Takrorlash uchun savollar
1. Yog‘ kislotalar ishlab chiqarishni ahamiyati
2. Soapstokni qayta ishlash
3. Soapstokdan xom yog‘ kislotalar olish texnologiyasini ximizmi
4. Xom yog‘ kislotalariga qo‘yiladigan talablar
5. Yog‘ kislotalarining ishlatilishi.
6. Soapstokni qayta ishlash usullari
7. Paxta yog‘idan olingan soapstokdan xom yog‘ kislotasini olish texnologik sxemasi.
8. Soapstok tarkibida yog‘ miqdori.
9. Yog‘ kislotalar olishda ishlatiladigan xomashyolar
10. Xom yog‘ kislotalari olish texnologik parametrlari.
Tayanch so‘z va iboralar
Sovunlanish; Soapstok; Soapstokni qayta ishlash; Sulfat kislota; Sovunni parchalanishi; Kal’siy sodasi; Suv; Pigmentlar; Neytral yog‘; Xom yog‘ kislotasi
8-MA’RUZA
XOM YOG’ KISLOTALARINI DISTILLYASIYALASH VA DISTILLANGAN YOG’ KISLOTALARI OLISH TEXNOLOGIYASI
Reja: Yog’ kislotalarni disstilyasiyalashni maqsad va mohiyati. Distillyasiya jarayonining qoldig’i hisoblangan gudronning tarkibi va ularni ishlatilishi. Distillyasiya jarayonidagi chiqindi va yo’qotishlar. Distillangan yog’ kislotalarning standart bo’yicha sifat ko’rsatkichlari.
Yog’ kislotalarni distillyasiya qilish uskunalari. Isitgich-quritgich. Yog’ kislotalarini uzluksiz distillyasiyalash kubi: tuzilishi, ishlashi, texnik tavsifi. Distillyasiya kubini isitish manbasi: yuqori bosimli bug’, VOT, TEN.
Distillangan yog‘ kislotalar olish. Distillyasiyaning maqsadi – tarkibida aralashmasi kam miqdorda bo‘lgan yog‘ kislotalarini olish. Kimyo sanoati rivojlanishi bilan tozalangan yog‘ kislotalari keng ishlatilmokda, u quyidagi talablarga javob berishi kerak: rangi tiniq bo‘lishi, tabiiy yog‘ bo‘lmasligi, sovunlanmaydigan moddalar minimal miqdorda bo‘lishi kerak. Yog‘ kislotalari bu talablarga fakatgina distillyasiyadan so‘ng javob beradi.
Atmosfera bosimida yog‘ kislotalari yuqori qaynash haroratiga (2500C dan yuqori) ega bo‘ladi. Shuning uchun atmosfera bosimda olib borilayotgan distillyasiya jarayonida yog‘ kislotalari parchalanadi, tuyinmaganlari polimerizatsiyalanadi. Qaynash haroratini kamaytirish uchun distillyasiya vakuum ostida olib boriladi. Vakuumni qaynash haroratiga ta’sirini palmitin va stearin kislotasi misolida ko‘ramiz.
5 mm simob ust. 760 mm simob ust.
Palmitin 192 354
Stearin 209 370
Demak, stearin kislotasi atmosfera bosimida ya’ni 760mm simob ust.da 3700Cda qaynaydi. Agar bosimni 5mm simob ust. gacha pasaytirsak stearin kislotasi bor yo‘g‘i 2090C da qaynar ekan. Demak, apparatda qoldiq bosim qancha kam bo‘lsa, yog‘ kislotalarining qaynash harorati shuncha past bo‘ladi. Distillyasiya haroratini o‘tkir bug‘ berish bilan ham pasaytirish mumkin. Distillyasiya vaqtida XYOK distillyasiya kubda qaynaguncha isitiladi, hosil bo‘lgan bug‘ chiqarilib yuboriladi va kondensatsiyalanadi. Distillyasiya kubida yuqori haroratda qaynovchi bo‘yovchi moddalar, qiyin uchuvchan yog‘ kislotalari, oksikislotalar, metall sovunlar, polimerizatsiya mahsulotlari, mineral tuzlar va neytral yog‘lar qoladi. Kubdagi qoldiq gudron deb ataladi.
Hozirgi vaqtda yog‘ni qayta ishlash kombinatlarida davriy va uzluksiz ishlaydigan “Komsomolets” rusumidagi distillyasiya qurilmasi ishlatiladi.
Davriy ishlaydigan qurilmalarda yog‘ kislotalari distillyasiya kubiga berilib, u yerda 230-2400C gacha qizdiriladi va o‘tkir bug‘ yordamida uzluksiz xaydalib turiladi. Kubda asta-sekin distillyasiyalanmagan qoldiq gudron yig‘ilib boriladi. Gudronni tushirish uchun qurilma ishdan to‘xtatiladi. Yuqori haroratda yog‘ kislotalarining kubda uzoq vaqt turishi natijasida ma’lum miqdordagi yog‘ kislotalari polimerizatsiyalanadi, natijada distillyatning chiqish miqdori kamayadi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda esa gudron uzluksiz ravishda chiqarilib turiladi. Bu qurilma yuqori texnik samaradorlik ko‘rsatgichiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |