Oziq ovqat texnologiyasi


Rafinatsiyada yog‘ni yo‘qotilishi va chiqindilarni me’yorlash



Download 3,65 Mb.
bet39/134
Sana14.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#549645
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134
Bog'liq
Yoglarni qayta ishlash majmua

Rafinatsiyada yog‘ni yo‘qotilishi va chiqindilarni me’yorlash. Yog‘-moy korxonalaridagi yo‘qotishlar va chiqindilar me’yorlari yuqori tashkilotlar tomonidan belgilab beriladi va tasdiqlanadi. Ular qurilmalar, texnologik sxema va ish rejimiga qarab hisobga olinadi.
Rafinatsiya sexlarida me’yorlanishi lozim bo‘lgan asosiy hom ashyolar moy va yog‘lar hisoblanadi. Yordamchi materiallarga esa ishqor, limon kislotasi, oqlovchi tuproq,sulfat kislota va boshqalar kiradi. Hom ashyo sarf normasi mahsulot birligi, rafinatsiyalangan yog‘ tonnasiga qarab kilogrammlarda belgilanadi.
Texnologik yo‘qotishlar va chiqindilar ishlab chiqarish jarayonidan kelib chiqadi va bevosita unga bog‘liq bo‘ladi. Tashkil qilishga oid chiqindi va yo‘qotishlar texnologik jarayonlarga bog‘liq emas. Ular qaytariladigan chiqindilardan to‘liq foydalanmaslik, hom ashyolarni saqlash va tashishdagi yo‘qotish, tabiiy yo‘qotishlar tufayli yuzaga keladi. Hom ashyo sarf me’yoriga yaroqsiz mahsulotlar, shuningdek texnologik rejimdan chetlashishlar, me’yordan ko‘p bo‘lgan tabiiy yo‘qotishlar, texnologik qurilma nosozligi tufayli hosil bo‘ladigan yo‘qotish va chiqindilar kiritilmaydi.
Rafinatsiya sexida hom ashyoni ishlab chiqarish jarayoniga ishlatish uchun qaytarilmaydigan qismi chiqindi hisoblanadi. Yo‘qotishlarga filtr matolarda qolgan yo‘qolishi, qurilmaga yopishib qolgan, yerga to‘kilgan, suv va oqlovchi tuproqda qolgan, hamda dezodoratsiya va quritishda hosil bo‘lgan pogonlardagi yog‘lar kiradi.
Rafinatsiyadagi chiqindilar miqdori yog‘ va moyni turi, sifati, qaysi maqsadda ishlatishga mo‘ljallanganligi, sifati, rafinatsiyalash usuli va jarayon rejimiga bog‘liq. Shuningdek chiqindi va yo‘qotishlar moyni gidrotatsiya qilinishi yoki qilinmasligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Rafinatsiyaning har bir bosqichida yog‘ chiqindilari miqdorini aniqlash. Gidratlash. Hisoblash gidratlangan va rafinatsiyalanmagan moy tarkibidagi fosfatidlar miqdoriga asoslanib olib boriladi.
Moydagi fosfatidlarning miqdori F bilan gidratlashdagi chiqindilar gidratlanadigan moy massasiga nisbatan foizlarda olingan chiqindi miqdori CHg orasidagi bog‘liqlik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
CHg = Kg ∙ F
bu yerda: Kg-moydagi fosfatidlar miqdoridan chiqindi miqdorini necha marta kattaligini ko‘rsatuvchi koeffitsient bo‘lib, qo‘llanilayotgan fosfatidlarni ajratish sxemasiga bog‘liq.
Kg koeffitsienti fosfatidlar miqdoriga qarab yoki hisoblash yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Fosfatid konsentrati olish bilan kungaboqar va soya moylarini gidratlashda belgilangan chiqindi miqdori gidratlanmagan moy massasiga nisbatan foiz hisobida quyidagicha bo‘ladi. Separatorlarni qo‘llash bilan gidratlash sxemasi uchun 1,7 F; tindirgichni qo‘llash bilan gidratlash sxemasi uchun 2 F ga teng. Bu yerda 1,7 va 2 sxemaga mos keluvchi Kg koeffitsientlari.
Neytrallash. Soapstokdagi yog‘ chiqindilarining rafinatsiyalanmagan moyga nisbatan foizdagi miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
CHyo = K ∙ X
bu yerda: K-neytralash koeffitsienti; X-neytrallashga kelayotgan yog‘ning kislotaligi, %;
Yuvish. Yuvindi suvdagi chiqindilar yig‘ilgan yog‘ deb nomlanuvchi yog‘ tutkichda ushlab qolingan yog‘dan iborat. Bunday yog‘lar tarkibida emulsiyalovchi moddalar va boshqa aralashmalar bo‘ladi. Ularni rafinatsiyalangan moyga qo‘shilsa, texnologik jarayonni buzilishiga va chiqindining ko‘payishiga olib keladi. Shuning uchun bunday yog‘lar yig‘iladi va alohida rafinatsiyalanadi; agar ular ko‘p bo‘lsa, ular uchun alohida chiqindi va yo‘qotishlar me’yori belgilanadi.
Oqlash. Chiqindilar ishlayotgan oqlovchi tuproqni moy sig‘imiga, miqdori va turiga, hamda moyni filtrlash sharoitiga bog‘liq. Chiqindilar (% da) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
CH0 = MA/100
bu yerda A-oqlovchi tuproq miqdori, oqlanadigan moy-massasiga nisbatan % da. M-tuproqni moy sig‘imi (ishlatiladigan tuproqlar o‘rtacha moy sig‘imi 40% ni tashkil etadi).
Cho‘kmani mexanik usulda ajratib olish bilan ishlatiladigan filtrlarda cho‘kmani yog‘sizlanishi kuzatilgani uchun chiqindi miqdori oqlashdagiga nisbatan ikki barobar kam bo‘ladi
CH0 = MA/(2·100)
Dezodoratsiya. Chiqindi va yo‘qotishlar yog‘ turiga qarab me’yorlanadi. Kokos moyida boshqa yog‘larga nisbatan quyi molekulali yog‘ kislotalari va ularning triglitseridlari ko‘p bo‘lgani uchun yo‘qotish miqdori ko‘proq bo‘ladi. Ayni vaqtda, boshqa moylarga nisbatan chiqindilar kam bo‘ladi. Bu narsa kokos moyidagi uchuvchan moddalarning barometrik kondensatorlarga boshqa yog‘larnikidan kam miqdorda kondensatsiyalanishi bilan tushuntiriladi. 9-jadvalda hozirgi vaqtda ishlatilayotgan yog‘larni rafinatsiyalash sxemalarida chiqindi va yo‘qotishlarning asosiy me’yorlari keltirilgan.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish