Oziq ovqat texnologiyasi



Download 3,65 Mb.
bet92/134
Sana14.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#549645
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   134
Bog'liq
Yoglarni qayta ishlash majmua

Sovun olish usullari. Sovun yog‘ kislotalarini o‘yuvchi va karbonatli ishqorlar bilan neytrallash tufayli hosil bo‘ladi.
R COOH+NaOH RCOONa+H2O

2 RCOOH+ Na2CO3 2RCOONa+CO2+H2O


Shuningdek sovun neytral yog‘larni sovunlanishi natijasida ham hosil bo‘ladi.


CH2OCOR CH2OH
| |
C HOCOR + 3NaOH CHOH + 3RCOONa
| |
CH2OCOR CH2OH

Suyuq sovun olishda kaliy karbonat va kaliy gidroksiddan foydalaniladi.


Etonolaminli sovunni olish reaksiyasi quyidagicha bo‘ladi:

R COOH+N (CH2CH2OH)3 RCOONH (CH2CH2OH)3


Uch etonolamin Etonolaminli sovun

Sovun olishni har qanday usulida, nordon sovun hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida, sovunlanish jarayoni ortiqcha ishqor ishtirokida olib boriladi.


Nordon sovun hosil bo‘lishi quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi.

RCOONa + RCOOH = RCOONa · RCOOH


nordon sovun

Yog‘lar va ishqorlarni tuzilishiga ko‘ra, sovun qattiq, yumshoq yoki malham holida bo‘lishi mumkin. Qattiq yog‘ kislotalaridan qattiq sovun, yumshoq yog‘ kislotalaridan yumshoq va malham simon sovun chiqadi. Bundan tashqari natriyli sovunga nisbatan kaliyli sovun yumshoq bo‘ladi.


Sovunning fizik-kimyoviy xossalari
Eruvchanlik. Sovun spirtda, issiq suvda yaxshi eriydi va natriyli sovunlarga qaraganda kaliyli sovunlar yaxshi eriydi. Sovun molekulasidagi uglerod atomi sonini ko‘payishi, uning eruvchanligini kamayishiga olib keladi. Dietil efirida, benzinda, atsetonda sovun erimaydi. Tuyingan yog‘ kislotalari sovunlariga nisbatan to‘yinmagan yog‘ kislotalari sovunlari yaxshi eriydi va harorat oshganda eruvchanlik ortadi. Nordon sovunlar suvda qiyin eriydi, lekin qutbsiz erituvchilarda yaxshi erish qobiliyatiga ega.
Elektro‘tkazuvchanlik. Sovunlarning suvdagi eritmasi elektr toki o‘tkazish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat sovun molekulalarini dissotsiatsiyasi bilan tushuntiriladi.
R COONa RCOO- + Na+

Harorat ko‘tarilganda elektr o‘tkazish ortadi. Sovun eritmasiga elektrolit qo‘shilganda elektro‘tkazuvchanlik ortadi.


Zichlik. Sovunlarning zichligi tabiatiga, sovutish sharoitiga ko‘ra 960-1020 kg/m2 oraliqda bo‘ladi.
Erish harorati. Suvsiz sovunlarni erish harorati 225-2700C ga teng. 60% li sovunni erish harorati 1000S dan past.
Gigroskopiklik. Sovunlar nam tortish, bo‘kish, xususiyatlariga ega, bunda issiqlik ajralib chiqadi. Natriyli sovunlarga qaraganda, kaliyli sovunlarni gigroskopikligi yuqori bo‘ladi.
Sovun gidrolizi. Suvli eritmalarda sovun gidrolizlanadi:

RCOONa + H2O === RCOOH + NaOH


Gidroliz darajasi sovunning tabiatiga, eritmaning konsentratsiyasiga, haroratiga bog‘liq. Konsentratsiya pasayganda gidroliz kuchayadi. Harorat ortganda sovunning gidrolizlanishi ham ortadi. Eritmaga ishqor va spirt qo‘shilganda gidrolizlanish pasayadi.


Kislotalarni sovunga ta’siri. Kislota ta’sirida erkin yog‘ kislotalari ajralib chiqish bilan parchalanadi.

2 RCOONa + H2SO4 2RCOOH + Na2SO4


Hosil bo‘lgan erkin yog‘ kislotasi neytral sovun bilan reaksiyaga kirishib nordon sovun hosil qilishi mumkin. Sovunni to‘liq parchalanishi uchun uni uzoq vaqt qaytanish lozim.


Qovushqoqlik. To‘yinmagan yog‘ kislotalari sovunlariga qaraganda tuyingan yog‘ kislotalar sovunlari ko‘proq qovishqoqlikka ega. Harorat pasayganda sovun eritmalarini kiritirilishi sovun eritmalarini qovishqoqligini oshiradi. Buning natijasida yadro va sovun osti ishqori hosil bo‘ladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish