Chirish jarayonini qо‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar.
Quyida chirish
jarayonini qо‘zg‘ovchi mikroorganizmlardan eng kо‘p tarqalgan turlaridan
misollar keltirilgan.
Pichan va kartoshka tayoqchalari
aerob, harakatchan, gramm musbat,
spora hosil qiluvchi bakteriyalar. Ularning sporalari yuqori haroratga bardoshliligi
bilan ajralib turadi. Bu bakteriyalar 35–55
S haroratda yaxshi rivojlanadi. Ular 5
S
dan past haroratda kо‘payishmaydi. Pichan va kartoshka tayoqchalari tabiatda juda
kо‘p tarqalgan bо‘lib, kо‘pgina oziq–ovqat mahsulotlarining buzuvchisi
hisoblanadi.
Pseudomonas
turidagi bakteriyalar
aerob, harakatchan tayoqcha bо‘lib,
spora hosil qilmaydi, gramm manfiydir. Bularning kо‘pgina turlari sovuqqa
bardoshlidir, minimal о‘sish harorati –2 dan –5
S ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |