Bog'liq portal.guldu.uz-YOG`LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI fanidan o`quv uslubiy majmua (1)
Glitserinning kimyoviy xossalari. Glitserin gidroksil guruhlarining kimyoviy reaktsion aktivligi turlichadir. Birinchi va uchinchi gidroksillar ikkinchi gidroksilga nisbatan aktivroq. Glitserin ishqoriy metallar bilan alkogolyatlar hosil qiladi:
2СН2ОН – СНОН - СН2ОН 2Nа 2СН2ОNа – СНОН - СН2ОН Н2 Bu alkogolyatlar glitseratlar, deb ataladi. Ishqoriy metallarning mono- va diglitseratlari ma’lum. Glitseratlar kontsentrlangan ishqor eritmalari va glitserindan ham hosil bo’ladi.
Qo’rg’oshin oksidi bilan glitserin hosil qilgan qo’rg’oshin glitserat zamazka sifatida ishlatiladi:
СН2ОН – СНОН - СН2ОН РbО СН2ОН – СНО - СН2О
Pb
Glitserinning glitserat va glitserinatlar hosil qilish xususiyati uning turli oksidlar va tuzlarni eritish xossasi bilan belgilanadi.
Glitseringa vodorod xlorid ta’sir ettirilsa xlorgidrinlar hosil bo’lib, bromgidrinlar ham xuddi shu yo’l bilan olinadi:
С Н2ОН – СНОН - СН2ОН НСI СН2ОН – СНОН - СН2СI Н2О
Glitserinni qizil fosfor ishtirokida vodorod yodit kislotasi bilan qo’shib qizdirganda izopropilyodid hosil bo’ladi:
С Н2ОН – СНОН - СН2ОН 5НJ СН3 – СН J – СН3 2J2 3H2O Tseyzel va Fanto usulida glitserin miqdorini aniqlash yuqoridagi reaktsiyaga asoslangan bo’lib, uchuvchan izopropilyodid kumush nitrat eritmasida ushlab qolinadi va ва С3Н7J AgNO3 birikmasi hosil qilinadi.
Bu birikma suv qo’shib qizdirilganda parchalanib ajralib chiqqan AgJ miqdoridan glitserin miqdorini hisoblashda foydalaniladi.
Fosfat kislota bilan glitserin mono- va diefirlar hosil qiladi. Diefirlar turg’un bo’lmay suv bilan oson parchalanadilar. Bunda ikkita izomerga ega bo’lgan, monoglitserid – glitserinfostat kilota hosil bo’ladi.
СН2ОН СН2ОН
С НОН СНОРО(ОН)2
СН2ОРО(ОН)2 СН2ОН
- glitserin fosfat kislota - glitserin fosfat kislota
Glitseringa kontsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilsa, glitserin sulfat kislota, deb ataluvchi efir hosil bo’ladi. Bu birikma turg’un bo’lmaganligi uchun suv bilan qizdirilganda dastlabki moddalarga parchalanadi.
СН2ОН СН2О SO3 H СН2О SO3 H
СНОН Н2SO4 СНОН Н2O
СН2ОН СН2ОН
Glitseringa nitrolovchi aralashma ta’sir ettirilganda bosqichma-bosqich nitrat kislotaning mono-, di- va triglitseridlari hosil bo’ladi:
СН2ОН – СНОН - СН2ОН НNO3 =
СН2ОNO2 – СНОNO2 - СН2ОNO2 Н2О
Trinitroglitserid
(Bu moddaning nitroglitseringa aloqasi yo’q!)
Trinitroglitserid turg’un bo’lmagan, zarba ta’sirida portlovchi modda.Trinitroglitseridning kizelgur bilan aralashmasi dinamit deyiladi.
Organik kislotalar bilan glitserin qo’shib qizdirilsa, murakkab efirlar hosil bo’ladi.
Aldegidlar bilan glitserin atsetallar va ketonlar bilan ketallar hosil qiladi. Boshqa spirtlar bilan glitserin oddiy efir hosil qiladi
СН2ОСН3 СН2ОС2Н5
СНОН СНОН
СН2ОНСН2ОН Glitserin ishqoriy yer metallarning oksidlari qo’shib qizdirilsa, poliglitserinlar (diglitserin, triglitserin) hosil bo’ladi:
Havo kislorodi kimyoviy toza glitseringa ta’sir qilmaydi. Bariy oksidi katalizator sifatida ishtirok etsa, glitserin 650C haroratda quyidagi reaktsiya bo’yicha oksidlanib parchalanadi:
С 3Н5(ОН)3 5О СООН - СООН НСООН 2Н2 Odatda glitserinni oksidlovchi reaktiv sifatida sulfat kislotadagi kaliy bixromat (xrompik) ishlatiladi. Bunda reaktsiya quyidagicha boradi:
3С3Н5(ОН)3 7К2Cr2O7 28Н2SО4 7К2 SО4 7Cr2 (SО4)3 9СО2 40Н2О Bu reaktsiya glitserinning miqdorini aniqlashning standart usuli asosini tashkil etadi.
Suvni tortib oluvchi moddalar (masalan, NaNSO4) qo’shib qizdirilganda glitserin badbo’y hidli akroleinga aylanadi. Bu reaktsiya glitserin yoki glitseridlar uchun sifat reaktsiyadir. Havo bilan akroleinning aralashmasi portlovchi gaz hisoblanadi.
Ultrabinafsha nurlar ta’sirida glitserin parchalib, glitserin aldegidi hosil bo’ladi.