minskdagi kelishuvi xam yordam beradi. Transport vositalaridan va muxim dengiz portlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishda Hamdo‘stlik davlatlarining o‘zaro manfaatdorlik asosida tuzayotgan iktisodiy bitimlari davlatlararo iktisodiy aloqalarni olib borishda keng imkoniyatlar yaratadi.Xorijiy mamlakatlar bilan iktisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston oldida yanada istiqbolliroq imkoniyatlar ochilmoqda. Seraxs (Turkmaniston)-Mashhad (Eron) temir yo‘lining tugallanishi qadimiy Turkistonni eng qulay, qisqa masofada bir tomondan, O‘rta va Yaqin Sharq, Markaziy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, ikkinchi tomondan, Xitoy orqali Uzoq Sharq mamlakatlari bilan bog‘lanishga imkon beradi.Osiyo qit’asini kenglik bo‘ylab g‘arbdan sharqqa kesib o‘tadigan bu ulkan Transosiyo magistralining ishga tushirilishidan shu temir yo‘l bo‘yida joylashgan barcha davlatlar manfaatdordir. Shu sababli bu temir yo‘lning qisqa vaqt ichida ishga tushirilishi O‘zbekiston Respublikasi makrogeografik o‘rnining ancha yaxshilanishiga olib keladi.Shunday qilib, respublikamizning iqtisodiy-geografik o‘rni O‘zbekistonning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi natijasida respublikamiz ishlab chiqaruvchi kuchlarining yanada tez rivojlanishiga, xalqimizning mustakillik nashidalaridan tezroq, baxramand bo‘lishiga olib keladi. Hozirning o‘zidayoq O‘zbekistonning Turkiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy bitimlari, AQSH, Xitoy, Italiya, Turkiya, Avstriya, Shveytsariya, Janubiy Koreya, Olmoniya kabi davlatlarning ishlab chiqarish kompaniyalari va firmalari ishtirokida tashkil etilgan o‘nlab qo‘shma korxonalari qisqa vaqt orasida respublika ishlab chiqarish tarmoqlari ishida keskin ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini taminlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy sharoiti va resurslari.
Tabiiy sharoiti. O‘zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy qismlari yer yuzasi sharqka - tog‘ oldi va tog‘larga tomon asta-sekin ko‘tarilib boradi. G‘arbiy qismi esa cho‘ldan iborat. Joy balandlashgan sayin tuproq-o‘simliklar o‘zgarib dashtga o‘tiladi. O‘zbekistonning markaziy va sharqiy qismlarida xalq xo‘jaligi uchun juda muxim bo‘lgan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo, Sirdaryo, Chirchiq va Ohangaron daryolari vodiylari va nixoyat tog‘lar o‘rtasidagi Farg‘ona vodiysi bor. Bu vodiylar va Amdaryoning quyi oqimi respublikaning axoli zich joylashgan voxalaridir. O‘zbekistonning qolgan qismi tekislik - cho‘ldan iborat. Respublikaning chekka shimoliy-g‘arbida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yerida Orol dengiziga taqalib kelgan cho‘l va suvsiz keng Ustyurt platosi joylashgan. Orol dengizidan janubda keng Amudaryo deltasi, undan bir oz yuqoriroqda Xorazm viloyati joylashgan. bu yerlar daryo oqizib kelgan hosildor jinslarning cho‘kishidan vujudga kelgan pasttekisliklardan iborat bo‘lib, ko‘pchilik yerlar Amudaryo suvi bilan sug‘orish uchun qulaydir. Cho‘llar bilan o‘ralgan bu yerda respublikaning yirik obikor dehqonchilik rayonlaridan biri joylashgan. Undan sharqta keng Qizilqum cho‘li yoyilib yotadi. Qizilqum cho‘li Navoiy viloyatining asosiy qismini egallaydi va Qozog‘iston xududiga xam kirib keladi. Bu xam tekislik bo‘lsada, biroq suvsiz yerlar qum tepalari va barxanlar bilan qoplangan. Qum tepalari orasidagi pastlik yerlar sho‘rxoklar va taqirlardan iborat. Cho‘lning o‘rta joylarida qoyali qoldiq tog‘lar (500-900 m) uchraydi. Bu tog‘ar tagida ko‘pgina buloqar chiqayabti, buloqlar dan vaqtincha turadigan chorvadorlar foydalanadi. O‘zbekistonning iqlimi umuman keskin kolntinental bo‘lib, tekisliklarda yozda jazirama issiq va quruq bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha qarorati Q26 gr (Nukus), Q30,2 (Buxoro), Q32 (Termiz) boradi. Qish ancha bulutli va ba’zan nisbatan qattiq sovuqlar xam bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati -5,30 (Nukus) va -1,30 dan (Toshkent), Q30 gacha (Termiz) boradi. Eng past harorat shimolda -30 gr va undan xam past bo‘ladi. Bahor qisqa, seryong‘in va ob-havo beqaror bo‘lib, birdan isib, birdan sovib turadi. Kuzda xavo ochik keladi, qishga tomon harorat asta-sekin pasaya boradi. Yillik yog‘in miqdori tekisliklarda 120-200 mm, Amudaryo deltasida atigi 45 mm. Tog‘oldi zonasida yog‘in miqdori 300-400 mm gacha yetadi, g‘arb tomonga qaraganda tog‘ yon bag‘rlariga yog‘in yana xam ko‘proq yog‘adi. Yog‘inni bu yerga asosan g‘arbiy shamollar olib keladi. respublikamizning janubida va janubi-g‘arbdan vaqti-vaqti bilan quruq afg‘on shamoli esib turadi.
O‘zbekistonning tekislik yerlarida vegetatsiya davri juda uzoq vaqt - shimolda 190 kundan, janubda 220 kungacha va bundan ko‘proq davom etadi. Issiqlik miqdori paxtaning turli navlarini, janubiy rayonlarda (Qashqadaryo havzasida) esa ingichka tolali navlarini xam yetishtirish uchun bemalol yetarlidir. Nam kam bo‘lganligidan ko‘pchilik qishlok xo‘jalik ekinlarining normal rivojlanishi uchun yerni sug‘orishga to‘g‘ri keladi. Faqat tog‘ yon bag‘irlarida bahorikor dehqonchilik uchun yaroqli anchagi yerlar bo‘lib, bu yerlar yomg‘irdan yetarli darajada nam oladi. Bunday yerlardan don ekinlari, asosan bug‘doy yetishtirish uchun foydalaniladi. Baxorikor yerlar Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ko‘proq. Sug‘oriladigan yerlarda esa paxta, g‘alla va sholi yetishtiriladi. O‘zbekistonda yirik daryolardan tortib kichik daryolargacha barchasi sug‘orish uchun foydalaniladi. Tog‘ oldi zonasida daryolar xammadan ko‘p. Amudaryo (Qoraqalpog‘iston voxasi va Xorazm viloyatini sug‘oradi), Zarafshon, Chirchiq va Ohangaron irmoqlari bilan Sirdaryo, Farg‘ona vodiysi daryolari (So‘x, Isfara, Oqbo‘ra, Qoradaryo va boshqalar) xamda Janubiy O‘zbekiston daryolari Qashqadaryo va Surxondaryo yirik irrigatsiya ahamiyatiga egadir. Mana shu barcha va boshqa daryolardan katta va kichik sug‘oruv ariq xamda kanallar chiqarilgan. O‘zbekiston sug‘oruv sistemalari yirik injenerlik to‘g‘onlar, suv omborlari, ko‘pdan-ko‘p betonlangan suv taqsimlovchi inshootlar va kanallarga ega. O‘zbekistonda yirik kanallardan Katta, Shimoliy va Janubiy Farg‘ona, shuningdek Mirzacho‘lda Sarkisov nomidagi, Janubiy Mirzacho‘l kanallari bor. Kelgusida ham sug‘orish tarmoqlarini kengaytirish va takomillashtirish
O‘zbekiston xo‘jaligining muxim masalalaridan biri bo‘lib qola beradi. Ko‘p daryolarga katta va kichik gidroelektr stansiyalari qurilgan. Gidroelektr stansiyalarining kaskadlar Toshkent voxasida (Chirchiq-Bo‘zsuv) va Farg‘ona vodiysida (Shaximardon va Namangan) qurilgan. Sirdaryoda uning Farg‘ona vodiysidan chiqaaverishda Farxod GESi or. O‘zbekistonning odam qo‘li bilan bunyod etilgan dehqonchilik qilinadigan vohalarida (Zarafshon, Farg‘ona, Chipchiq-Ohangoron, Mirzacho‘l va boshqa vohalarda) madaniy o‘simliklar ko‘pchiligin tashkil etadi, Bunday obod vohalar yo tekis cho‘ldagi (masalan Qizilqum), yoki tog‘ yonbag‘irlaridan iborat, odam siyrak yashaydigan keng xududlarga bevosita qo‘shni joylashgan. Bunday yerlar yaylov sifatida qimmatli bo‘lib, foydalaniladi. Cho‘llarda mollar, asosan qo‘y bilan tuyalar qush tepalardagi o‘t o‘simliklar, tog‘ yon bag‘irlarida esa tog‘dashlari va o‘tloq o‘tlar bilan boqiladi.
Tabiiy resurslari. Ma’dan (mineral) resurslari.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxirlanadi- bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan . Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foyidali qazilma nomlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - xom ashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shunda 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan, 900 dan ortiq nom qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. O‘zbekiston mis, oltin, qo‘rg‘oshin, rux, molibden, volforam, tabiiy gaz, qimmat baho toshlar va boshqa qazilma boyliklar jihatdan dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi.Yoqilg‘i - energetika resurslari. O‘zbekistonda tabiiy gaz va neftning bir qancha konlari bor. Ularning asosiylari uchta. Mintaqada joylashgan: Farg‘ona mintaqasida Shimoliy So‘x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Shursuv, Mingbuloq va boshqa konlardan iborat bo‘lib, bu xududda asosan neft va yo‘ldosh gaz uazib olinmoqda. Surxondaryo mintaqasida-Amudaryo, Koshtar, Kokaydi va boshqa konlardan iborat. Bu konlardan xam, asosan neft qazib olinadi. Qashqadaryo - Buxoro mintaqasida - o‘zining yirik gaz konlari bilan mashhur.
SHo‘rtan, Zevarda. Muborak, Uchqir, Jarqoq konlari respublikada qazib chiqarilayotgan asosiy gazni bermoqda. Keyingi yillarda aniqlangan Ko‘kdumoloq gazi nomi katta istiqbolga ega. O‘zbekiston tabiiy gaz zaxirasi jihatdan Rossiya Federatsiyasi va Turmanistondan keyin Hamdo‘stlikda uchinchi o‘rinda. O‘zbekiston ko‘mir konlari mahalliy ahamiyatga ega, ularning eng muximlari Toshkent viloyatidagi Angren, Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un va Boysun konlaridir. Ko‘mir qatlamlari orasida xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turli jinslar - gil, kaolin, qum, bintolit, slanets va boshqalar uchraydi. Masalan, Angren nomi daryo vodiysida , kaolin qatlamlari ustida yotadi ko‘mir qatlamlari ancha qalin (40-60m), ko‘mir qatlamlari ko‘proq yer yuzasiga yaqin joylashgani uni ochiq usulda qazib olish mumkin. Rudali resurslar. O‘zbekiston xududida aniqlangan temir rudasining zaxirasi uncha katta emas. Ulug‘ Vatan urushidan keyin magmatik temir rudasining bir qancha konlari topildi. Ularning ancha axamiyatlisi Qoraqalpog‘istondagi Tebin buloq (Sulton Uvayis tog‘) nomidir. Bundai temir rudasi tarkibida nikel, kobalt, xrom, plastina va boshqalar yuldosh bo‘lib uchraydi. Surenota (Nurota), Susengen (Chotqol), Mingbuloq va boshqa konlar xam magmatik temir ruda konlaridir. O‘zbekistonda marganetsning bir necha konlari ma’lum. Ular asosan Zarafshon tizmasidagi Ziyovuddin, Rovtosh, Qizilbuloq, Taxtaqarcha, Tersaksoy, Cho‘ponota nomlari bo‘lib, ularning rudasida 8-28%gacha marganets bor. Xrom rudasining kichik konlari Tomditog‘ va Sulton Uvayis tog‘ida topilgan. O‘zbekiston rangdor metal rudalariga ancha boy. Mis rudasining zahirasi jihatdan Respublikamiz Hamdo‘stlikda Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasidan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Misning bir qancha konlari topilgan, Shulardan uchtasi Olmaliq atrofidigi Qalmoqqir, Dalniy va Sarichekov konlaridir. O‘zbekistonda pollemetal (qurg‘oshin, rux) ning bir necha yirik konlari topilgan. Surxondaryo viloyatidagi Xondaza, Qurama tog‘idagi Qurg‘oshinkon va Koshmansoy konlari shular jumlamsidandir. Bu konlarda galenit, sfalerit, xalno pirit, shelit, molibden minerallari uchraydi. Bulardan tashqari polimetallning Uchquloch, Sarikon, Kunyaylov, Ko‘lchuloq va boshqa konlar ma’lum. Bular ichida Shimoliiy Nurota tizmasidagi Uchqulochnomi alohida axamiyatga ega. Bu konning asosiy minerallari galenit, sfalerit va piritdir Lashkarak (Kurama tizmasi) polemetall rudasi tarkibida vismut va kumush uchraydi. O‘zbekistonda qiyin eriydigan metallardan volfram rudasi ko‘p. Nurota. Zirabuloq, Qoratepa, Chaqilkalon tog‘larida volfram rudasi paleozoyning magmatik jinslari orasida uchraydi. Volframning yirik konlari quytosh, Yngichka, Qoratepa va Yaxton konlaridir. Hozirga Ingichka va Quytosh konlaridan volfram rudasi qazib olinmoqda. Molibdenning bir qancha, chunonchi g‘arbiy Xisorning Obizarang, Chotqolning Chavatisoy, Olmaliq konlari ma’lum. Hozircha molibden faqat Olmaliqda mis-pordir rudalaridan yo‘ldosh metall sifatida ajratib olinmoqda. O‘zbeksitonda qalayning bir qancha kichik konlari ma’lum, ulardan hozircha qalay qazib olinayotgani yo‘q. O‘zbekiston qimmatbaho asl matallardagi biri bo‘lgan olt inga boydir. Rspublikamiz oltinning sifati va zaxirasi dunyo axamiyatga ega. Uning muxim konlari Qizilqumdagi Muruntov va Ko‘kpatos, Chotqol-qurama tog‘ tizmasidagi Saricheku, Ko‘chbuloq va Chadak, Nurota tizmasidagi Marjonbuloq, Zarmitan va boshqalardir. Sarichekuv konida oltin, mis va polimetallarga yo‘ldosh bulib uchraydi. Hozircha Muruntov, Marjonbuloq, Ko‘chbuloq va Chodak konlarida oltin qazib olinmoqda. Alyuminiy xom ashyosi - alunit konlari Kurama tog‘idagi Go‘shsoy konining rudasi birmuncha sifatli. Respublikamizda tog‘ kimyosi xom ashyosidan osh tuzi, kaliy tuzi " fosforitning katta zapaslari aniqlangan. Osh tuzining asosiy konlari Xo‘jakon, Oqtosh, Boybichakon kabilari bo‘lib, ulardagi qisman foydalanilmoqda. Kaliy tuzining Dehqonoboddagi yirik koni hali ishga solingani yo‘q. Fosforitning katta zaxirasi Qizilqumda topildi, uni ishga solish rejalashtirilmoqda. Oltingugurt Farg‘ona vodiysidagi Sho‘rsuv konidan qazib olinadi. O‘zbekistondagi ishlab chiqarilayotgan oltingugurtning katta qismi Muborak gazini qayta ishlash natijasida ajratib olinmoqda. Oltingugurtdan foyidalanish imkoniyati kengdir. Flyuorit (plavin shpat)dagi kishlok xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash vositalari tayyorlashda va oyna sanoatida foydalaniladi. Flyuorit Chotqol- qurama tog‘ tizmasidagi Oqota, Navgarzon konlaridan olinmoqda. Xilma-xil qurilish va pardozlash xom ashyolari O‘zbekiston xududida keng tarqalgan. Abraziv (qayroq) toshlar qattiuq minerallardan tayyorlanadi. Korund shunday minerallar jumlasiga kiradi, uning asosiy konlari Morguzar, va Sulton Uvayis tog‘arida joylashgan. Oxaktosh, bo‘r, gil, va slanets, sement, ohak, gips, albastir kabi qimmatli maqsulotlar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo qisoblanadi. Bularning yaxshi sifatli konlari Bekobod, Quvasoy, Oxangaron, Jizzax, Qoravulbozor va joylarda uchraydi. Kvars (oqqum) oyna va kulolchilik sanoatining xom ashyosi xisoblanadi. Oqqum konlari O‘zbekistonning Toshkent viloyatida (Mayskiy va Ozodbosh kishloklari yonida), Buxoro viloyatida (Navoiy viloyatida) Farg‘ona vodiysida va boshqa joylarda uchraydi. O‘zbekiston marmarining shuhrati keng tarqalgan. G’ozg’on, Omonqo‘ton, Jom, Sharaqsoy, Orkutsoy, Aqcha, Oqtog va boshqa joylarda marmar konlari bor. Hushrang granit toshlar Qorajontov va Qurama tog‘ida keng tarqalgan.Chorkesar koni xam mashxur.
Shag‘al-qum muhim qurilish materiallari bo‘lib, respublikamiz xududida juda ko‘p uchraydi. O‘zbekiston bir necha joyidagi shifobaxsh ma’dan suvlar chiqadi. Vodorod sulfidli suv Chimyon, Polvontosh, Xo‘jaobod, SHo‘rsuv, Uchqizil, Ko‘kaydi, Jayronxona va boshqa joylarda topilgan. Yodli suv Choay soida, radonli suv Arshanbuloqda, kam ma’danlashgan ishqorli termik suvlar Toshkent va Oltiariqda, sulfat-xloridli va natriyli suv Sitorayi Mohi Xosa, qorako‘l, Gazli va boshqa joylarda topilgan. Eng muhim tabiat resurslardan biri O‘zbekistionning yer fondi bo‘lib, uning kattaligi 40 mln gektarni tashkil qiladi. Buning 1/10 qismidan ortiqrog‘i foydalanilmoqda. Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan hali anchagina maydonlar bor, ularni o‘zlashtirish suv resurslariga bog‘liqdir. Hozir 4 mln, gektar yerda obikor dehqonchilik qilinmoqda. Respublikaning mavjud suv resurslaridan to‘liq va oqilona foydalanilsa, 5 mln gektar yerni sug‘orish mumkin. O‘zbekiston hududida anchagina yer osti suvlari bor, ularning o‘rtacha aniqlangan hajmi 6-7 km2 ga teng, bu suvlar xo‘jalikda keng foydalanilmoqda. Respublika hududining 30% ini tashkil qilgan tog‘ va adirlar kattagina xo‘jalik axamiyatiga molikdir. Respublikaning boy agroiqlim resurslari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muxim omildir. O‘zbekiston janubiy kengliklarda joylashganligidan quyosh Termizda 760, Toshkentda 720 gacha ko‘tariladi va bulutsiz kunlarning ko‘p bo‘lishi quyosh radiatsiyasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Musbat haroratlar yig‘indisi respublika shimolida 3000 dan oshiq, janubda 5000 gacha yetadi. Sovuqsiz kunlar Quyi Amudaryoda 100-210 kun, Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida 200-220 kun, O‘zbekison janubida 220-270 kungacha yetadi. Respublikaning agroiqlim resurslari issiqsevar texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki, zig‘ir), don ekinlari (shol, makkajuxori) uzum, sershira mevalar (jumladan, subtropik mevalar) va poliz ekinlari kuplab yetishtirish imkonini beradi. Boy quyosh radiyatsiyasi respublikaning muxim quvvat resurslaridan biriga aylanmoqda.Geliotermik olishlar quyosh radiyatsiyasida xalq xujaligida samarali foydalanish usullarini ishlab chiqarmoqdalar. Hozirning o’zida undan elektir quvvati ishlab chiqarishda, gemosuv isitgich, gemomeva quritgich, gemoxona sovutgich, xrolila ustirish, suv chuchitgich, biogaz ishlab chiqarish va boshqa qurilmalar ishlab turibdi. O’zbekistonda quyosh quvvatidan foydalanish istemoli ancha keng. Respublikada dastlabki quyosh yili ishlab chiqarish birlashmasi xalq xo’jaligiga xizmat qila boshladi. Tuproq resurslari. Sug‘oriladigan yerlaring yarmidan kuprog‘i cho’l mintaqasidadir. Obikor maydoning 60% i avtomorf tuproqli yerlardan iborat. Sug‘oriladigan maydoning yarmiga yaqini shurlanishga moyil, 500 ming gektar yerning sho’rlanish darajasi ancha yuqori, bu yerlar muntazam shur yuvishni talab etadi. Shurligi ortiq tuproqlar Mirzacho’l, Qarshi va Jizzax cho’llarida, Quyi Amudaryo mintaqasida keng tarqalgan. Adir mintaqasida buz tuproqlar keng tarqalgan. Qizilqumda va boshqa chul yaylovlarda 26 mln. gektarga yaqin bulib, shuning yarmisi qum va qumloq tuproqlardir. Togg‘arda jigarrang,qung‘ir va o’tloq tuproqlar hosil bulgan, bunday tuproqlar maydoni 2,6 mln gektarga teng. Baland tog‘da och qung‘ir va utloq tuproqlar bulib, bularning maydoni 1 mln gektarga yaqin. O‘simlik resurslari. O’zbekistonning usimlik resurslari cho’l, adir va tog‘ mintaqalarida gidrotermik va tuproq sharoitiga bog‘liq holda taqsimlangan. Mavjud usimlik turlarining 90%i chorva mollari uchun ozuqadir. Qumli va cho’l yaylovlarida har gektar maydondan yiliga o’[rtacha 3-5 senter, Ustyurtdagi yaylovlarda har gektardan 2-4 sentner xashak yig‘ib olish mumkin. Cho’l yaylovlarda deyarli yil bo’yi qo’y boqiladi. Adir yaylovlarda har gektar maydondan o’rtacha 8-10 sentner xashak yig‘iladi. Bu mintaqaga qor birmuncha qalin tushadi, asosan chorva mollari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Tog‘ mintaqasining xashak zaxirasi umuman adir mintaqasidan ko’proq bo’lib, tuproq nam va qalin o’rmon bo’lishiga bog‘liq holda o’zgaradi. Baland tog‘ (yaylov) mintaqasida xashakni o’rtacha zaxirasi gektarga 15 sentnerga teng. Asosan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. O’zbekiston tog‘lari yovvoyi mevalarga (tog’ olchasi, tog olmasi, tog’ yong’og’i, pista, bodom, dulana va boshqalarga) boydir. Ulardan oziq-ovqat maxsuloti sifatida foydalaniladi. Tog‘da dormon dorilarga boy shifobaxsh usimliklar (zira, zirk, yetmash, namatak, ermon, omonqora, kiyik ut va boshqalar) usadi.Tog‘lardagi urmonlarning xususan, agrozorlari iktisodiy ekologik axamiyati katta, nam tuprouua singishiga, qor uzoq saqlanishiga yordam beradi. G‘arbiy Tyanshan, Turkiston, Xisor tizmalarining katta qismlarida archazorlar kup. Ularni asrash va ko’paytirish ayni muddaodir.
Hayvonot resurslari. O’lkamiz faunasi turlariga boyligi bilan xarakterlidir. Sutemizuvchilarning 97 turi uchraydi. Tuyoqli sutemizuvchilardan jayron, sayg‘oq, burama shoxli tog‘ takasi, Buxoro bug‘usi (xongul) va boshqalar "Qizil kitob" ga kiritilgan. Cho’lda yovvoyi mushuklar ovlanadi. Asrimizning 50-yillaridan etiboran Ondatra terisi tayyorlanmoqda, Nutriya terisi undan kamroq tayyorlanmoqda. Bu hayvonlar asosan daryo bo’ylarida, suvli havzalarda urchitilmoqda. Quyon terisi tayyorlash ham ko’payib bormoqda. Ilgari respublikamizda keng tarqalgan ayiq, qoplon, bars, qunduz va boshqalar endilikda O’zbekiston "Qizil kitob"ga kiritilgan. O’zbekistonda 60 xil ovlanadigan qushlar bor, bulardan muhimlari - qirg‘ovul, bedanao’rdak, g‘oz va boshqalardir. Qirg‘ovulni ovlash vauti belgilangan. Qushlardan tuvaloq, va boshqalarni ovlash man qilinadi, ular "Qizil kitob" ga kiritilgan. Yiliga 3000 dan ortiq zaharli ilon tutilib, ularning zahari farmatsevtika maqsadlari uchun ishlatiladi, buning 1/3 qismiga yaqini Ko’lvarilon, ko’k ilon (gyurza) va ko’zoynakli ilon (kobra) dir. Ilonlarni o’ldirish man etilgan, foydali ilonlar Toshkent va Jizzaxdagi maxsus ila (senpintariya) larda ko’paytirilmoqda .
O’zbekistonning makrogeografik o’rni noqulay. U dunyo okeanidan ancha uzoqda materik ichkarisida joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish uchun shimol tomonda Qozog’iston va Rossiya (Novorossiysk, Naxodka,) Latviya (Klaypeda) portlari, janubi – g’arb tomonda Fors ko’rfazidagi (Bandyr – Abbos) portga Turkmaniston va Eron hududlari orqali avtomobil va temir yo’llarda borish mumkin. Bundan tashqari Qirg’iziston va Xitoy hududlari orqali (Toshkent – Andijon – O’sh – Ergashtom – Qashqar – Tinch okeani) Tinch okeanga, Afg’oniston va Pokiston hududlari orqali Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. Ammo oxirgi yo’nalish to’g’risida Afg’onistondagi siyosiy vaziyat yanada yaxshilangandan so’nggina so’z yuritish mumkin.O’zbekistonning mezogeografik o’rni ham makrogeografik o’rniga o’xshab ketadi. Shu bilan birga mamlakatning mikrogeografik (yani O’rta Osiyo mintaqasidagi) o’rni qulay deb baholanadi. O’zbekiston O’rta Osiyo mamlakatlari o’rtasida joylashgan, shuning uchun uning hududi boshqa mamlakatlar uchun ko’prik vazifasini bajaradi. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni.
1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi, uning asosida qator mustaqil suverin davlatlarning shu jumladan O’zbekiston Respublikasining vujudga kelishiga sabab bo’ldi.O’zbekiston davlat mustaqilligining dastlabgi kunlaridan boshlab, o’zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama va ko’p tomonlama aloqalar o’rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi.Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O’zbekistonning Davlat mustaqilligiga erishishi natijassida mamlakatimizda quyidagi o’zgarrishlar sodir bo’ldi:

  1. Ilgari mazkaz tomonidan boshqarilgan vazifalarni endi O’zbekistonning o’zi mustaqil ravishda bajarishiga to’g’ri kelmoqda.

  2. Ijtimoiy – siyosiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlarni amalgam oshirishni taqazo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish ushbu masalalarning nazariy va amaliy muammolari yechimini taqazo etmoqda.

  3. O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va jaqnubi – g’arbda joylashgan Pokiston, Turkiya, Eron davlatlari o’rtasida “buffer - davlat” rolini bajarmoqda.

4. O’zbekiston O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni, boy, va xilma – xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko’pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSH va Rossiya etiborini o’ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasdan yagona yo’lni tanlab olishi zarur. Bu o’rinda O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov tomonidan tanlangan yo’l, ya’ni Rossiya pozitsiyasini qo’llab – quvvatlash – hozirgi vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo’ldir. Shu bilan birga O’zbekiston qo’shni davlatlar bilan o’rnatgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.

Download 151,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish