Oziq ovqat texnologiyasi


Sovunni yuvish qobiliyati



Download 3,65 Mb.
bet97/134
Sana14.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#549645
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   134
Bog'liq
Yoglarni qayta ishlash majmua

Sovunni yuvish qobiliyati. Moddalarning yuvish qobiliyatini bilish uchun avvalo xo‘llanish nimaligini aniqlashimiz kerak. Yaxshi xo‘llanishda suyuqlik qattiq jismning ustida tekis yoyiladi va uning yoriqlariga singadi. Yomon ho‘llanish simob donachalarini oyna ustidagi harakati shaklida ko‘rinadi. Simob oyna yuzasida xech kanday iz qoldirmaydi. Shuningdek oleofil (moyga moyil) yuzani suv yaxshi ho‘llamaydi. Bu sirt taranglik bilan tushuntiriladi. Ho‘llanishni yaxshilash uchun sirt taranglikni kamaytirish kerak. Ma’lumki suvga, ayniksa simobga qaraganda spirt va kerosin yuzani yaxshi ho‘llaydi. Savol tug‘iladi: Sirt tarangligi yuqori, demak, ho‘llash qobiliyati past bo‘lgan suvda yuvish qobiliyati kanday amalga oshirish mumkin? Sirt taranglikni kamaytirish mumkinmi? Mumkin: harorat 20 dan 80 0C ortganda sirt taranglik 73 dan 62 erg/sm3 gacha kamayadi. Bu xech qancha emas. Agar olein kislotasini natriyli sovunidan 0,1 % qo‘shilsa, suvni sirt tarangligini 26,5 erg/sm2 gacha pasayadi. Shuning uchun sovunli eritma oleofil yuzada yaxshi yoyiladi va matoga yaxshi singadi.
Suvni sirt tarangligini kamaytiradigan moddalar sirt faol moddalar deb aytiladi, yoki ikki jismning fazalararo tutashgan yuzasida to‘planish xususiyatiga ega bo‘lgan vositachilar sirt faol moddalar deyiladi. Sovunning suvdagi eritmasi ham SFM dir. Mato yuzasidan kir (qurum, moy) ni ketkazishni quyidagicha tushinish mumkin.
Sovunni suvda eritilgan eritmasida karboksil guruh (qalpoqcha) qoladi, uglevodorod guruhi (tayoqcha) esa eritma yuzasiga siqib chiqariladi.Agar sovunni eritmasiga yog‘ tomchisi yoki boshqa qutbsiz modda tushib kolsa, unda molekulaning tayoqchasi yog‘ga sanchilib kiradi. Shunday qilib, sovun suvda erimaydigan yog‘ moddalarini eritma bilan bog‘laydi, ya’ni yog‘ tomchisi atirofida, suv va yog‘ni o‘zaro tutashtirib, yuzalarida monomolekulyar qavat hosil qiladi. Eritmada sovun molekulalari ko‘p bo‘lganligi uchun, ular yog‘ tomchisi atrofida elastik parda hosil qiladi. Mato yuzasidan yuvib tashlanadigan qattiq moddalar (kukun) bilan ham shunday hodisa sodir bo‘ladi. Sovunning eritmasi yuqori xo‘llash qobiliyatiga ega, shuning uchun sovun eritmaga solingan mato yuzasiga yaxshi yoyiladi. Bunda sovunning molekulalari o‘zlarining tayoqcha qismi bilan materialga joylashishadi. Shuningdek sovun kir sirtiga yopishadi.
Sovun molekulasining qutbli qismi suvli eritmada quyidagicha dissotsiatsiyalanadi:
RCOONa RCOO- + Na+

Buning natijasida elektr maydoni hosil bo‘ladi. Xo‘llangan material va kir sirtining elektr zaryadi, bir xil va bir biridan itariladi. Shu tufayli kir, chirk materialdan ajraydi va eritmaga o‘tadi (47-rasm). Xuddi shu zaryad kirning mato yuzasiga qayta cho‘kishiga va bir biri bilan birlashishiga to‘sqinlik qiladi.



47 – rasm. Yuvish jarayonini sxemasi: a-birinchi bosqich (mato va kirni ho‘llanishi), b-ikkinchi bosqich (kirni matodan uzilishi), v-uchinchi bosqich (kirni yuvuvchi eritmada turishi)

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish