O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,52 Mb.
bet117/134
Sana06.01.2022
Hajmi1,52 Mb.
#320632
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   134
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

AVARIYA HOLATLARIDAGI HARAKATLAR
438. Faoliyati poezdlar harakati bilan bog’liq xodimlar temir yo’llardan xavfli yuklar tashilganda xavfsizlik qoidalarini va avariya holatlarini bartaraf etish tartibini bilishlari va aniq bajarishlari lozim.

Xavfli yuki (VM) bor poezdga xavf (buksalarning yonishi, o’qning sinishi, harakat tarkibini izdan chiqishi, vagonning yoki yukning o’t olishi va h.z.) tahdid solganda lokomotiv va konduktor brigadalari, yuklarni qo’riqlab, kuzatib borayotgan shaxslar, stansiya navbatchilari va poezdlarni qabul qilish, jo’natish, o’tkazish va ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan barcha shaxslar poezdni to’xtatish va xavfni bartaraf etish uchun qo’lidan kelgan barcha choralarni ko’rishlari shart.

Harakat tarkibining texnik va uning yurish qismlari holatini avtomatik nazorat qilish vositalari yordamida aniqlangan nosozliklari bilan poezd harakatlanishi taqiqlanadi.
439. Peregonda ushbu Yo’riqnomaning 438-bandida ko’rsatilgan holatlar sodir bo’lganda lokomotiv mashinisti yoki poezdni kuzatib borayotgan bosh konduktor bu xaqda darhol poezd dispetcheriga yoki yaqinroqdagi stansiyaning navbatchisiga chora ko’rishlari uchun xabar berishi shart. Bunda, avariya (harakat tarkibining izdan chiqishi va h.z.) yong’in sodir bo’lganda, uning tafsilotlari, poezd tarkibida xavfli yuk (VM) ortilgan vagonlarning mavjudligi va joylashuvini ma'lum qilishi, avariya kartochkalarining nomerlarini (yo’l vedomostlari orqasida ko’rsatilgan) yoki yuk qog’ozlari (nakladnoylar)ga ilova qilingan avariya kartochkalarining mazmunini xabar qilishi lozim. Elektrlashtirilgan uchastkalarda, bunday xabarni qabul qilgan poezd dispetcheri, zarur hollarda kontakt tarmoqdan kuchlanishni olish kerakligi xaqida energodispetcherga ko’rsatma berishi kerak. Lokomotiv mashinisti yoki bosh konduktor yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, lavozim yo’riqnomasining talablari, avariya kartochkalari, VM va boshqa xavfli yuklarni kuzatib borayotgan mutaxassislarning ko’rsatmalari va poezd dispetcherining buyruqlariga amal qilib, avariya holatini va uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun bor imkoniyatlardan foydalanib, choralar ko’rishi lozim.

Poezd mashinistining avariya xaqidagi xabarini olgan stansiya navbatchisi darhol uning mazmunini poezd dispetcheriga ma'lum qilishi va keyinchalik uning ko’rsatmalariga amal qilishi kerak.


440. Harakatlanayotgan xavfli yuki (VM) bor poezdda, yuk yoki harakat tarkibi o’t olgani aniqlansa, poezd to’xtatilishi lozim. To’xtash joyi odamlarning shikastlanishi va atrof-muhit ifloslanishiga, harakatlanayotgan tarkib yo’lidagi tonellar, ko’priklar, turar joy va stansiya binolari, omborlarni zararlanishiga olib keladigan oqibatlarni hisobga olgan holda tanlanadi.

Poezd to’xtaganidan so’ng lokomotiv brigadasi xavfli yuklar (VM) ni kuzatib yoki qo’riqlab borayotgan shaxslar bilan birgalikda tarkibning joyida qoladigan qismini belgilangan tartibda mahkamlagandan keyin yonayotgan vagonlarni darhol ajratib olishlari va uni qolgan qismdan chetga olishlari shart va ushbu yukning xususiyatlarini hisobga olib, yong’inni o’chirishga yordam kelgunicha lokomotiv va motorvagon harakat tarkiblarida yong’in xavfsizligi bo’yicha Yo’riqnomada ko’zda tutilgan talablarga muvofiq o’tni o’chirish choralarini ko’rishlari lozim.


441. Stansiya hududida xavfli yuklar (VM) bilan avariya holati paydo bo’lganda, stansiya navbatchisi sodir bo’lgan voqea xususida poezd dispetcheri va stansiya boshlig’iga xabar qilishi, keyingi poezdlarni o’tkazish, manyovr ishlarini amalga oshirish imkoni va sharoitlarini belgilab, zarur bo’lsa poezdlar harakati va manyovrlarni to’xtatish choralarini ko’rishi shart.

Xavfli yuk (VM) ortilmagan vagonda yoki yonida joylashgan bino, inshootda yong’in paydo bo’lsa xavfli yuklar (VM) ortilgan vagonlar yong’in hududidan xavfsiz masofaga eng kami 100 m ga uzoqlashtirilishi lozim.


442. Bunday vagonlar bilan sodir bo’lgan barcha hodisalarni poezd dispetcheri YaDM ning yo’nalish bo’yicha navbatchisiga xabar qilishi va u bilan birgalikda darhol avariyaviy holatlarning oqibatlarini tezda bartaraf etish choralarini ko’rishi shart.

YaDM ning yo’nalish bo’yicha navbatchisi voqea to’g’risida bosh poezd dispetcheriga xabar berishi shart.

Bosh poezd dispetcheri voqea to’g’risida DATK boshqaruvi raisi o’rinbosariga xabar berishi shart.
443. Xavfsizlik choralarini amalga oshirish va VM bilan sodir bo’lgan avariyaviy holatlar oqibatlarini tugatish bo’yicha boshqa harakatlar, yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, temir yo’llardan xavfli yuklar tashilganda xavfsizlik qoidalari va avariya holatlarini bartaraf etish tartibiga va xavfli yuklarni tashish qoidalariga muvofiq olib borilishi kerak.

O’zbekiston Repsublikasi temir yo’llarida poezdlar

harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga
1-ilova


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish