XX asr boshlari
XIX asrning ikkinchi yarmi
XVIII asrning oxiri
XIX asrning oxiri
20. Quyidagi rang bildirgan so`zlardan badiiy uslubga
tegishlisini belgilang.
A) ko`k B) zangor C) moviy D) havo rang
21. «Buldozer ko`chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo`l ochar edi» gapdagi noo`rin qo`llangan so`zni toping.
A) bir chekkaga B) buldozer
C) yiqilay D) surib
22. Gaplarning qay birida uslubiy xatoga qo`yilgan?
A) Tilingni asra, boshing ketmasin.
B) Sening Toshkentda o`qishing kerak.
C) Bu dunyoning ishlari qiziq; goh quvonasan, goh xafa bo`lasan,
D) Til ― madaniyatimizning ko`zgusi
23. Nutq madaniyatiga to`liq ta`rif berilgan qatorni
aniqlang.
A) lug`aviy me’yorlarga rioya qilish.
B) to`g`ri yozish qoidalariga rioya qilish
C) to`g`ri talaffuz me’yoriga rioya qilish
D) mantiqiy izchillikka va adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to`g`ri, aniq va yoqimli so`zlash
24. Quyidagi so`zlarning qaysi biri faqat badiiy uslubga xos?
A) kabi B) yanglig` C) misoli D) singari
25. Tovush takroran uslubiy vazifa bajarayotgan so`z qatnashgan gapni belgilang.
A. U Naziraning gapidan qattiq ranjidi,
B. Salimov nima deyishini bilmay g`o`ddayib turaverdi.
C. O`qituvchi bitiruvchilarga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
D. O`rozmat sayohatdan oldin olgan taassurotlarini so`zlab berdi
3-variant
1. Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisini belgilang.
A) Qani endi, barchasi ham senga, o`xshasa.
B) Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi.
C) Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi.
D) Yonishning tashqi belgisi issiqlik va yorug`lik chiqishidir.
2. Qaysi qatordagi gap uslubiy jihatdan xato qo`llangan?
A) Do`stlikni ardoqlash kerak.
B) Bolalik uy ― bozor, bolasiz uy ― mozor.
C) Eshik ochiq bo`lsa ham, so`rab kir.
D) Barcha gaplar uslubiy jihatdan to`g`ri qo`llangan.
3. Takroriy so`zlarda ayni so`zning takror holda
qo`llanishi natijasida asosan qanday ma’no ifodalanadi?
A) leksik ma’no
B) grammatik ma’no
C) uslubiy ma’no
D) leksik va grammatik ma’nolar
4. Rasmiy uslubda ko`pincha qanday gaplardan foydalaniladi?
A) faqat darak gaplardan
B) asosan buyruq gaplardan
C) asosan buyruq va his-hayajon gaplardan
D) asosan buyruq va darak gaplardan
5. Ukamga oldim ― ukam uchun oldim kabi sinonimlar qandan sinonimlar deb ajratiladi?
A) uslubiy sinonimlar
B) lug`aviy sinonimlar
C) grammatik sinonimlar
D) ma`noviy sinonimlar
6. Til vositalarining nutqda ishlatilish imkoniyatlari tilshunoslikning qaysi bo`limida o`rganiladi?
A) leksikologiyada
B) grammatikada
C) uslubiyatda
D) dialektologiyada
7. Ilmiy uslubga xos asosiy belgilardan biri noto`g`ri bayon qilingan qatorni belgilang.
A) undalmali gaplar, his-hayajonli gaplar deyarli qo`llanmaydi
B) tilning tasviriy-ta`siriy vositalari ishlatilmaydi
C) shartli belgilar qo`llanmaydi
D) matn monologik nutq larzida bo`lib, dialoglar bo`lmaydi
8. Qanday so`zlar uslubiy betaraf so`zlar hisoblanadi?
A) shevaga xos so`zlar
B) faqat so`zlashuv uslubiga xos so`zlar
C) atama va kasb hunarga oid so`zlar
D) barcha uslublarda ishlatiladigan so`zlar
9. Qaysi qatorda yo`l so`zi uchun ko`makchisi ma`nosida qo`llangan?
A) Yo`lga chiqsang, yo`ldoshing bo`lsin.
B) Yusufjon qiziqning ijodiy yo`li juda murakkab, rang-barangdir.
C) Vatan yo`lida jonni fido qilishga tayyormisiz?
D) Bo`taboy uni aldab-suldab yo`lga solmoqchi bo`ldi.
10. Asosan badiiy uslubga xos bo`lgan izn (izn bermoq) so`zining sinonimini toping.
A) ixtiyor B) ijozat C) erk D) nishona
11. Muhokama-inshoga xos xususiyatlarni aniqlang.
hayotdagi ayrim voqealar, hodisalar, masalan, bayramlar, turli xil marosimlar, sayohatlar, safar taassurotlari bunday koʻrinishdagi insholar uchun material boʻlib xizmat qila oladi;
bunday turdagi insholar uchun sinfda oʻtkaziladigan bahs, munozara material vazifasini oʻtaydi;
bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar, ularning boshqalardan farqlari koʻrsatiladi, taqqoslanadi.
inshoni yozayotgan shaxs voqealarni shaxsan boshidan kechirgan yoki eshitgan boʻlishi lozim. Bundan tashqari, oʻquvchi voqealarni eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin;
ta’sirchanlikni hosil qilish uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, oʻxshatishlar, sifatlashlar ishlatiladi;
bunday insholar oʻquvchilarning fikrini oʻstiradi, ulardagi kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi;
inshoda oʻquvchidan oʻz fikrini asoslash va dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor berishi, mustaqil fikrlashi va muhokamada faol ishtirok etishi talab qilinadi;
shaxslar va manzaralar koʻz oldiga keltirilib, ularning timsollari gavdalantiriladi;
inshoda oddiy tasvir elementlaridan ham unumli foydalaniladi.
A) 1, 4 B) 2, 7 C) 3, 5, 6, 8, 9 D) 4, 7, 8, 9
12. Bir o`lka bor dunyoda, biroq bitilmagan dostondir bori. Ushbu gapdagi bir so`zi qaysi so`z turkumi o`rnida qo`llangan?
A) son B) sifat C) ot D) olmosh
13. Ushbu gaplardan qay birida so`z qo`llashda uslubiy xatolik mavjud?
A) Chiroyli ashulalar eshitib dam oldik.
B) Zumradning oqilaligi, zukkoligi va suluvligiga katta-kichik maflun bo`ldi.
C) Bu o`rinda sukut saqlash insofdan emas.
D) Anvar uydan chiqib, to`g`ri saroy tomonga ketdi.
14. Fikr hissiy-ta`siriy boʻyoq bilan ifodalangan qatorni aniqlang.
A) Bu o`ylardan Sayyoraning boshi g`ovlab ketdi.
B) Ultarmalik Asrorqul Haydar otaning qadrdon oshnasi bo`ladi.
C) Men sizga aysam, odamning yomoni bo`lmaydi.
D) Toshkent atrofida ham xushmanzara joylar ko`p.
15. Uslubiy jihatdan betaraf so`zlar qatorini belgilang.
A) ajoyib, ajib, dushvor, udum
B) iltijo, chehra, zurriyod, hozirlamoq
C) aytmoq, odat, odam, yorug`
D) mushkul, bashara, sohib, xasta
16. Faqat insonlarga nisbatan qo`llanadigan so`zlar
qatorini belgilang.
A) dumaloq, urchimoq, g`ajimoq, chaqirmoq
B) bekinmoq, tanovul qilmoq, ivib ketmoq
C) ag`anamoq, namlanmoq, bag`ishlamoq, joylamoq
D) balandlamoq, tashlamoq, pusmoq, sakillamoq
17. Quyidagi gaplarning qaysi birida ko`plik
qo`shimchasi ortiqcha?
A) Bizning mahsulotlarimiz Rosssiyada ishlab chiqarilgan tovarlaridan tarkib jihatidan farq qiladilar.
B) Tantanaga o`zlari ham tashrif buyuribdilar-da.
C) Dam olish kunlari dadamlar bizni sirkka yoki hayvonot bog`iga olib boradilar.
D) Olimlarimiz paxtaning tezpishar va kasallikka chidamli navlarini yaratish ustida ish olib bormoqdalar.
18. Quyidagi gaplarning qaysi birida mantiqiy
nomuvofiqlik bor?
A) Bemorga uch mahal dori berib turdim.
B) Dasht o`rtasida bir tog` cho`qqisi ko`rindi.
C) Bir burda non bir-birisiz tomog`idan o`tmasdi.
D) Bir og`iz gapim bor, shuni aytmoqchi edim.
19. Ko`plik qo`shimchasini olmaydigan so`zlar qatnashgan qatorni belgilang.
A) siz, kitob, qalam
B) safar, oqshom, u, olim
C) quvonch, men, sen
D) kun, baliq, ishchi, kiyim
20. Quyidagi so`zlarning qaysi biri takrorlanganda g`iybat ma`nosi yuzaga keladi?
A) bor B) yo`q C) dedi D) ochiq
21. Quyidagi matn qaysi uslubga xos?
Bo`yginangdan onang o`rgilsin! Baxtingga tasadduq bo`lay bolaginam! Aspiranturang bittimi?
A) ommabop (publitsistik) uslubga
B) so`zlashuv uslubiga
C) ilmiy uslubga
D) rasmiy uslubga
22. Qaratqich o`rnida tushum kelishigi qo`shimchasi noto`g`ri qo`llangan g`apni aniqlang.
A) Ulug` saltanat bilan olamni titratgan Amir Temur о z ustozini oyoq tomoniga ko`milishini vasiyat qilgan edi.
B) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtasang adashur.
C) Ongni eskirgan, g`arazli maqsadlardan tozalash zarur.
D) Otdan tushib, jilovini Ortiqqa berdi-yu, o`zi direktorni molxonalar tomonga boshlab ketdi.
23. Tasviriy inshoga xos xususiyatlarni aniqlang.
hayotdagi ayrim voqealar, hodisalar, masalan, bayramlar, turli xil marosimlar, sayohatlar, safar taassurotlari bunday koʻrinishdagi insholar uchun material boʻlib xizmat qila oladi;
bunday turdagi insholar uchun sinfda oʻtkaziladigan bahs, munozara material vazifasini oʻtaydi;
bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar, ularning boshqalardan farqlari koʻrsatiladi, taqqoslanadi.
inshoni yozayotgan shaxs voqealarni shaxsan boshidan kechirgan yoki eshitgan boʻlishi lozim. Bundan tashqari, oʻquvchi voqealarni eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin;
ta’sirchanlikni hosil qilish uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, oʻxshatishlar, sifatlashlar ishlatiladi;
bunday insholar oʻquvchilarning fikrini oʻstiradi, ulardagi kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi;
inshoda oʻquvchidan oʻz fikrini asoslash va dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor berishi, mustaqil fikrlashi va muhokamada faol ishtirok etishi talab qilinadi;
shaxslar va manzaralar koʻz oldiga keltirilib, ularning timsollari gavdalantiriladi;
inshoda oddiy tasvir elementlaridan ham unumli foydalaniladi.
A) 1, 4 B) 2, 7 C) 3, 5, 6, 8, 9 D) 4, 7, 8, 9
24. Ushbu gaplardan qaysi birida so`z qo`llashda uslubiy xatolik mavjud?
A) Afting qursin, deb qarg`adi kampir.
B) O`zi xomush, yuzlari so`lg`in edi.
C) Xabarni eshitib, qizning chehrasi yorishdi.
D) Go`zal qiz Oysuluvning basharasida ter ko`rindi.
25. «Obrazlar yoki obrazli tasvirlar bilan emas, aniq
ma`lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta`riflash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko`radigan uslubdir». Ushbu ta`rif qaysi uslubga mos keladi?
A) badiiy uslubga
B) ilmiy uslubga
C) rasmiy-idoraviy uslubga
D) publitsistik uslubga
4-variant
1. Quyidagi matn qaysi bir uslubga xos? Barcha
fuqarolaming fuqarolik huquq va burchlarga ega bo`lish layoqati ( huquq layoqati) teng ravishda e`tirof etiladi. Fuqaroning huquq layoqati u tug`ilgan paytdan e`tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
A) badiiy uslubga B) ilmiy uslubga
C) publitsistik uslubga D) rasmiy uslubga
2. Quyidagi matn qaysi uslub namunasi hisoblanadi?
Yomg`ir ― suyuq tomchi holidagi atmosfera yog`ini. Tomchining diametri 0,5 ― 0,6 mm bo`ladi. Yomg`ir bulutdagi mayda suv zarralarining qo`shilib yiriklashuvidan hosil bo`ladi. Yomg`ir ikki xildir: jala yomg`ir, shivalama yomg`ir. Shivalama yomg`irning yog`ish miqdori ― intensivligi soatiga 0,25 mm
gacha, jala yomg`irniki esa 100 mm gacha bo`lishi mumkin.
A) rasmiy uslub B) ommabop uslub
C) publisistik uslub D) ilmiy uslub
3. Nutq madaniyati uchun nima muhim hisoblanadi?
1) mazmunga mos zarur so`zni tanlay olish;
2) bir so`zni o`rinsiz takrorlamaslik;
3) uslub birligini saqlash;
4) nutqning ta`sirchan bo`lishini ta`minlash, so`z shakllari va gap turini to`g`ri qo`llash
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
4. Qaysi uslub turida tilning tasviriy-ta`siriy vositalari yordami bilan obrazlar vositasida kishiga estetik ta`sir ko`rsatiladi?
A) publisistik uslubda B) badiiy uslubda
C) rasmiy uslubda D) so`zlashuv uslubida
5. Usluban noto`g`ri qo`llangan so`z qaysi qatorda
berilgan?
A) paxta gulladi B) shohona kiyim
C) salohiyatli olim D) bahorni sevasan
6. Rasmiy uslub uchun xos xususiyatni belgilang.
A) Ko`p ma`noli so`zlar ishlatiladi.
B) Terminlar qo`llanadi.
C) Ibora va jumlalar ma`lum qolipda bo`ladi.
D) O`xshatish, sifatlash ishlatiladi.
7. Qaysi gapda so`z qo`llash bilan bog`liq xato mavjud?
A) Tog`da don topolmay och qolgan kakliklar gala-galasi bilan daraga yopirilib tushgan.
B) Laziz yoqilg`i tola bochkalarni birin-ketin dumalatib ayvon tagiga taxladi.
C) Yormat boshini ko`tardi, bir qo`lini yerga tirab yonboshladi.
D) Samarqand bilan yondosh Buxoroda xalqning amirlikka qarshi qudratli harakati yanada rivojlandi.
8. Qaysi gapda so`z qo`llash bilan bog`liq xato mavjud?
A) Ahmad Husayn raso ochiqqan ekan.
B) Yomon yo`ldosh yov bo`lur, ravon yo`lda g`ov bo`lur.
C) Paxta terimi tez sur`atlar bilan bormoqda.
D) Berilgan gaplarda so`zlar to`g`ri qo`llangan.
9. (Boringlar) va (borlaring) so`zlari o`rtasida
qanday uslubiy farq bor?
A) uslubiy farq yo`q
B) birinchisi hurmatga, ikkinchisi sof ko`plikni bildiradi
C) ikkinchisi umuman ishlatilmaydi
D) birinchisi mo`tadil (neytral) so`z, ikkinchisi salbiy boʻyoqdorlikka ega
10. Qaysi gapda so`z qo`llashda uslubiy xatoga yo`l qo`yilgan
A) Brigada a`zolari tunda tashna g`o`zalarni suvga qondirib sug`orishmoqda.
B) U ko`rinishidan turmushning issiq-chuchugini totgan kishiga o`xshaydi
C) Cho`ponlar ozg`in qo`ylarning parvarishiga alohida e`tibor bermayotirlar,
D) Barcha gaplarda so`z qo`llashda xatoga yo`l qo`yilgan.
11. Asosan qanday uslubdagi so`zlar ko`chma ma`noda qo`llanmaydi?
1) ilmiy uslubda; 2) rasmiy ish uslubda; 3) so`zlashuv uslubida; 4) badiiy uslubda
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
12. Oshdan oling, mehmon. Ushbu gapdagi dan qo`shimchasi qaysi kelishik qo`shimchasi bilan sinonim hisoblanadi?
A) bosh kelishigi B) tushum kelishigi
C) chiqish kelishigi D) sinonim bo`la olmaydi
13. Borolmadim: ishim chiqib qoldi. Erta boraman
gaplari qaysi uslubga xos?
A) badiiy B) so`zlashuv C) rasmiy D) publisistik
14. Ushbu matn qaysi uslubga tegishli? Bodom
fevral oyida gullaydi. Qayrag`och ― qurilish materiali, shuningdek, mebel korxonalari uchun qimmatli xomashyo.
A) ilmiy B) so`zlashuv
C) publisistik D) rasmiy
15. Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli?
Jo`yaklarda suv bir hovuch ko`z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi.
A) rasmiy B) publisistik
C) badiiy D) so`zlashuv
16. «Biz bu dalolatnomani tuzuvchilar...», «Arizani yozishdan maqsadim shuki...» kabi birikmalar qaysi uslubda ishlatiladi?
A) badiiy B) rasmiy
C) ilmiy D) publisistik
17. Hurmat ayla oq sut bergan onangni gapi qaysi uslubga xos?
A) ilmiy B) so`zlashuv
C) badiiy D) publisistik
18. Qisqalik, aniqlik, soddalik, shuningdek, ibora va jumlalarning bir qolipda bo`lishi asosan qaysi uslubga xos?
A) so`zlashuv uslubiga
B) ilmiy uslubga
C) ommabop uslubga
D) rasmiy uslubga
19. Faqat badiiy uslubga xos bo`lgan so`zni toping.
A) misoli B) o`xshash
C) kabi D) yanglig`
20. Qaysi gapda so`z qo`llashga oid uslubiy xato maviud?
A) Xabarni eshitib, qizning chehrasi yorishdi.
B) Xalq sizning jamolingizni ko`rishga muntazir.
C) Afting qursin, deb qarg`adi kampir.
D) Go`zal qiz Oysuluvning basharasida ter ko`rindi.
19. O'zbekcha matnlarda qo'shtirnoq qachondan boshlab ishlatilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |