Oziq-ovqat xavfsizligi


Aholini aholi punktlari turlari bo’yicha taqsimlash13, (%)



Download 245,05 Kb.
bet8/9
Sana20.04.2022
Hajmi245,05 Kb.
#566147
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

Aholini aholi punktlari turlari bo’yicha taqsimlash13, (%)

Urbanizatsiyani qo’llab-quvvatlash va boshqarish — juda murakkab vazifa. Biroq urbanizatsiya ajoyib imkoniyatlar ham yaratadi. Masalan, davlat ijtimoiy ahamiyatga molik infratuzilmalar — kommunal xizmatlar, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqa harajatlar ma’nosida yutishi ham mumkin.
Biznesning yutug’i — bozorlarni yiriklashtirishda, zero 300 ming aholiga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan shahar 3000 kishilik aholisi bo’lgan qishloqqa nisbatan ancha jozibador. Odamlar ham yuqori sifatli turmush tarzida yashash imkoniyatini oladilar.
Ikkinchi tomondan, qanchalik ko’p qishloq aholisi shaharga ko’chib o’tsa, qishloq joylarda shunchalik kam ish kuchi qoladi. Urbanizatsiya qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni oshirishni talab etadi, boshqacha aytganda, qishloq xo’jaligida band bo’lgan har bir kishi ko’proq mahsulot ishlab chiqarishi lozim bo’ladi. Shu bilan birga oziq-ovqat assortimentiga ko’ra rang-barang bo’lishi, asosiysi, yetarlicha yuqori sifat bilan bir qatorda narxi ham hamyonbop bo’lishi kerak.
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotiga ko’ra, qishloq xo’jaligida 5 mln ga yaqin kishi band, biroq, mehnat migratsiyasi (ichki va tashqi) tufayli aniq raqamlar biroz kamroq bo’lishi ham mumkin. Ammo, agar rasmiy ma’lumotlardan chetlanadigan bo‘lsak, qishloq xo’jaligida band bo’lgan har bir kishi olti-yettita odamni oziq-ovqat bilan ta’minlaydi. Bu hisob-kitob, albatta, taxminiy.
Hozirgi o’sish sur’atlaridan kelib chiqqanda, O’zbekiston aholisi 2030 yilga kelib 40 million kishi atrofida bo’ladi. Aytaylik, aholining 60% yoki 24 mln kishi shaharlarda, 16 millioni qishloq joylarda yashaydi. Bunda qishloq xo’jaligida band bo’lganlar soni 1 mln kishiga yoki undan ham ko’proq kamayadi.
Demak, har bir qishloq xo’jaligi xodimi 10−11 kishini “boqishi” kerak bo‘ladi. Shunday qilib, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni kamida 1,5 baravar oshirish talab etiladi. Bu o’rinda so’z mahsulot qiymati emas, balki ayni ishlab chiqarishning moddiy hajmi to’g’risida boradi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportini oshirish bo’yicha rejalarni hisobga olganda ishlab chiqarish hajmi yanada yuqori bo’lishi lozim. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportini 2021 yilda 5 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilayotgani, bu esa 2018 yilga qaraganda besh marta ko’p ekanligi haqida prognoz qilingan edi. Agar eksportning o‘sishi bilan birga ishlab chiqarish ham oshmasa, unda ichki bozorda narxlar ko‘tariladi.
Katta shaharda yashash qimmat — ko’p yurtdoshlarimiz o’rtasida ayni shunday fikr tarqalgan va bu fikrda jon bor. Shaharga ko’chish turar joyni shunchaki o’zgartirishgina emas. Bu tumush tarzining o’zgarishi, odamning iqtisodiyotdagi va mehnat bozoridagi o’rni, shuningdek, iste’mol modelining o’zgarishi demakdir. Shaharliklar qishloq ahli kabi yerga ega emas.Ular magazin va bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarni bozor o’rnatgan narxlarda sotib olishga majburlar.
Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish imkoniyati to’g’risidagi masala favqulodda muhim. Urbanizatsiyadan foyda olish uchun oziq-ovqat qiymati odamlarning daromadlariga nisbatan qisqarishi maqsadga muvofiq. Aks holda biz shaharlarda kambag’allik muammosi kuchayishiga shohid bo‘lamiz.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, O‘zbekistonda oziq-ovqat harajatlari 2017 yili uy ho’jaligi barcha harajatlarining 44,3%ni tashkil etdi. 2018 yilda bu ko‘rsatkich ayrim asosiy tovarlar narxining erkinlashtirilishi munosabati bilan bozorlarning korrektirovkasi tufayli ancha yuqori bo’lgani ehtimoli ko’p.
Xalqaro statistika shunday — mamlakatning taraqqiyot darajasi qancha yuqori bo’lsa, odamlar oziq-ovqatga o’z harajatlarining shuncha kam qismini sarflaydilar. Masalan, G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bu ko’rsatkich uy xo’jaligi barcha xarajatlarining 9% dan 20% gacha bo’lgan qismini, AQShda 10% dan kamrog’ini tashkil etadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan MDHda ko’rsatkich 25% dan 50% gacha atrofida tebranadi. Buning sababi u yerda daromadlar ko’p bo’lganligi emas, balki oziq-ovqat mahsulotlari narxi nisbatan arzonligi uchun hamdir. Bu yerda ish haqi o’rtacha hisoblaganda O’zbekistondagiga qaraganda sakkiz-o’n marta yuqori, oziq-ovqat mahsulotlari atigi ikki-uch baravar qimmat.
Oziq-ovqatning nisbatan past narxiga xalqaro savdo afzalligi, qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari uchun dotatsiyalar, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlariga soliqlarning pasaytirilgan stavkalari hisobiga erishiladi.
Ko’p mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlariga va ko’pincha, umumiy ovqatlanish xizmatlariga QQS umumbelgilanganiga nisbatan sezilarli ravishda past. Bundan tashqari fermerlar sotib oladigan oraliq tovarlar va xizmatlardan ko’pincha pasaytirilgan stavkadagi QQS olinadi. Fermerlar esa juda ko’p turli-tuman tovarlar va xizmatlar oladi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi tomonidan iste’mol qilinadigan oraliq tovarlar tuzilmasini keltirish mumkin.
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining katta qismi 4,8 mlndan ortiq bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtiriladi. Fermer xo‘jaliklari keyingi bir necha yil ichida nafaqat paxta va bug‘doy, balki meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, chorvadorlik va parrandachilik bilan ham shug’ullana boshladi. Biroq dehqon xo’jaliklarining sezilarli ustunligi saqlanib qolmoqda.
Ishlab chiqarishning bunday tuzilmasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan QQS undirishga harakat qilish deyarli befoyda va xatto zararli ish — ko‘p fermerlar zimmasiga katta yuk tushadi, dehqon xo’jaliklari haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini QQS to’lovidan ozod qilish va og’irlikni qayta ishlovchilar va chakana savdoga (oxir-oqibat iste’molchiga) yuklash ham to’g’ri yo’l emas.
Agar hatto shaharlar aholisi soni bu qadar yuqori sur’atlar bilan o’smasa ham, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan harajatlarini qisqartirish vazifasi dolzarb bo’lib qolaveradi. O‘zbekiston ochiq istiqbolda ko’proq ishlab chiqaruvchi qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoati tomonga harakatlanishi zarur.
Yechimning bir qismi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yiriklashtirishni qo‘llab-quvvatlash (o‘z samarasini beradigan joyda), ishlab chiqarish mexanizatsiyasini oshirish, yangi agrotexnologiyalarni joriy etish, kichik fermer va dehqon xo‘jaliklari kooperatsiyalarining turli shakllarini rag‘batlantirishdan iborat. Bu vaqt va ancha moliyaviy xarajatlar talab etadi.
Bugunning o‘zidayoq amalga oshirish mumkin bo‘lgan boshqa qism — bu oziq-ovqat mahsulotlariga QQSni pasaytirish va qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash va chakana savdoda QQSni hisoblash bo‘yicha uzluksiz zanjirni hosil qilish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Dunyo amaliyoti QQS bo‘yicha bunday zajirlarni hosil qilishning turli variantlarini taklif etadi. Ma’muriyatchilikdagi murakkabliklar va suiste’mol qilishning yuqoriligi tufayli O‘zbekiston uchun ularning hammasi ham maqbul emas. Ikkita variant birmuncha to‘g‘ri keladi, ularni bir vaqtning o‘zida qo‘llash mumkin.
Birinchisi: sotib olingan mahalliy qishloq xo‘jaligi xom ashyosi qiymatini soliq olinuvchi bazadan chiqarib tashlashga ruxsat berish, ya’ni QQS faqat mahsulotni qayta ishlashda yaratilgan qo‘shimcha narxdan va peshtaxtalarga qadar savdo qilinishidan olinadi. Bunda qayta ishlovchilarda kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan ishlash rag‘bati saqlanib qoladi.
Ikkinchisi: qayta ishlovchi korxonalarga qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchisi zaruriy oraliq tovar va xizmatlarni qo‘lga kirita turib to‘lab bo‘lgan QQS miqdorini hisobga olish imkoniyatini berib, qishloq xo‘jalik mahsulotidan nol va pasaytirilgan stavkada soliq olish. Bunday variant kooperatsiya zanjirini yaratuvchi va uni yanada kengaytirishdan manfaatdor ancha yirik ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ri keladi. Oxir-oqibat fermerlarni o‘qitish va buxgalteriya hisobi tizimini tartibga solishni yirik korxonalar o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Ehtimol, bu o‘rta muddatli istiqbolda ma’lum yutqizishga olib kelishi mumkindir. Biroq uzoq muddatli istiqbolda shubhasiz foydali bo‘ladi. Davlat uchun ham, jamiyat uchun ham.
Moliya vazirligi kelajakda qishloq xo‘jaligini QQS to‘lashga o‘tkazish rejasi haqida ma’lum qildi. Yangilik umuman umidbahsh. Biroq, hozircha bu borada ishlar kerakli darajada amalga oshirilgani yo’q, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida sezilarli yo’qotishlar bo‘lishi mumkinligi xavfi saqlanib qolmoqda.

Download 245,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish