Oziq ovqat texnologiyasi


Sanoatdagi elektrolizerlar va ularning tuzilishi. (23-rasm)



Download 3,65 Mb.
bet51/134
Sana14.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#549645
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
Bog'liq
Yoglarni qayta ishlash majmua

Sanoatdagi elektrolizerlar va ularning tuzilishi. (23-rasm). Elektrolizyorlar tuzilishi (konstruksiyasi) bo‘yicha filtrtpresslarga o‘xshaydi. (FV – filtrpress vodorod). Faqat ular elektrolit yacheyka, diafragma va elektrodlardan tashkil topgan.
Elektrolizer bir necha elektrolit yacheykalardan va 2 ohirgi plitalar, 3 mahkamlovchi uskuna yordamida tortib yig‘iladi. Har bir yacheyka elektrodlari diafragma ramasiga paronit proqladkalar orqali maxkamlanadi. Diafragma ramaning tepa qismida katod va anod eritmalaridan gaz chiqaligan kanallari bor. Tomchi ajratgich 6 va 7 kondensator orqali kelayotgan vodorod, kislorod 4 gaz yig‘gichda yig‘iladi. Gazyig‘ich va kondensator ikki qismga ajratilgan (H2 va O2 uchun) bu esa gazlarning alohida yig‘ilishi uchun sharoit yaratadi.
Elektrolizerning markaziy qismida 10 o‘rta kamera joylashgan bo‘lib, u yerda elektrolit eritmasi aralashtiriladi va sovutiladi. Bu kamera elektrolizerni ikkita elektrolitik yacheykalarga bo‘ladi, har bir yacheyka alohida ishlashi mumkin. Elektrolizerning qatttiq maxkamlangan yon devorlari elektrod bo‘lib xizmat qiladi.
O‘rtadagi kamera ikki qismga bo‘lingan. Bir qismi elektrolizerning anod yacheykalari bo‘shlig‘ida anolit eritmani, ikkinchi qismi esa katod bo‘shlig‘ida katolit eritmani sovutishga ishlatiladi. Anolit tabiiy sirkulyasiya natijasida o‘rtadagi kameraga tushada, ilonsimon sovutgich yordamida sovutiladi. Shuning natijasida anolitda erigan O2 gazi ajralib 4 gazyig‘gichda yig‘iladi va 5 quvur orqali gazgolderga yuboriladi. Katolit ilonsimon sovutgich yordamida sovutiladi va ajralib chiqqan vodorod gazyig‘gichning vodorod bo‘limiga yig‘iladi. So‘ngra 5 quvur orqali vodorod gazgolderiga yuboriladi.



Gazgolder Н2

Gazgolder О2

23 – rasm. Elektrolizyor.

Gazdan tozalangan va sovutilgan anolit hamda katolit o‘rtadagi kamerada aralashtiriladi. Keyin filtr orqali o‘tib, mexanik aralashmalardan tozalanadi va korobkaga uzatiladi. Bu yerda suv bilan suyultiriladi va 9 ta’minlash kanali orqali elektrolitik yacheykalarga beriladi.


Elektrodlarni doimiy kuchlanish manbasiga ulash usuliga qarab elektrolizer FV bipolyar hisoblanadi.
Bipolyar elektrodni ulash sxemasi.

Yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgandek kuchlanish oxirgi elektrodlar 2 va 5ga beriladi, ular monopolyar bo‘ladi, hamda katod va anod bo‘lib xizmat qiladi. Oraliqda elektrodlar ketma-ket ulangan yacheykalar bipolyar hisoblanadi. Elektrodning anodga qaragan tomoni manfiy zaryadlanadi va katod hisoblanadi. Elektrodning katodga qaragan tomoni musbat zaryadlanadi va anod bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib har bir elektrod qo‘shni yacheykalarni bo‘laklarga bo‘ladi va biriga katod bo‘lib, ikkinchisiga anod sifatida xizmat qiladi. Yacheyka ichki qismidagi katod va anod bo‘shliqlari diafragma 3 ramaga maxkamlangan diafragma 4 to‘siq bilan bo‘lingan. Elektrolit eritma yaxshi aylanishi hamda gazlar tez ajralishi uchun katod, anod yuzasi diametri 6 mm teshiklar teshilgan.



Bipolyar elektrod konstruksiyasi.
O‘rtada joylashgan po‘lat taxta 2 (asosiy) qo‘shni elektrolitik yacheykalarni bo‘laklarga bo‘ladi. Olinadigan 1 va 3 lar elektrodlar 4 ankerlar yordamida maxkamlanadi. Po‘lat taxta2 pastki qismida 2 ta diametri 15 mm o‘yiq bo‘lib, elektrolit eritmasining bir yacheykadan ikkinchisiga oqib o‘tishini ta’minlaydi. Asosiy po‘lat taxta anod tomoni nikellanadi. Katod esa oddiy uglerodli po‘latdan yasaladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish