24 – jadval
Sovun massasidagi yog‘
kislotalari miqdori, %
|
Sovun massasidagi elektrolit konsentratsiyasi
(NaCl va NaON yig‘indisi), %
|
52-54
|
1,3 dan ortiq emas
|
54-56
|
1,0 dan ortiq emas
|
56-58
|
0,8 dan ortiq emas
|
Tuzlash tugaganda NaOH miqdori 0,3% dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Qisman tuzlash to‘g‘ri olib borilsa, qozondagi sovun massasi bir tekis qaynaydi, uni yuzasida kengligi 20-25 sm bo‘lgan plastinalar ko‘rinadi. Po‘latdan yasalgan shpateldan yupqa qatlamda oqib tushadi, bunda shpatelni yuqorigi qismi quruq, pastki qismida esa sovun yupqa qatlamda tiniq ko‘rinishda bo‘ladi.
Sovun massasini qisman tuzlash jarayoni tugagandan keyin, uni to ikki fazaga ajralguncha bir necha soatga tindirib qo‘yiladi. Bu fazalar tarkibida 60-63% yog‘ kislotalari bo‘lgan yadro (tayyor sovun asosi) va 25-30% yog‘ kislotalari bo‘lgan sovun osti yelimidan iborat. Tindirish vaqti yog‘ tarkibi, konsentratsiyasi va qozon hajmiga bog‘liq. Masalan, hajmi 50m3 bo‘lgan qozonda tindirish vaqti 20-30 soatni tashkil etadi. Chiqayotgan asos (yadro) va sovun osti yelimining nisbati 65-70% va 35-30% bo‘ladi. Tozalanmagan yog‘li xomashyo ishlatilganda, tarkibida 0,2% dan ko‘p miqdorda erkin ishqor va 1% dan ko‘p bo‘lmagan natriy karbonat bo‘lgan tayyor sovun asosi sovun-yig‘gichga yuboriladi va sovitishga, so‘ng quritishga va mexanik ishlov berishga jo‘natiladi. Sovun osti yelimi esa pastki shtutser orqali alohida qozonga beriladi va tozalash maqsadida qayta ishlanadi.
Sovun pishirish uchun tozalanmagan yog‘li xomashyo va soapstokli yadro ishlatilganda sovun osti yelimi elektrolit eritmasi bilan to‘liq tuzlanadi. Buning uchun sovun osti yelimiga ochiq bug‘ bilan qaynatib va aralashtirib turgan holda yetarli miqdorda 20% li osh tuzi eritmasi beriladi. Agar kurakchaga olingan namunada tiniq suyuqlik (sovun osti ishqori) orasida yadro donachalari aniq ko‘rinsa, to‘liq tuzlash oxiriga yetdi deb hisoblanadi. Tuzlash jarayoni tugayotganda sovunli massa tindiriladi (sig‘imi 50m3 bo‘lgan qozonda 2-4 soat) bunda ikki xil faza (yadro va sovun osti ishqori) hosil bo‘ladi. Sovun osti ishqori so‘nggi marta ishlov berish uchun alohida sig‘imga olinadi, yadro esa asos sifatini oshirish, tarkibidagi elektrolit miqdorini kamaytirish va rangini yaxshilash maqsadida silliqlanadi. Silliqlashda dastlab yadroga suv qo‘shib, ochiq bug‘ orqali qaynatish yo‘li bilan uni sovun yelimiga aylantiriladi. Olingan, tarkibida 50-55% yog‘ kislotasi bo‘lgan sovun yelimi qisman tuzlanadi va sistema yana yadro va sovun osti yelimiga ajraladi.
Sovun osti yelimiga ishlov berish. Sovun osti yelimida 30% gacha sovun ko‘rinishidagi yog‘ kislotalar, 1% gacha erkin ishqor, har xil elektrolitlar (natriy karbonat, osh tuzi), hamda hamroh moddalar va aralashmalar mavjud. Bu moddalar unga yog‘li aralashmalardan va boshqa materiallardan o‘tgan.
Sovun osti yelimini sovun pishirish uchun ishlatishdan avval uni sifatini yaxshilash maqsadida qayta ishlanadi. Bu jarayon sovun osti yelimidagi erkin ishqorni neytrallash va olingan sovunli massani osh tuzi bilan tuzlashdan iborat. Erkin ishqor va natriy karbonatni neytrallash jadal qaynatish orqali yog‘ kislotalarini qo‘shish bilan amalga oshiriladi. Bunda olingan sovunli massadagi ishqor miqdori 0,05% dan oshib ketmasligi kerak. Olingan sovun yelimi qaynatilgan holda quruq tuz qo‘shish bilan tuzlanadi. Ikki soatlik tindirishdan so‘ng sovun osti ishqori ajratib olinib qayta ishlash davom ettiriladi. Tozalangan sovun yadrosi esa navbatdagi sovun pishirishga yuboriladi. Tozalash samaradorligini yanada oshirish uchun yadroni sovun yelimiga aylanguncha suv bilan eitiladi va tuzlash jarayoni qaytariladi.
Sovun osti ishqoriga ishlov berish. Xo‘jalik sovuni asosini bilvosita usul bilan tayyorlash jarayonida, hamda sovun osti yelimi va boshqa yog‘li chiqindilarni qayta ishlashda olingan sovun osti ishqori tarkibida 8-9% natriy xlorid, 0,1% erkin natriy gidroksid va 0,8% gacha sovun holidagi yog‘ kislotalari bo‘ladi. Sovun osti ishqorini qayta ishlashdan maqsad kaustik soda va yog‘ kislotalari yo‘qotilishini kamaytirishdir. Sovun osti ishqori qayta ishlashdan maqsad kaustik soda va yog‘ kislotalari yo‘qotilishini kamaytirishdir. Sovun osti ishqoriga ilashib chiqqan sovunni ajratish uchun u 500C gacha sovutiladi. Bunda 50% gacha sovunlangan yog‘ kislotalari ishqordan ajraladi.
Yog‘ kislotalari miqdorini yanada kamaytirish va soda mahsulotlarini ajratib olish uchun sovun osti ishqori yog‘lash usuli bilan qayta ishlanadi. Buning uchun sovun osti ishqori tarkibidagi o‘yuvchi va karbonatli ishqorlar yog‘ kislotalari bilan neytrallanadi. Bunda yog‘ kislota miqdori hisoblanganidan 15-20% ortiqcha olinadi. Bunday sharoitda qiyin eruvchan nordon sovun hosil bo‘lib, u sovun osti ishqoridan u yoki bu usul bilan ajratib olinishi mumkin. Sovun osti ishqorini neytrallash uchun texnik yog‘lar, soapstokning yog‘ kislotalari yoki sintetik yog‘ kislotalari C17-C20 fraksiyalaridan foydalaniladi. Jarayon 80-850C da uzluksiz aralashtirish, hamda 3-4 soat davomida tindirish bilan olib boriladi. Qozonning yuqori qismiga qalqib chiqqan nordon sovun yig‘iladi va asosiy sovun pishirishga yuboriladi, sovun osti ishqori esa realizatsiya qilinadi (qurilish tashkilotlariga sotiladi) yoki yog‘ tutgich orqali korxona tozalash sistemasiga uzatiladi.
Neytrallashda ishlatiladigan yog‘ kislota sarfi 1t sovun osti ishqoriga 100-130 kg ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |