Oziq ovqat texnologiyasi



Download 3,65 Mb.
bet40/134
Sana14.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#549645
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   134
Bog'liq
Yoglarni qayta ishlash majmua

9 -jadval
Yog‘larni rafinatsiyalashdagi chiqindi va yo‘qotishlar me’yorlari

Rafinatsiya bosqichlari



Usul


Rafinatsiyalanmagan moyga nisbatan % da

chiqindi

yo’qotish

Och rangli moylar (kungaboqar, soya, yeryong‘oq, makkajo‘-xori)ni gidrotatsiyasi

Separator
qo‘llanilganda

1,7 F



Tindirgich qo‘llanilganda

2 F



Och rangli moylarni

Uzluksiz

1,25 x

0,1

Davriy

1,5 x

0,1

Oziqa maqsadi uchun
emulsiyali usulda paxta moyini neytrallash

Davriy

5,5 x

1,7

Uzluksiz

5,2 x

1,7

Missellada

4,3 x

1,7

texnik maqsad uchun

Rafinatsiyaning barcha sxemalarida

4 x

1,7

Oziqa salomasini neytrallash

Separatorli liniyada

1,5 x

0,1

Yuvish



0,2

0,2

Quritish





0,05

Oqlash


Davriy

0,4 A

0,1 A

Mexanizatsiyalashgan filtrlarda

0,2 A

0,1 A

Dezodoratsiya










kokos moyi



0,05

0,30

boshqa yog‘ va moylar



0,15

0,05



Takrorlash uchun savollar
1. Dezodoratsiya jarayonining maqsadi.
2. Dezodoratsiya «hidsizlantirish» jarayonining mohiyati
3. Dezodoratsiya qilish texnologiyasining parametrlari
4. Dezodoratsiya jarayonida vakuumni ahamiyati
5. O‘simlik moylaridagi hid va ta’m beruvchi moddalar.
6. Hidsizlantirish (dezodoratsiya)ning samaradorligi nimalarga bog‘liq bo‘ladi?
7. Dezodoratsiya jarayonining harorati va bosimi.
8. Moyni hidsizlanganligi qanday aniqlanadi?


Tayanch so‘z va iboralar
Dezodoratsiya; Uchuvchan moddalar; Aromatik moddalar; Vakuum;
Bug‘ bosimi; Deaeratsiya; Bug‘ejektor; Limon kislotasi.


8 – MA’RUZA
MUMSIMON MODDALARNI AJRATIB OLISH


Reja: Moylardagi mumsimon moddalarni ajratib olish. Past haroratli fraksiyalash, «Muzlatish»-bu yog’ va moylardagi mumsimon moddalarni ajratib olishni asosiy texnologik usuli, jarayonning fizik-kimyoviy mohiyati.

2-MODUL. YOG’ VA MOYLARNI MODIFIKATSIYALSH TEXNOLOGIYALARI


9 – MA’RUZA
YOG‘LARNI VA MOYLARNI GIDROGENLASH.
GIDROGENLASH JARAYONINING NAZARIYASI


Reja: Gidrogenlash jarayonining mohiyati va maqsadi. Yog’larni katalitik gidrogenlash mexanizmi va kinetikasi. Suyuq fazadagi geterogen kataliz prinsiplari. Gidrogenlash reaksiyasi va aktivlanish energiyasiga katalizatorning ta’siri. Yog’larni gidrogenlash jarayonida kimyoviy o’zgarishlar. To’yinmagan yog’ kislotalarni selektiv gidrogenlash. Katalizator tabiati va temperaturaning gidrogenlash tezligiga ta’siri.

Xalq xo‘jaligining yog‘ mahsulotlariga bo‘lgan extiyoji o‘simlik yog‘lari, mol yog‘lari, sariyog‘ va shunga o‘xshash yog‘lar hisobiga qondiriladi. Yog‘larning bir qismigina (mol yog‘i, sariyog‘) qattiq holatda bo‘lib, qolgan ko‘p qismi suyuq holda bo‘ladi. O‘simlik yog‘lari esa iqlimiy sharoitlarga qarab yer sharining turli nuqtalarida turlicha holatda tarkib topadi. Masalan, tropik mamlakatlarda palma, kokos yog‘lari qattiq holda bo‘ladi. Kungaboqar, paxta, soya, raps va boshqa o‘simlik yog‘lari suyuq holatda ishlab chiqariladi. Qattiq yog‘larga bo‘lgan extiyojni o‘simlik yog‘larini gidrogenlab salomas ishlab chiqarish evaziga qoplanadi. Qattiq yog‘lar sanoatda katta ahamiyatga ega, ular margarin, xo‘jalik va atir sovunlar, stearin ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi.


Biroq MDHda tabiiy qattiq yog‘lar miqdori chegaralangan, suyuq o‘simlik yog‘lari esa ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning uchun suyuq yog‘lar gidrogenlanib, qattiq holga keltiriladi. Gidrogenlash mahsuloti salomas deyiladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 2 ta gidrozavod ishlab turibdi. Gidrogenlash suyuq yog‘ tarkibidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalarini vodorod bilan to‘yintirishga asoslangan. Bunday jarayon natijasida to‘yinmagan suyuq yog‘ kislotalari pirovardida to‘yingan va nisbatan yuqori haroratda suyuqlanadigan kislotalariga o‘tadi.
Gidrogenlangan yog‘lar ishlab chiqarish texnologiyasi, shunindek uning ayrim bosqichdagi kimyoviy jarayonlar nihoyatda murakkabdir. Shu sababli yog‘larni gidrogenlashda yuz beradigan jarayonlarning nazariy asoslarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Har xil moddalarning molekulalararo kimyoviy reaksiyasining amalga oshishi uchun bunday molekulalar o‘zaro ta’sirda bo‘lishi, ya’ni reaksiyaga kirishuvchi qismi bir-biri bilan to‘qnashuvi zarur. Lekin ma’lum hajmda joylashgan va bir-biri bilan kerakli yo‘nalishda to‘qnashgan bunday molekulalarning juda oz qismigina o‘zaro ta’sirga kirishadi. Bu hol, oz miqdordagi molekulalargina energiyasining o‘zlaridagi bog‘larni o‘zgartirib yangi bog‘lar hosil qilish, ya’ni yangi birikma hosil qilish reaksiyasini amalga oshirish uchun yetarli ekanligini bildiradi. Berilgan reaksiyani amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan bunday aktiv molekulalarning minimal energiyasi uning aktivlash energiyasi deyiladi.
Molekulyar vodorod yuqori molekulali to‘yinmagan yog‘ kislotalariga va suyuq yog‘larning asosini tashkil qiluvchi ularning glitseridlariga oddiy sharoitda birikmaydi. Yog‘ harorati ko‘tarilganda ham, shunindek bosim anchagina oshirilganda ham bunday reaksiya bormaydi.
Bunday yog‘ kislotalariga vodorodning birikishi bu jarayonga spetsifik ta’sir ko‘rsatuvchi maxsus moddalar – katalizatorlar ishtirokida yuz beradi. Ularning ta’siri natijasida reaksiyaning tezlashuvi kataliz deyiladi.
Aftidan, vodorod va hatto biror-bir reaksiya natijasida “hosil bo‘lish momenti”dagi vodorod ham qo‘shbog‘larni to‘yintirish uchun energetik barer deb ataluvchi energetik qarshilikni yengish uchun yetarli aktivlikka ega bo‘lmasalar kerak. Bunday qarshilik katalizator ta’sirida ozmi-ko‘pmi darajada kamayadi.
O‘simlik yog‘larining kimyoviy va fizik xususiyati ularning yog‘ kislota tarkibiga bog‘liq. O‘simlik yog‘larida ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘ kislotalar bor. (olein, linol va h.k. kislotalar), ular bitta yoki bir nechta qo‘shbog‘ga ega. Gidrogenlash jarayonida to‘yinmagan kislotalarni to‘yinishi bilan birga qo‘shbog‘larni migratsiyasi va transizomerizatsiya sodir bo‘ladi, bu esa erish harorati va yog‘ qattiqligini oshiradi.
Masalan: olein kislotasi:
Qo‘sh bog‘larning joylashishi Ter. 0C
9-10 sis 16
trans (elaidin) 44
11-12 sis 13
trans 39
Gidrogenlashda kungaboqar, paxta, soya, raps yog‘lari va soapstokdan ajratib olingan yog‘ kislotalari ishlatiladi. Gidrogenlash vaqti xomashyoning kimyoviy tarkibiga va salomasning qo‘llanishiga bog‘liq. O‘simlik yog‘larini qisman gidrogenlash bilan, erish harorati Ter-31-340C, qattiqligi 160-320 g/sm, yod soni 62-82ga teng bo‘lgan salomas olinadi, bu salomaslar margarin, kulinar yog‘lari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bundan tashqari erish harorati Ter=35-370C, qattiqligi 550-750 g/sm bo‘lgan salomaslar olinib, ular konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish