С Н3 ОН НJ СН3J Н2O СН3J KCN СН3 CN KJ С Н3 CN 2Н2O СН3COОН NН3 Ko’rsatilgan usulning davomida sirka kislotasi etil spirtiga aylantirilib, yuqoridagit sikl yana takrorlanadi va natijada propion kislotasi hosil qilinadi:
СН3ОН Na НJ С Н3COОН СН3 ОН СН3COОСН3 СН3CH2OH KCN СН3CH2J СН3CH2CN 2Н2O СН3CH2 COOH NН3 Shu tariqa uglevodorod zanjiri uzaytirib boriladi. Ko’rinib turibdiki, metil spirtidan boshlangan bu usul bilan to’yingan va to’g’ri zanjirli zarur uglerod soniga ega bo’lgan yоg’ kislotalar sintezlanadi.
Bundan tashqari yuqori molekulyar yоg’ kislotalardan ma’lum yоg’ kislotani zanjirni qisqartirish usuli bilan hosil qilish mumkin. Bu usullar Gofman va Kraft usullari deb ataladi. A.Gofman usulida yоg’ kislotalar amidlariga brom hamda o’yuvchi ishqor ta’sir ettirishga asoslangan.
Avval yоg’ kislota aminlaridan quyidagi reaktsiya bo’yicha amidlar olinadi:
R -CH2 – COONH4Н2O R-CH2 – CONH2 Amidlarga ishqoriy muhitda brom ta’sir ettiriladi:
R -CH2 – CONH2 Br2 OH -R-CH2 – CONHBr Br - Н2O Galogenamidlarga ishqor ta’sir ettirilib, turg’un bo’lmagan tuz hosil qilinadi:
R-CH2 – CONHBr KOH R-CH2 – CONBr K Н2O Bu tuzning parchalanishi hisobiga uglevodorod radikali uglerod atomidan ajralib azotga birikadi. Bu esa radikalning bir uglerodga qisqarishiga olib keladi.
R-CH2 – CONBr K R-CH2 – N C O Br K Izotsian kislota
Hosil bo’lgan izotsian kislotasi ishqor ta’sirida gidrolizlanib aminga aylanadi:
2 R-CH2 – N C O 2KOH 2R-CH2 – NH2 K2CO3 Н2O Amin
Hosil bo’lgan aminlar nitrit kislota ta’sir ettirilsa birlamchi spirtlar hosil bo’ladi:
R-CH2 – NH2 HNO2 R-CH2 –OH N2 Н2O
Nihoyat birlamchi yuqori molekulyar spirt ishqor bilan eritib oksidlansa, yоg’ kislotaga aylanadi:
R - CH2 –OH R - COOH Kraft usuli bilan ham ma’lum yuqori molekulyar organik kislotadan bittadan uglerodni kamaytirib borib kerakli yоg’ kislotani sintez qilish mumkin. Bu usul bilan sintez qilganda avval sirka kislotasining kaltsiyli tuzi va qisqartirilishi kerak bo’lgan yuqori molekulyar kislotaning kaltsiyli tuzlari aralashmasi haydaladi. Bunda kaltsiy karbonat va yоg’ kislotaning metil ketoni hosil bo’ladi:
Ca(OCOCH3)2 Ca(OCOCH2R) CaCO3 CH3 – CO – CH2 – R kislota metil ketoni
Olingan metil keton xrom kislotasi bilan oksidlantirilganda ikkita kislota hosil bo’ladi. Bulardan biri sirka kislotasi va ikkinchisi uglevodorod zanjiri dastlabki yuqorimolekulyar kislotadan bir uglerodga kam bo’lgan yangi yоg’ kislota:
CH3 – CO – CH2 – R CH3 – COOH R - COOH yоg’ kislota
Yuqorida ko’rib o’tilgan sintetik yоg’ kislotalarni sintez qilish usullari uglevodorod zanjirini qisqartirish yoki uzaytirish yo’li bilan borgan.