O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi o’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida


Markaziy Osiyo - geosiyosiy manfaatlar to'qnashuvchi mintaqa



Download 151,49 Kb.
bet2/6
Sana31.05.2023
Hajmi151,49 Kb.
#946787
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yevrosiya qitasida markaziy osiyo mintaqsining geosiyosiy o`rn

Markaziy Osiyo - geosiyosiy manfaatlar to'qnashuvchi mintaqa


Tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyo qudratli davlatlarning geosiyosiy manfaatlari doirasida qolmoqda. Mintaqada Amerika, Rossiya va Xitoy o’rtasida o’ziga xos kurash ketmoqda. Strategik joylashuv har bir respublika taraqqiyotiga ham, tanazzuliga ham sabab bo’lishi mumkin, deydi bu kuzatuvchilar.
Mintaqa kelajagi haqida gapirganda tojik ijodkorlaridan biri Zayniddin aytadiki, Rossiya ham, G’arbu-Xitoy ham Markaziy Osiyoga o’z manfaatlari nuqtai nazaridan qaraydi, ularning suyosatidan ehtiyot bo’lish zarur. Bir vaqtlar ruslar o’lkamizda o’rnashib, ruslashtirish siyosatini olib borgandi, hammani ruslashtirdi, deydi u.
"Ularning manfaati shuki, xalqni o’zidek qilsa, bo’ysundirsa. Bu narsalarga juda ehtiyotlik bilan yondoshish kerak, bo’lmasa qul bo’lib qolamiz. Shunday ham xalqimiz Rossiyada quldek ishlapti", - deydi Zayniddin.
Tojik yozuvchisi Muhiddin Xo’jazod bugungi dunyo syosatiga baho berarkan, yangi texnologiyalar tufayli qurol, bosqin shart emas deydi, xalqlarni asoratga solishning boshqacha yo’llari paydo bo’lganini ta’kidlaydi, Markaziy Osiyo davlatlari kuchsizligini urg’ulaydi.

"XXI asrda davlat kuchli bo’lmasa, xalqi ahil bo’lmasa, qo’lga qurol olib, pahlavon bo’lib o’zganing yurtiga bostirib borish shart emas. Yuz yilcha oldin o’lkamizning boy va ziyolilari, jadidlar yo’q qilindi, yangicha mafkura o’rnatishdi. Hozir ham shunday bo’lmoqda. Biz endi Amerika, Rossiya, Yevropa va Xitoy o’rtasida hashakdek bir narsa, har maqomga solishadi", - deydu Xo’jazod.

Bugunda ilmiy faoliyat yuritayotgan sobiq mahalliy bir tojik demokrat AQShning Tojikistondagi bugungi siyosatiga nazar solarkan, Amerika mintaqada ehtiyotkorlik bilan siyosat olib bormoqda, bu yerda ularning Rossiya va Xitoy manfaatlariga zid harakati sezilmaydi, deydi.

Uning fikricha, regionda inson huquqlari vayron etilsa ham G’arb mamlakatlari ovoz ko’tarmaydi, noziklik bilan ochilgan yo’llaridan mahrum bo’lishni istamaydi.

Moskvadan tahlilchi Leonid Gusev AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati uzoq yillarga mo’ljallangan, maqsad - Xitoyga yaqin mintaqadan foydalanish deydi.

"1990-yillarning oxiri, 2000-yillar boshidan Markaziy Osiyo AQSh diqqat markazida edi. Region mamlakatlarining asosiy qismi Xitoy bilan chegaradosh, Xitoy esa Amerika tashqi siyosatida juda muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh Markaziy Osiyo davlatlarida demokratiya targ’iboti va ustuvorligi yo’lida pragmatik qarashlarga ega. Ular bu yerdagi davlatlarning uzoq yillardan beri hukmronlik qilayotgan rahbarlari siyosatiga panja orasidan qarashadi. Iqtisodiy-energetik va geosiyosiy omillar muhim, hammani hammasi qoniqtiradi. Dunyoning bu burchagida ko’pgina mamlakatlar manfaati tutashadi, shuning uchun ham inson huquqlariga ko’z yumish holatlari bor", - deydi Gusev.

Tojik eksperti Abdujabbor Yo’ldoshev Xitoyning mintaqadagi siyosati haqida gapirarkan, uning harakatlarida G’arbdan ustunlikni ajratib ko’rsatadi.
"Xitoy regionda Anerikaga muqobil turish uchun atrofiga islomiy davlatlarni birlashtira oldi. Ular Tojikistonda ham, O’zbekistonda ham shunday ish tutishmoqdaki, elita ham, hukumatdorlar ham rozi, harakatlari zamirida esa o’z xavfsizliklari - Sharqiy Turkistonni qattiq nazorat qilish siyosati yotadi, hatto Tojikistonning bir parcha yerini ham o’zlariniki qilib olishdi. Sababi shundaki, bu yerdagi eng oliy rahbariyatning shaxsiy manfaatlari davlat manfaatlaridan yuqori turmoqda, ishqilib, oxiri baxayr bo’lsin, - deydi Yo'ldoshev.

Boshqa bir tojik muxolifatchisi chet elda turib, Rossiyaning Markaziy Osiyodagi siyosati, xususan, Tojikistonga ta’siri haqida so’z yuritarkan, kim nima desa desin-u, ammo Rossiya har qanday yo’l bilan bo’lsa-da, mintaqani o’z nazoratida tutib turishga intiladi, deydi.



"Rossiya Markaziy Osiyoda eskitdan juda katta ta’sirga ega, Rossiya hech narsa qila olmaydi demasinlar, Rossiyanng har qanday so’zi Tojikistonda ham, O'zbekistonda ham katta salmoqqa ega. Aytish mumkinki, kerak bo’lsa, bu ta’sir kuchi juda ham qattiq va jidduy bo’lishi mumkin", - deydi ism-sharifi oshkor etilmasligini so'ragan muxolifatchi. O‘zbekistonni asosiy xalqaro ta’limlarga integrallashtirishdan iborat bo‘ldi.O‘zbekiston suverenitetini hech qanday aralashuvlarsiz, Yevropa va Amerika ko‘magisiz amalga oshirishga qaror qildi. O‘zbekiston shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida RF va XXR ta’siri o‘rtasida doim muvozanatni saqlovchi davlat hisoblanadi. O‘zbekistonning foydali geosiyosiy holati, shuningdek strategik ahamiyatga ega tabiiy resurslar zaxirasi hisobga olinsa, bu davlatda bir nechta buyuk mamlakatlarning manfaatlari to‘qnashadi. Ayrim davlatlar go‘yoki mintaqadagi barqarorlik va rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Aslida esa, ular beqarorlikning omili sifatida xizmat qilmoqda. Mintaqada iqtisodiy ishtirok uchun o‘sib borayotgan raqobat, siyosiy va harbiy yetakchilik hamda biznes manfaatlarni kengaytirish hozirda ko‘rib chiqish zarur bo‘lgan omillar emas.
Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi ayrim qo‘shni davlatlar Rossiyaga geosiyosat kun tartibidagi muhim yo‘nalish sifatida qaramoqda.O‘zbekiston esa xususiy yo‘nalishga amal qilishni afzal ko‘rdi. Vaholanki, uning zamonaviy barqaror pozitsiyasi mintaqa hamda umuman dunyoda tezkor o‘zgarib borayotgan siyosiy iqlim hisobiga o‘zgarishi mumkin. Markaziy Osiyo to‘rtta yadroviy davlat, Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston bilan qurshab olingan. So‘nggi 25 yil davomida mintaqadagi yadroviy qurol sohasi bo‘yicha masalalar Hindiston va Pokistondan farqli o‘laroq diplomatiya yo‘li orqali samarali yechim topdi.Shu sababdan, mustaqillikning birinchi yillaridanoq O‘zbekiston tiyilish siyosatining faol tarafdorlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakat prezidenti tomonidan mintaqa va umuman jahondagi barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi sezilarli qadam bo‘lgan «Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan holi hudud to‘g‘risidagi bitim» (SAZSYaO) tashabbusi ilgari surildi.Mazkur bitim shuningdek, mintaqadagi davlatlar o‘rtasida qulay muhitni yaratishga ham xizmat qiladi. Bitim mintaqada terrorizmga qarshi kurashish va yadroviy qurolni terrorchilar qo‘liga tushib qolishdan saqlash kabi qator o‘ziga xos jihatlarga ega. Markaziy Osiyoda yadroviy qurol tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida O‘zbekistonning yetakchi roli alohida e’tiborga loyiq va G‘arb bilan o‘zaro munosabatlarda ustuvor yo‘nalishga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarishda ham ancha ilg‘or bo‘lib, o‘rtacha narxlarda rivojlangan davlatlarning ehtiyojini qondira oladi. Bugungi kunda Afg‘oniston poytaxti Qobulning elektr energiyasi ta’minoti butunlay O‘zbekistonga bog‘liq. Geografik va etnik omillar tufayli yuzaga kelgan mintaqaviy masalalar O‘zbekiston uchun asosiy xavf hisoblanadi. Sovet davridan beri meros bo‘lib qolgan umumiy muammolar, eski xo‘jalik tizimlari va ulkan ob’ektlarni barpo qilish bo‘yicha rejalar mintaqaviy «nizo sababi» bo‘lib qolmoqda.O‘zbekiston an’anaga muvofiq ravishda Afg‘oniston muammosining tarixiy yechimiga nazar tashlashga chaqiradi, chunki ikkala davlat ham azaldan yagona madaniy maydonda yashab kelgan.O‘zbekiston qo‘shni davlat sifatida Afg‘onistonning yangi hukumatiga ko‘mak berish va uning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini tanladi hamda munosabatlarni faqatgina ikki tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozirda O‘zbekiston milliy manfaatlarni hisobga olgan holda,Afg‘oniston bilan aloqalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlamoqda va ular tomonidan rivojlanish bo‘yicha tanlangan yo‘lni hurmat qiladi. Shu tariqa, O‘zbekiston qo‘shnisidagi ichki nizolarga aralashib qolish yoki har qanday harakatlarni qo‘llab-quvvatlash borasida betaraf bo‘lib qolmoqda.O‘zbekiston mazkur mamlakatda tinchlikni va tanazzulga yuz tutgan iqtisodiyotni tiklashga oid turli tashabbuslar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. 2011 yilda ishga tushirilgan «Xayraton-Mazari-Sharif» temir yo‘li liniyasi mintaqaning kelgusi hayotida muhim o‘ringa ega bo‘ldi, chunki ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyo davlatlarining dengiz portlariga chiqishida muhim bo‘g‘im hisoblanadi.So‘nggi 50 yil ichida Orol dengizining hajmi 8 barobarga, suv hajmi esa 13 barobarga qisqardi. Bunda vaziyatni yanada keskinlashtiradigan xatar mavjud, chunki Qirg‘iziston va Tojikiston Rog‘un GES (balandligi 335 m.) va Qambarota GES (275 m.) kabi gidroelektrstansiyalari qurilganligi ikkala to‘g‘onning ishlatilishi ayniqsa ekinlar o‘sishi davrida Amudaryo va Sirdaryoga suv oqimini sezilarli ravishda kamaytiradi va qurg‘oqchilikka sabab
bo‘ladi.O‘zbekiston o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ko‘p asrlik mustaqil va teng masofadagi tashqi siyosatni yuritishga qaror qildi. Natijada Toshkent mintaqadagi barqarorlik kafolatiga aylandi.YeI va AQSh mintaqada o‘zaro munosabatlarning qo‘shma maydonini yaratishga urinmoqda. Bu maydon Markaziy Osiyoning 19-asrda bo‘lgani kabi Katta o‘yin kurashi arenasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi. G‘arbning mintaqa ishlarida O‘zbekistonning strategik ahamiyatini hisobga olishiga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik borasidagi tahdidlarni bartaraf qilishning eng oqilona yo‘li davlatlar va ularning mintaqaviy integrallashuvini mustahkamlashdir. Buning asosida kafolati va markazi O‘zbekiston bo‘lgan mintaqa barqarorligini ta’minlovchi birlashmani yaratish yotadi. Chunki, istalgan hudud, jumladan Markaziy Osiyoda geosiyosiy vakuum hosil bo‘lgan taqdirda, boshqa davlatlarning aralashuvi ehtimoli o‘sib boradi va bu butun mintaqadagi barqarorlikka salbiy ta’sir qiladi.



Download 151,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish