Qo‘shimcha materiallar. Natriy gidroksid (NaOH) yoki – kaustik soda, zavodga qattiq holda temir barabanlarda, (92-96 % li ) yoki suyuq holda sisternalarda (42-43% li ) keladi.
Natriy karbonat (Na2CO3) yoki kalsinatsiyalangan soda. Zavodga qattiq holda (91 – 96% li ) keladi.
Natriy xlor (NaCl) tovar nomi – osh tuzi, qattiq holda keladi (92-98 %li).
Bo‘yoqlar – atir sovunni bo‘yash uchun ishlatiladi. Bu maqsadda suvda, yog‘da eriydigan bo‘yoqlar va pigmentlardan foydalaniladi.
Suvda eriydigan anilinli bo‘yoq sifatida kizil rodamin C18H31 O3 N2 C1; sariq rangli metanil (C18H14O8N3Na) qizil-ko‘k, flyuoreatsein (limonli) jigar rang (C20H10O5Na2) lar ishlatiladi. Suvda eriydigan bo‘yoqlar qisman rangsizlanadi va sovun ko‘pigini bo‘yaydi. Shuning uchun keyinchalik yog‘da eriydigan bo‘yoqlar (kizil J va S markali, sarik J markali) va suvda eriydigan (sariq, ko‘k, yashil, jigarrang) bo‘yoqlar taklif qilindi. Bo‘yoqlar suvdagi eritma konsentratsiyasi 0,5% li holida 1t sovunga 10- 270 g gacha sovunni turiga qarab qo‘shiladi.
Oq atir sovun ishlab chiqarishda uning rangini yaxshilash, qattiqligini oshirish uchun unga, sink yoki titanli belila 1t ga 2-10 kg gacha qo‘shiladi.
Xushbo‘y hid beruvchi moddalar (aromatizatorlar) yaxshi hid bo‘lishi uchun qo‘shiladi. Ular har xil xushbo‘y atir-upa kompozitsiyalarni, tabiiy (efir moylari) va sintetik moddalarni aralashmasidan buket shaklida tayyorlanadi. Xushbo‘y moddalardan 1t sovunga 5-15 kg atirofida qo‘shiladi.
Oksidlanishga qarshi moddalar – bular sovunlarni oksidlanish va yomon bo‘lib qolishidan asraydigan moddalardir. To‘yinmagan yog‘ kislotalarini oksidlanish natijasida sovunning hidi va rangi o‘zgaradi. Oksidlanishga karshi ishlatiladigan moddalar: sifatida natriy silikat (Na2O n SiO2), limon kislotasi ishlatiladi.
Qayishqoq moddalar (plastifikatorlar) sovunni mo‘rtlikdan asraydi va uni plastikligi va elastikligini ta’minlaydi. Stabilizatorlar – xushbo‘y moddalarni barkarorligini va sovun ko‘pigini chidamliligini oshiradi.
Oksidlanishga qarshi va sovunni qayishqoq qiladigan (plastifikator) preparatlar mavjud: bular «Antal P-2» va «Plastibol-9» Tarkibi: «Antol P-2» niki – natriy karboksimetilsellyuloza, limon kislotasi, oksibenzoy kislotasini metil efiri, polietilenglikol.
«Plastibol-9» – dietanolamin, bor, benzoy, oksibenzoy va vino kislotasini natriyli tuzi.
Moylaydigan qo‘shimchalar terini yog‘sizlanishdan saqlaydi. Buning uchun lanolin - tozalangan jun yog‘i, spermatset-hayvon yelimi, glitserin va boshqalar ishlatiladi.
Dezinfeksiyalovchi qo‘shimchalar sovunlarni antiseptik xususiyatlarini kuchaytiradi. Bular: geksoxlorofen (gigienik sovuni), fenol (karbal sovuni), bor kislotasi (bolalar sovuni).
Profilaktik davolovchi moddalar teri kasalligiga karshi ishlatiladi. Ularga: xlorofil-karotin pastasi (Lesnoe» sovuni), xna (Gayane), oltingugurtli selen, (Sulsenli sovun) berestinli deget (Degtyarli sovun) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |