Xamirni presslash.
Presslashdan maqsad – qorilgan xamirni zichlashtirish, uni bir
xildagi bog’langan yopishqoq plastik xamir massasiga aylantirish, so’ng unga aniq bir shakl
(forma) berishdan iborat. Metall matristadagi teshiklar orqali bosib, xamirga shakl beriladi.
Teshikning shakli presslanayotgan xom mahsulotning shaklini aniqlaydi.
Masalan, dumaloq kesimli teshiklardan vermishel olish mumkin, tug’ri to’rtburchak
teshiklardan lapsha va hokazo.
Xom mahsulotlarni bo’lish.
Bu jarayon ikki bosqichdan iborat: matristadan
presslangan xom mahsulotlarni kerakli uzunlikda qirqish va ularni kerakli uzunlikda qirqish va
ularni quritishga tayyorlangan maxsulot turiga va qo’llanilayotgan quritish uskunasiga bog’lik
bo’lib, xom mahsulotni turli transportyorlarga, ramkalarga yoki kassetalarga joylashtirishdan
iborat, yoxud xom mahsulot uzun tolalarini qurituvchi xodachalar bastunlarga osishdan iborat
bo’ladi.
Presslangan mahsulotlarni kesishdan oldin yoki kesish jarayonida ularning sirti
quritilgan bo’lishi uchun havo bilan intensiv shishiriladi. Bu esa mahsulotlarning o’zaro,
pichoqqa va qurituvchi sirtga yopishib qolishini oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |