Oʻzgalar nutqini ifodalash usullari
1. Ko'chirma gapli qo'shma gaplarda tinish belgilari to'g'ri qo'llangan shartli belgili javobni toping.
A) M: "K". M:"K"? M:"K"!
B) "K ― M, ― K"
C) "K", ― M. "K?"― M. "K!" ― M.
D) barcha javoblardagi modellar to'g'ri
2. Ko'chirma gaplarni o'zlashtirma gapga aylantirishda ko'chirma gap tarkibidagi undalma qay shaklda bo'ladi?
A) undalma tushirib qoldiriladi
B) chiqish kelishigidagi to'ldiruvchiga aylantiriladi
C) qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi
D) tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga aylantiriladi
3. "Qizim, umring uzoq bo'lsin", dedi yo'lovchi.
Qaysi qatorda mazkur ko'chirma gapli qo'shma gap o'zlashtirma gapga to'g'ri aylantirilgan?
A) Yo'lovchi qizga umri uzoq bo'lishini tiladi.
B) Yo'lovchi qizga umri uzoq bo'lishini aytdi.
C) Yo'lovchi: "Umring uzoq bo'lsin, qizim", dedi.
D) Yo'lovchi qizga umrining uzoq ekanini uqtirdi.
4. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganda ko'chirma gap tarkibidagi undov so'zlar qanday bo'lakka aylanadi?
A) chiqish kelishigidagi to'ldiruvchiga
B) undov so'zlar tushirib qoldiriladi
C) o'zlashtirma gapning egasiga
D) tushum kelishigidagi to'ldiruvchiga
5. Darak gap shaklidagi ko'chirma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganda darak gap egasi qanday shaklda bo'ladi?
A) ega tushirib qoldiriladi
B) qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi
C) o'zlashtirma gap egasi bo'lib gap boshida keladi
D) sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga aylantiriladi
6. Ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilganda ko'chirma gap egasi qanday bo'lak vazifasida keladi?
A) ega B) to'ldiruvchi
C) qaratqich aniqlovchi D) kesim
7. Berilgan ko'chirma gapli qo'shma gaplarning qaysi birida ko'chirma gap qismi ega ergash gapli qo'shma gapga teng?
A) Shunda podshoh jahl bilan debdi: "Sen aytgan rost gapdan ko'ra uning yolg'oni menga ko'proq ma'qul tushdi, chunki uning yolg'oni xayrixohlik yuzasidan aytilgan edi".
B) Sofdil vazirlardan biri: "Ey podshohi olam, har kim g'azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o'tadi “, ― debdi.
C) Ikkinchi vazir: "Bu asir podshohni haqorat qildi va sha'niga yomon gaplar aytdi", ― debdi.
D) Kimki ilm urug'ini sepsa, u ulug'lik mevasini teradi.
8. Berilgan ko'chirma gapli qo'shma gaplarning qaysi birida ko'chirma gap qismi bog'langan qo'shma gapga teng?
A) Shunda podshoh jahl bilan debdi: "Sen aytgan rost gapdan ko'ra uning yolg'oni menga ko'proq ma'qul tushdi, chunki uning yolg'oni xayrixohlik yuzasidan aytilgan edi."8
B) Sofdil vazirlardan biri: "Ey podshohi olam, har kim g'azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o'tadi ", ― debdi.
C) Ikkinchi vazir: "Bu asir podshohni haqorat qildi va sha'niga yomon gaplar aytdi", ― debdi.
D) Ro'paradagi tog'ning qora bag'ridan tutun ko'tarildi va u yerdan yo'tal tovushi eshitildi.
9. Berilgan ko'chirma gapli qo'shma gaplarning qaysi birida ko'chirma gap qismi sabab ergash gapli qo'shma gapga teng?
A) Shunda podshoh jahl bilan debdi: "Sen aytgan rost gapdan ko'ra uning yolg'oni menga ko'proq ma'qul tushdi, chunki uning yolg'oni xayrixohlik yuzasidan aytilgan edi."
B) Sofdil vazirlardan biri: "Ey podshohi olam, har kim gʻazabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o'tadi", ― debdi.
C) Ikkinchi vazir: "Bu asir podshohni haqorat qildi va sha'niga yomon gaplar aytdi", ― debdi.
D) Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bunday toʻnlar bergay.
10. Darak gap shaklidagi ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilganda ko'chirma gapning egasi qanday bo'lakka aylantiriladi?
A) to'ldiruvchiga B) qaratqich aniqlovchiga
C) o'zlashtirma gap egasiga
D) o'zlashtirma gap kesimiga
Soʻroq gap shaklidagi ko'chirma gapli qo'shma gaplarni o'zlashtirma gapga aylantirganda ko'chirma gap tarkibidagi undalma qanday shaklda bo'ladi?
qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi
tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga aylantiriladi
chiqish kelishigidagi to'ldiruvchiga aylantiriladi
undalma tushirib qoldiriladi
Qaysi qatorda o'zlashtirma gap mavjud?
A) Deydilarki, oyda ham dog' bor.
"Kitob ― aqlning kaliti" ― dedi bobom.
Tabassum yaxshilikning belgisidir.
Akam maqtanchoq bo'lmaslikni uqtirdi.
Qaysi javobda ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilganda yuzaga keladigan shakliy o'zgarishlar noto'g'ri izohlangan?
A) ko'chirma gapning kesimi o'zlashtirma gapning kesimi bo'lib keladi
B) ko'chirma gapning egasi qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi
C) undalma chiqish kelishigidagi to'ldiruvchiga aylantiriladi
D) muallif gapining egasi o'zlashtirma gapning egasiga aylanadi
Agar ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilsa, ko'chirma gapdagi undalma o'zlashtirma gapda qanday sintaktik vazifa bajaradi?
A) to'ldiruvchi B) ega C) hol D) aniqlovchi
Agar ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilsa, muallif gapining egasi o'zlashtirma gapda qanday sintaktik vazifa bajaradi?
A) aniqlovchi B) hol C) to'ldiruvchi D) ega
Agar kochirma gap ozlashtirma gapga aylantirilsa, muallif gapining egasi ozlashtirma gapda qanday sintaktik vazifa
bajaradi?
A) aniqlovchi B) ega C) hol D) toldiruvchi
Kochirma gap ozlashtirma gapga aylantirilganda kochirma gap tarkibidagi qaysi bolak -lik, ekanlik kabi shakllarni olib oz vazifasini ozgartiradi?
A) kesim B) aniqlovchi C) toldiruvchi D) ega
Koʻchirma gapni oʻzlashtirma gapga aylantirishda quyidagi shakliy oʻzgarishlarning qaysi biri kuzatiladi?
darak gap shaklidagi koʻchirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan toʻldiruvchiga aylantiriladi;
darak gap shaklidagi koʻchirma gap egasi qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi;
muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi soʻzi aytdi soʻzi bilan almashtiriladi;
muallif gapining egasi oʻzlashtirma gap egasi boʻlib gap boshida keladi;
muallif gapining toʻldiruvchisi oʻzlashtirma gapning aniqlovchisi vazifasida keladi;
soʻroq, buyruq shaklidagi koʻchirma gaplar darak shakliga aylantiriladi;
koʻchirma gap tarkibidagi undov, kirishlar tushirib qoldiriladi;
undalma gapning ifoda mazmuniga qarab chiqish kelishigidagi yoki joʻnalish kelishigidagi toʻldiruvchiga aylantiriladi.
a, s, d, e, f, g, h
a, b, d, e, f, g, h
a, b, s, e, f, g, h
a, b, s, d, f, g, h
Koʻchirma gapli qoʻshma gap oʻzlashtirma gapga aylantirilganda tuzilishiga koʻra qanday turga mansub boʻladi?
sodda gap
qoʻshma gap
ergash gapli qoʻshma gap
murakkab qoʻshma gap
Shakli oʻzgartirilgan oʻzganing gapi…
koʻchirma gap
oʻzlashtirma gap
sodda gap
uyushiq boʻlakli sodda gap
Hech bir oʻzgarishsiz nutqqa olib kirilgan oʻzganing gapi…
koʻchirma gap
oʻzlashtirma gap
sodda gap
uyushiq boʻlakli sodda gap
Quyidagi koʻchirma gapli qo'shma gaplarda tinish belgilari to'g'ri qo'llangan shartli belgili javoblarni aniqlang
Mahmud Koshgʻariy shunday degan edi: «Belgi boʻlsa, odam yoʻldan, aqli boʻlsa, soʻzdan adashmaydi».
M: «K», ― m.
«K», ― m.
M: «K».
«K, ―m, ― k».
«Hunari va odobi boʻlmagan kishidan, ― deydi Mahmud Koshgʻariy, ― baxt va omad ketadi».
M: «K», ― m.
«K», ― m.
M: «K».
«K, ―m, ― k».
Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: «Inson hayvondan aql bilan farq qiladi».
M: «K», ― m.
«K», ― m.
M: «K».
«K, ―m, ― k».
«Er ikki ishi-la qarimas oʻzi, Biri ezgu fe’li, biri xush soʻzi», ― deb aytgan edi Yusuf Xos Hojib
M: «K», ― m.
«K», ― m.
M: «K».
«K, ―m, ― k».
Do'stlaringiz bilan baham: |