Takrorlash uchun savollar.
1. Moylarni gidrogenlash uchun ishlatiladigan katalizatorlar.
2. Katalizator harakatining moxiyati.
3. Gidrogenizatsiya bosqichlari.
4. markazlar to‘g‘risida tushuncha.
5. Sanoat katalizatorlari.
6. Geterogen kataliz nazariyasi.
7. Katalizatorlarga qo‘yiladigan talablar
8. Katalizatorlarni sinflanishi
9. Katalizator yuzasidagi adsorbsion jarayonlar
10. Katalizatorlarni tayyorlash.
Tayanch so‘z va iboralar
Katalizator; Kataliz; Geterogen kataliz; Aktiv markazlar; Turg‘un katalizatorlar; Aktivlik; Fizikaviy adsorbsiya; Xemosorbsiya.
11– MA’RUZA
VODOROD ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI
Reja: Vodorodning xossalari. Vodorod ishlab chiqarishning asosiy sanoat usullari. Suvni elektroliz qilish bilan vodorod ishlab chiqarish. Elektrolizyorlar, ularning tuzilishi, ko’rsatkichlari. Elektroliz usulida vodorod olish uskunasi. Vanna, fil’trpress tipidagi elektrolizyorlar. Elektrolizyorlar yacheykasi. Elektrolizyor FV-500. Gazolderlar xaqida tushuncha.
Vodorod eng ko‘p tarqalgan kimyoviy element hisoblanadi. Tabiatda faqat bog‘langan holatda uchraydi. Masalan: suvda 11% bog‘langan vodorod, tabiiy gaz va neft uglevodorodlarida esa 25%ni vodorod tashkil etadi.
Yuqorida qayd etilgan mahsulotlar vodorod ishlab chiqarishning asosiy xom ashyolari hisoblanadi.
Vodorod zaharli emas, rangsiz, eng yengil gaz hisoblanadi. Atmosfera bosimida 00C haroratda vodorod zichligi 0,09 kg/m3 vodorodning havo bilan portlash chegarasi (hajmiy foizda) pastki chegarasi – 4%, yuqori chegarasi – 75% ni tashkil etadi.
Vodorod qiyin eriydigan gazlar jumlasiga kiradi, ya’ni moy, yog‘ va yog‘ kislotalarida erish harorat va bosim ko‘tarilishi bilan oshadi.
Gidrogenlashga vodorodninig nazariy sarf miqdori Vt (m3/t yog‘da) quyidagi formula bilan ifodalanadi.
Vt = 0,8825 (Y.Sb – Y.S0)
Y.Sb va Y.S0 – gidrogenlanlanayotgan yog‘ning boshlang‘ich va oxirigi yod sonlari .
Korxonalarda salomas ishlab chiqarishda vodorodning sarf miqdori ancha ko‘proq bo‘ladi, chunki vodorodning ma’lum miqdori gidrogenizatsiya uskunalarini davriy ravishda tozalash jarayonida ancha miqdori atmosferaga chiqib ketadi, xamda kommunikatsiya, uskunalari zich mahkamlanmaganligi va salomas bilan ham yo‘qotiladi.
Amaliy vodorodning sarf miqdori Vf (m3/t yog‘)ga teng
Ozuqa salomasi ishlab chiqarishda
Vf = (0,95 ÷ 1,1) (Y.Sb – Y.So ),
Texnik salomas ishlab chiqarishda
Vf = (1,05 ÷ 1,2)(Y.Sb – Y.So)
Do'stlaringiz bilan baham: |