Takrorlash uchun savollar
1. Sovun o‘zi nima? Sovun ishlab chiqarishni ahamiyati
2. Sovunlarning fizik kimyoviy xususiyatlari
3. Sovun polimorfmizmi
4. Sovunli eritmaning fizik kimyoviy xossalari
5. Mitsella hosil qilishni kritik konsentratsiyasi
6. Sovunlarni eruvchanligi
7. Sovunni elektr o‘tkazuvchanlik xossasi
8. Sovunni gidrolizi
9. Sovunlarning erituvchanlik qobiliyati (solyubilizatsiya)
10. Sovunli eritmaning sirt aktivligi.
Tayanch so‘z va iboralar
Sovun; Eruvchanlik; Elektr o‘tkazuvchanlik; Zichlik; Erish harorati; Gidroskopiklik; Sovun gidrolizi; Yopishqoqlik; Sovun polimorfizmi; Sovun eritmasi tabiati; Anion; Kation; Mitsella hosil qilish; Solyubilizatsiya; Sirt aktivlik; Ko‘piklanish xususiyati; Maydalash-peptizatsiya.
10-MA’RUZA
SOVUN ISHLAB CHIQARISH UCHUN XOM ASHYO VA YORDAMCHI MATERIALLAR. SOVUN PISHIRISH JARAYONI ASOSLARI
Reja: Sovun ishlab chiqarish uchun xom ashyo. Yog’li xom ashyo va qo’shimcha materiallar. Hayvon yog’lari, salomas, o’simlik yog’lari, yog’ kislotalar, yog’ chiqindilari va texnik yog’lar. Yog’li xom ashyolarga qo’yilgan talablar. Yog’ o’rniga ishlatiladigan mahsulotlar: sintetik yog’ kislotalar.
Yog‘li xomashyo. Sovun sifati ishlatiladigan yog‘lar sifatiga bog‘liq bo‘ladi.Atir sovuniga ishlatiladigan xomashyolarga yuqori talablar quyiladi. To‘q rangli yokimsiz hidli xomashyolar xo‘jalik sovunga ishlatiladi. Xayvon yog‘lari: qo‘y, mol yog‘lari sovun uchun kimmatli xomashyo hisoblanadi, ayniksa atir sovun uchun. Texnik xayvon yog‘lari – xo‘jalik va atir sovunlarga ishlatiladi. Ularni tarkibida yog‘ bo‘lgan xomashyolarni qizdirish usuli bilan olinadi. Kokos va palma yadro moylari atir sovuni uchun ishlatiladi. Ularda 52 % gacha laurin va 19 % gacha miristin kislotasi bor. Bu yog‘lar sovunning qayishqoqligini oshiradi. Palma yog‘i yog‘ kislota tuzilishiga qaraganda hayvon yog‘lariga yakin va atir sovun olishi uchun ishlatiladi. Salomas – yuqori titrlisi (46-480C) xo‘jalik sovuni uchun, past titrlisi (39-420C) atir sovun uchun ishlatiladi. Soapstokdan olinadigan yog‘ kislotalari distillangan holida ishlatiladi. Sintetik yog‘ kislotalari sovun pishirishda tabiiy yog‘ kislotalari o‘rniga ishlatiladi. Fraksiyasi C10- C16 bo‘lganlar kokos yog‘i o‘rniga, C17-C20 qattiq yog‘ o‘rniga ishlatiladi.
Sintetik yog‘ kislotalarni kamchiligi:
C10-C16 fraksiyasi tarkibida 4-5 % past molekulali C5-C9 kislotalar bo‘lib, ularni sovuni ko‘piklamaydi va yuvish qobiliyatiga ega emas, bundan tashqari bu sovunlarning suvdagi eritmalari odam terisiga ta’sir qiladi, terini quritadi.
C17-C20 fraksiyali sintetik yog‘ kislotalar (SYoK) tarkibida 15-20 % yuqori molekulali yog‘ kislotalari (C25 gacha) bo‘lib, ularni sovuni suvda yaxshi erimaydi va past yuvish qobiliyatiga ega. Shu sababdan sintetik yog‘ kislotalari sovun pishirishda tabiiy yog‘ kislotalarini to‘la qonli o‘rnini bosa olmaydi. Sifatli sovun olish uchun sintetik yog‘ kislotalari tarkibida asosan C12-C16 va C17-C18 fraksiyali kislotalar va yuqorida sanab o‘tilgan aralashmalardan holi bo‘lishi lozim.
SYoK katalizator ishtiroqida parafinni kislorod bilan oksidlash natijasida olinadi. Katalizator sifatida 0,2% kaliy permaganat yoki marganetsning oksidlari ishlatiladi. Oksidlanish jarayonida parafin molekulasi kislorod bilan bog‘lanadi, bog‘lar har joyidan uziladi va ikkita yog‘ kislota molekulasi hosil bo‘ladi.
C H3 – (CH2)n – CH2 – CH2(CH2)m CH3 + 502
parafin
- CH3 (CH2)n COOH + CH3 (CH2)m COOH + H2O
yo.k. yo.k.
Yog‘ o‘rinbosarlari (kanifol, tal yog‘i, neft kislotalari) ayrim xo‘jalik sovunlari olishda ishlatiladi.
Soapstokni distillangan yog‘ kislotalari xo‘jalik va atir sovun olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |