O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/210
Sana23.12.2022
Hajmi2,76 Mb.
#895261
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210
Bog'liq
Uzmu-15-2022(3-bolim)

O„ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2022, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences
 


O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2022 
- 287 - 
Tadqiqot metodologiyasi.
Semantik tuzilishning 
ushbu modeli so‘zning ma‘nosini o‘rganishning yangi usuli – 
tizimda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni diaxron tarzda 
kuzatib borish imkonini beradi. Albatta, tilning barcha so‘z 
boyligini Shu tarzda o‘rganish mumkin emas, ammo 
cheklangan leksik sohalar, ya‘ni ma‘lum bir tushunchani 
qamrab olgan so‘zlar guruhini o‘rganish mumkin. 
Semantik maydon – bu bir-biriga bog‘liq ma‘nolarga 
ega bo‘lgan so‘zlar guruhining ma‘lum bir struktur 
qonuniyatlar asosida guruhlanishi. 
―SMning LSGdan asosiy farqi shuki, bir necha turkum 
leksemalari bir arxisema asosida qamrab olinadi. Masalan, 
―nutq faoliyati‖ SMga ―nutq‖ arxisemasi asosida ot leksemalar 
ham, fe‘l leksemalar ham birlashtiriladi‖. ― 
Sistem tilshunosda leksemaning shakl tomoni nomema 
ongimizda fonemalar tizmasi sifatida mavjud. Semema 
leksemaning ichki tomoni, uning mazmuni, ma‘nosi nimani 
ifodalab kelishidir. Demak, leksema = nomema + sememadir. 
Sememani hosil qiluvchi ma‘no bo‘laklari (sememaning 
tarkibiy qismlari) esa sema deb ataladi [ 4]. Ma‘lumki, 
leksemalar ham boshqa sathlardagi til birliklari kabi til 
tizimida ma‘lum tartibdagi guruhlarni tashkil qiladi va ana 
Shu ―leksik-semantik guruh‖ (LSG) komponentlari o‘zaro 
paradigmatik munosabatda bo‘ladi. Tildagi leksemalarning 
muayyan ma‘no umumiyligi asosida yuzaga kelgan yig‘indisi 
leksik maydon sifatida tavsiflanadi. 
So‘zlarni leksik-semantik guruhlarga birlashtirish ular 
ma‘nolarining ma‘lum bir umumiyligi yoki farqlanishi
qarama-qarshiligi 
asosida 
amalga 
oshiriladi. 
Ushbu 
umumlashtiruvchi va farqlovchi (differentsial) belgilar juda 
aniq semantik jihatlarga asoslanadiki, ularning kombinatsiyasi 
so‘zlarning leksik ma‘nolarini hosil qiladi‖[ 5]. 
Leksik-semantik guruh bir so‘z turkumi doirasidagi 
so‘zlarni birlashtiradi, unda umumiy grammatik semalardan 
tashqari yana kamida bitta arxisema – leksik-kategorial sema 
mavjud bo‘ladi. So‘zlar semantikasida bunday sema, go‘yo 
grammatik semalar bilan leksik semalar o‘rtasidagi oraliq 
pozitsiyani egallaydi. Masalan, qozon so‘zi ma‘nosida ot so‘z 
turkumiga oid, narsa-buyum, birlikda kabi grammatik semalar 
bilan birgalikda ovqat pishirish uchun ishlatiladi, temir yoki 
alyuminiydan yasaladi, ushlash uchun qulog‘i (dastagi) bor 
kabi leksik-kategorial semalari mavjud. Qozon so‘zining 
tarkibida ―oshxona buyumi‖ leksik-kategorial semasi asosida 
narsa-buyum grammatik semasi aniqlanadi. Leksik-kategorial 
semalar ancha umumiy xarakterga ega bo‘lib, ular grammatik 
semalarga yaqinlashadi, lekin ularni ifodalashning maxsus 
formal vositalari yo‘q. Ushbu xususiyat leksik-kategorial 
semalarni ―yashirin grammatika‖ deb nomlangan sohaga 
yo‘naltirishga asos beradi. Bunday qat‘iy leksik semalar 
alohida leksik-semantik guruhlar asosida yotadi. Masalan, 
tafakkur fe‘llari (o‘ylamoq, eslamoq, tasavvur qilmoq, taxmin 
qilmoq kabi. 
SH.Rahmatullayevga ko‘ra, leksemalarning leksik 
ma‘no asosida guruhlanishi giper-giponim tizimi asosida 
ierarxik tarzda shakllanadi. Eng yirik LSG deb leksemalarning 
turkumlarga ajratilishi ko‘rsatiladi: ot leksemalar LSGi, fe‘l 
leksemalar LSGi kabi. H.Ne‘matov va R.Rasulovlar ana Shu 
birlamchi LSG va uning tarkibidagi kichik LSGlarni farqlash 
uchun ularni ―leksemalarning mavzu to‘dalari‖ (LMT) va 
―leksemalarning mavzu guruhlari‖(LMG) tarzida qo‘llaydilar: 
―LMT bir umumiy mavzuga oid bir necha LMGni o‘zida 
birlashtiradi. Masalan, o‘zi bir necha LMGlaridan iborat ―uy 
hayvonlari‖ yoki ―qush‖ kabi LMTlari Shular jumlasidandir‖ 
[6]. 
―Maydon nazariyasi til sohiblariga ma‘lum bir sohada 
ishlatiluvchi leksik birliklarning asosiy jamg‘armasini butun 
ko‘lami bilan anglash, muloqot jarayonida ulardan eng 
zaruriysini (ehtiyoj tushib turganini) qo‘llash imkonini beradi, 
leksik birliklarning bir-birlari bilan mazmuniy jihatdan 
bog‘lanishini ta‘minlaydi‖[ 7]. Tadqiqotimiz yo‘nalishidan 
kelib chiqib, uy-ro‘zg‘or buyumlarini ifodalovchi leksemalarni 
semantik maydon asosida shakllangan tematik guruh (sistema) 
sifatida o‘rganishni ma‘qul deb hisoblaymiz. Bu esa guruhga 
mansub buyumlar va ular bilan bog‘liq tushunchalarning ona 
tilimizda so‘zlaShuvchilar jamoaviy lisoniy ongida (olamning 
lisoniy tasvirida) aks etish xususiyatlarini ochishga imkon 
beradi. ―Til sistemasi va strukturasida leksik sathning tutgan 
o‘rnini belgilash, unga xos bo‘lgan umumiy hamda xususiy 
qonuniyatlarni aniqlash, leksemalarning paradigmatik (ichki), 
sintagmatik (tashqi), pragmatik (nutqiy-uslubiy) xossalari 
asosida o‘zbek tilining leksik sathidagi semantik maydonlarni 
topish hamda tadqiq qilish bugungi kunda o‘zbek 
Tilshunosligi oldida ko‘ndalang bo‘lib turgan asosiy 
masalalardan biridir‖[8]. 
Sistem tilshunos tamoyillariga asosan bir so‘z turkumi 
doirasida bir mazmuniy guruh tarkibiga birlashgan so‘zlar 
o‘rtasidagi munosabat paradigmatik (o‘xshashlik) munosabat 
hisoblanadi. Masalan, qozon, tovoq, kosa, lagan kabi so‘zlarni 
bir umumiy yadro, ya‘ni oshxona buyumi semasi birlashtirib 
turadi, Shu yadro asosida ularni bir mavzu guruhi uzvlari 
sifatida qabul qilish imkoniyati yuzaga keladi. Ana shunday 
munosabat paradigmatik yoki uyadoshlik munosabati ham 
deyiladi.
Leksik ma‘no tarkibida ajratiladigan semalar 
ideografik (yunoncha idea - tushuncha, grafo - yozuv) sema 
deb nomlanadi. Leksik ma‘noga ta‘rif ideografik semalar 
asosida tuziladi[ 9]. Masalan, semik tahlil usuli bilan gilam 
leksemasining leksik ma‘nosi tarkibiga kiruvchi quyidagi 
ideografik semalar aniqlanadi: a) uy jihozi, b) to‘qilgan, v) 
xonaga to‘shaladigan, g) turli hajmli, d) naqshli (yoki rasmli). 
Ushbu ideografik semalar asosida leksik ma‘no ta‘rifi 
quyidagicha tuziladi: xonaga to‘shaladigan, guldor yoki 
naqshli qilib to‘qiladigan ro‘zg‘or jihozi. Sandiq – a) uy jihozi, 
b) taxtadan yasalgan, v) quti vazifasini bajaradi, g) ichiga turli 
buyumlar solish mumkin, d) turli hajmli, ye) bezakli. Har ikki 
buyumning uy jihozi semasi ularni bir LSGga birlashtirish 
imkonini beradi. 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish