1) Tizim tushunchasi va uning turlari Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qo`llaniladigan tushunchalardan biri tizimdir. Tizim - yunoncha so’z bo’lib, tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma‘noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo’lishi mumkin (mavhum – inson ongi ma‘suli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob‘ektlar to’plamidan tashkil topadi. O’z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlardan asosiy o’rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo’lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat. Yangi axborot texnologiyasi ham moddiy tizim unsurlarini (matematik modellar, inson bilimlari va hokazo) o’z ichiga oladi. SHu orada axborot texnologiyasiga ta‘rif berib o’tish maqsadga muvofiqdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. O’rganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham ayrim xususiyatlarga ega bo’lgan tizimning ko’plab tushuncha va ta‘riflari mavjud.
2) Tizimni aniqlashdagi atamalar.•«ob‘ektlar»
•«aloqalar»
•«xususiyatlar».
-Ob‘ektlar- tizimning bir bo’lagi yoki komponentlari bo’lib, jismoniy, matematik o’zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo’linmalari kabi ko’plab cheklanmagan qismlarga ega hisoblanadi
-Xususiyatlar - bu ob‘ektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma‘lum bir o’lchamga ega ob‘ektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etishi imkonini beradi. Ob‘ektlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o’zgarishi mumkin.
-Aloqalar - ob‘ektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining kenja tizimlari va tizimlar o’rtasida aloqa bo’lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o’rtasida aloqaning mavjud bo’lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega bo’lmagan element, ko’rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo’linishligidir.
3) Tizimning tarkiblashganligi va bo’linishiTizimning tarkiblashganligi — bu tizimning aloxida elementlari va ularning tashqi muxit bilan o’zaro harakati o’rtasidagi ichki aloqalarning doimiy tarkibidir. Tizim tarkibi uning faoliyati samaradorligini ko’p jixatdan belgilovchi muxim tavsiflardan biri sanaladi.
• Tizimning bo’linishi - by uning maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi ma‘lum belgilar bo’yicha ajratilgan elementlar yoki bir qator kenja tizimlardan tuzilganligini anglatadi. Kenja tizimlar bunday ajratilishning asosini tashkil etib. bunda elementlar o’rtasidagi aloqalar ko’proq, kenja tizimlar o’rtasida esa kamroq bo’ladi.
• Tizim tushunchasi shu ma‘noda nisbiyki, tizim elementining o’zi ham murakkab tizim bo’lishi mumkin. Biror belgi bo’yicha ajratilgan tizim o’ziga nisbatan yuqori darajadagi tizim elementi bo’lishi mumkin.
4) Tizimlar tasnifiTizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-birga o’xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi. •Tasniflash - bu faqat borlik modeli va uni turli belgilar, ya‘ni, kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta‘minlanganligi va hakozo bo’yicha amalga oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi bo’yicha tasniflash qiziqtiradi.
5) Tizimlarning kelib chiqishi bo’yicha tasniflashi
• Suniyi tizimlar - bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir.
• Tabiiy tizimlar - bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan tizimlar.
• Aralash tizimlar ta‘biy va sun‘iy tizimlarni o’z ichiga oladi.
• Ergonamik tizimlar — bu, «mashina - inson - operator» majmui.
• Biotexnik tizimlar - tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan tizimlardir.
• Tashkiliy tizimlar — bu, zaruriy vositalar bilai jixozlangan kishilar jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanaladi.
6) Zamonaviy kompyuterlarning asosiy turlari.
Kompyuter (elektron hisoblash mashinasi) - hisoblash va axborot masalalarini yechish jarayonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarining to'plami. Kompyuterlarni qator belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin, xususan:
➢• ishlash tamoyili;
➢• element asosi;
➢• vazifasi;
➢• o‘lchami va hisoblash quvvati va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |