Fanning metodi va o’rganish uslublari, boshqa fanlar bilan aloqasi.
“Oziq-ovqat xavfsizligi” fani ham boshqa fanlar singari inson va tabiat o’rtasida muammolarni o’rganuvchi tabiiy fanlar qatoriga kiradi.
Uslubiyot-jarayon va qarashlarni o’rganish metodlari haqidagi fandir. Uslublar-fanda qo’llaniladigan kategoriya va qonunlar tizimida qayta ishlanadigan tadqiqot usullari bo’lib, mazkur fanni o’rganishda quyidagi usullardan foydalaniladi (1-rasm):
Ilmiy bilish usullari
Dialektik usul
Iqtisodiyotga bir-biri bilan chambarchas bog’liq va o’zaro aloqada bo’lgan turli bo’g’inlardan iborat yaxlit bir tizim sifatida qarab, unda ro’y beradigan jarayonlar doimiy o’zgarishda (oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga) va rivojlanishda deb hisoblashdir.
Mantiqiy tahlil paytida hodisa va jarayonlarning ikkinchi darajali qarashlardan chetlashadi va mavjud hamda doimiy takrorlanadigan qarashlardan foydalanadi.
Ilmiy abstraktsiya
Tahlil – bu o’rganilayotgan qarashlarni tarkibiy qismlarga bo’lish va ularning har birini alohida o’rganishdir. Jamlash esa jarayon yoki qarashni yagona bir butun holatga keltirishdir.
Tahlil va sintez
Pozitiv usul voqyea-hodisalarni real hayotda qanday bo’lsa, shu holicha aks ettirish, normativ usul esa ularning haqiqatda qanday bo’lishi kerakligi to’g’risidagi kishilarning fikr-mulohazalari.
Pozitiv va normative usul
Induksiya va deduksiya
Induksiya alohida ma’lumot, faktlarni o’rganishdan umumiy qoidalar va xulosalarga kelishdir. Deduksiya umumiy xulosalardan faktlarga tomon borishdir.
1. Ilmiy abstraksiyalash usuli. “Abstraksiya” so’zi chetlashish ma’nosini bildiradi. Tadqiqotchi ikkinchi darajali qarashlardan chetlashadi va mavjud hamda doimiy takrorlanadigan qarashlardan foydalanadi.
2. Tahlil va jamlash usuli. Tahlil – bu o’rganilayotgan qarashlarni tarkibiy qismlarga bo’lish va ularning har birini alohida o’rganishdir. Jamlash esa jarayon yoki qarashni yagona bir butun holatga keltirishdir.
3. Induksiya va deduksiya. Induksiya alohida ma’lumot, faktlarni o’rganishdan umumiy qoidalar va xulosalarga kelishdir. Deduksiya umumiy xulosalardan faktlarga tomon borishdir.
4. Tarixiy va mantiqiy usullar. Tarixchi hyech qanday holat yoki qarashga ta’sir o’tkaza olmaydi. Mantiqiy tadqiqotlarda ikkinchi darajali, to’satdan paydo bo’lgan qarash va jarayonlarga ham ta’sir o’tkazishi mumkin.
5. Matematik va statistik usullar. Ular yordamida xo’jalik hayotidagi jarayonlar va qarashlarning miqdoriy tomoni aniqlanadi va ularni yangi sifatga o’tkazishga yordam beradi.
6. Pozitiv va normativ usul. Pozitiv usul voqyea-hodisalarni real hayotda qanday bo’lsa, shu holicha aks ettirish, normativ usul esa ularning haqiqatda qanday bo’lishi kerakligi to’g’risidagi kishilarning fikr-mulohazalari.
Mazkur fan bilish, amaliy va g’oyaviy-tarbiyaviy vazifalarni bajarib, oziq-ovqat xavfsizlik sohasi iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish muammolari yuzasidan nazariy xulosalar chiqarish va amaliyotda qo’llash, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yalpi talab va taklif o’rtasidagi muvozanatning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qilish, zamonaviy nazariyalar asosida oziq-ovqat xavfsizligida iqtisodiyotni tartibga solish darajasi va usullariga baho berishga o’rgatadi.
“Oziq-ovqat xavfsizligi” «Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiy geografiya”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi infratuzilmasi”, «Qishloq xo’jaligida buxgalteriya xisobi va soliqqa tortish”, “Qishloq xo’jaligida investision jarayonlarni boshqarish va biznes-rejalashtirish”, “Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish va boshqarish”, “Qishloq xo’jalik mahsulotlar sifati va marketingi”, “Qishloq xo’jaligida menejment”, “Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini tashkil etish”, “Oziq-ovqat sanoatida qayta ishlash”, “Ishlab chiqarish infratuzilmasi”, “Logistika”, “Maxsulotning xavfsizlik parametrlari”, “Inson salomatligi” kabi va boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog’langan. “Oziq-ovqat xavfsizligi” fanining nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi boshqa tarmoq fanlari kabi iqtisodiyot nazariyasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |