Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Salidjanova V.Sh. «Yоg’lar va moyli xomashyolar kimyosi» fanidan ma’ruzalar matni. TKTI, Toshkent, 2007. -112b.
2.Sherbakov V.G. "Bioximiya i tovarovedenie maslichnogo sirya" M., Agropromizdat. 1991.
Test savollari
1.Yog’ kislotalari asosiy tarkibiy qismi necha qismdan iborat?
3
4
5
2
2.Qaysi yog’ kislotasining gidrogenlanish tezligi yiqori?
A) linol kislotasining oleinga aylanish tezligi
B) linolenning linolga aylanish tezligi
C) oleinning stearinga aylanish tezligi
D)hamma javoblar to’g’ri
3.Yod soni deb …………….aytiladi.
A) 1 gr yog’dagi erkin yog’ kislotalarini neytrallash uchun ketgan ishqor miqdori
B) ma’lum sharoitda 100 g yоg’ga yodga ekvivalent miqdorda ifodalangan rodan miqdoriga
C) foizlarda ifodalangan galogenga ekvivalent bo’lgan, 100 g moyga birikishi mumkin bo’lgan yodning miqdoriga
D) to’g’ri javob yo’q
12-MA’RUZA. GLITSERIN
Reja:
1.Glitserinning fizik xossalari.
2.Glitserinning kimyoviy xossalari.
3.Glitserinning sintez usullari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Glitserin, glitserat, fizik xossalar, kimyoviy xossalar, sintez usullari, rektifikatsiya, distillyatsiya.
Ma’lumki glitserin bu uch atomli spirt СН2ОН – СНОН - СН2ОН. Yuqori kontsentratsiyali glitserin uzoq vaqt va yetarli darajada sovutilsa, rombsimon kristallar hosil qilib kristallanadi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra glitserin kristallari 17-200C haroratda eriydi.
Kimyoviy toza glitserin odatdagi sharoitda rangsiz, quyuq suyuqlik bo’lib, ta’mi shirin. U gigroskop bo’lganligi uchun havodan massasining 40% gacha miqdorda namlikni yuta oladi. Odam tanasiga surtilgan yuqori kontsentratsiyali glitserinning isitish xususiyati ham uning namlikni yutish xossasi bilan tushintiriladi. Mana shu xususiyati tufayli glitserin yopiq idishlarda saqlanadi va texnikada gazlarni quritish uchun foydalaniladi.
Glitserin suv bilan hamma nisbatda aralashib, bunda aralashmaning isishi va aralashma hajmining kamayishi kuzatiladi. Tarkibida aralashmalari bo’lmagan toza glitserin suvli eritmalarining zichligi orqali uning kontsentratsiyasini maxsus jadvallardan aniqlasa bo’ladi. 150C haroratda 100% li glitserinning zichligi 1265,57kg/m3. 150 - 300C oralig’ida haroratning har bir gradusga o’zgarishi glitserin zichlikning ±6,7 kg/m3 qiymatga o’zgartiradi, deb hisoblash mumkin.
Aralashmalarsiz toza bo’lgan, 100% li glitserinning nur sindirish ko’rsatkichi nD20=1,47399. Maxsus adabiyotdan glitserin suvli eritmalarining nur sindirish ko’rsatkichi orqali kontsentratsiyasini aniqlash mumkin.
Glitserin metil va etil spirtlari bilan aralashadi, atsetonda, spirt va xloroformning bir xil nisbatdagi aralashmasida, hamda spirt : dietil efir 2 : 1 aralashmasida eriydi. U benzolda, toza xloroformda, petroley efirida erimaydi. Bir litr quruq dietil efirda atiga 2,5g glitserin eriydi. Glitserinning o’zi ko’pgina noorganik moddalarni erita oladi (КОН, NаОН, NаCI, Nа2SO4 va boshqalar). Glitserin turli gazlarni erita oladi. Uning bu eritish qobiliyati bosim, glitserinning temperaturasi va kontsentratsiyasiga bog’liq. Atmosfera bosimida 80% kontsentratsiyali glitserinning gazlarni eritish xususiyati maksimum bo’ladi.
Glitserin yuqori haroratda yоg’ kislotalar va glitseridlarni ham eritadi. Bunday eritma sovutilganda glitseridlar to’liq ajralib, yоg’ kislotalar esa molekulyar massasiga bog’liq ravishda juda oz miqdorda eritmada qoladi.
Glitserinning suvli eritmalari noldan past haroratda muzlamaydilar. Toza glitserin asta sekin qizdirilsa 150-1600C haroratda bug’lanadi. Agar glitserin yondirilsa, alangalanib tutunsiz, issiz yonadi. Glitserinning ochiq idishdagi chaqnash harorati 1870C va yonish harorati 3930C. Glitserin bug’ tarangligi 280C dan past haroratda nolga teng. Shuning uchun xona haroratida glitserin bug’lanmaydi. Mutlaqo toza glitserin normal atmosfera bosimida 2900C haroratda parchalanmay qaynab haydaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |