POEZDLARNI TUZISH
429. 1 klass xavfli yuklar (VM), poezdlar harakati grafigida, shuningdek, ketib borish uchastkalaridagi qabul qilish-jo’natish yo’llari sig’imidan oshmaydigan marshrutlarda ko’zda tutilgan, uzunlik va og’irlik bo’yicha me'yorlar chegarasida tuzilgan yuk poezdlarida yakka vagonlar bilan, barcha holatlarda tegishli to’siq qo’yillishi bilan guruh vagonlarda tashiladi.
VM li vagonlarni quyidagi poezdlarga qo’yish taqiqlanadi:
- yo’lovchi va pochta-bagaj poezdlariga (tabel quroli va ularga tegishli o’q-dorilar, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, boshqa davlat harbiylashtirilgan tashkilotlarining harbiy qorovullari va komandalari hamda temir yo’llarning harbiylashtirilgan qo’riqlash naryadlaridan tashqari);
- odam tashiydigan poezdlarga, shuningdek, tarkibida odam tashiydigan (harbiy esholonlardan tashqari) poezdlarga (eshelon shaxsiy tarkibi bilan band vagonlardan tashqari);
- birlashtirilgan poezdlarga;
- nogabarit yuklar ortilgan poezdlarga - nogabaritlik darajasi yuqoridan uchinchi, pastdan uchinchi va ortiq bo’lgan, yondan to’rtinchi va ortiq bo’lgan yuklar;
- uzunligi poezdlarning harakat grafigida belgilangandan ortiq.
Bundan tashqari, shartli nomeri ushbu Yo’riqnomaning 423-bandida ko’rsatilgan VM li vagonlarni, tarkibida temir yo’llarda xavfli yuklarni tashish qoidalarida sanab o’tilgan xavfli yuklari bor quyidagi yuk poezdlarga qo’yish taqiqlanadi:
- siqilgan va suyiltirilgan gaz (2 klass);
- oson alangalanadigan suyuqliklar (3 klass);
- oson alangalanadigan qattiq moddalar, o’z-o’zidan yonuvchi moddalar va suv bilan, shuningdek, havodagi namlik bilan o’zaro ta'sir natijasida oson alangalanuvchi gazlar chiqaradigan moddalar (4 klass);
- oksidlanuvchi moddalar va organik peroksidlar (5 klass);
- zaharli moddalar (6.1 klass osti).
430. Saralash va uchastka stansiyalari oralig’ida VM ortilgan vagonlar tuzish rejasiga muvofiq barcha yuk poezdlari tarkibida harakatlanishi mumkin. Oraliq stansiyalardan eng yaqin uchastka yoki saralash stansiyalariga qarab va teskari yo’nalishda bunday vagonlar yig’ma, chiqarish poezdlari yoki dispetcherlik lokomotivlari bilan, stansiyaning uzel va uzeloldi stansiyalari o’rtasida esa, uzatish va chiqarish poezdlari bilan uzatiladi.
Tarkibiga VM li vagonlar kiritilgan yig’ma poezdga, tuzish yoki konduktorlik brigadasi xodimi, bosh konduktor vazifasini bajaruvchi mashinist yordamchisi xizmat ko’rsatishi kerak.
Tuzish rejasi bo’yicha uzoqqa qatnaydigan poezdlar bilan jo’natish ko’zda tutilgan VM ortilgan vagonlarni yaqin masofalarga qatnaydigan poezdlar tarkibiga qo’yish ruxsat etilmaydi.
YaDM ning yo’nalish bo’yicha navbatchisi, stansiya va manyovr dispetcherlari poezd ishini rejalashtirganda, stansiyaga kelayotgan VM li vagonlarni kamroq miqdordagi poezdlar bilan birinchi navbatda jo’natish imkoniyatlarini alohida mas'uliyat bilan ko’rib chiqishga majburdirlar.
431. VM ortilgan vagonlarni DATK harbiylashtirilgan qo’riqlashi bilan kuzatish uchun bu vagonlardan uzog’i bilan besh vagon narida tormoz maydonchalik yoki maxsus ajratilgan yopiq bo’sh vagon qo’yillishi lozim.
Agar DATK harbiylashtirilgan qo’riqlashi bilan qo’riqlanayotgan vagonlar guruhi poezdning old qismida elektrovoz yoki teplovozdan ko’pi bilan 5 ta vagon uzoqlikda joylashgan bo’lib hamda tormoz maydonchali vagonlar bo’lmasa, harbiylashtirilgan qo’riqlash o’qchilariga lokomotivlarda yurish tartibi to’g’risida mashinist yo’rig’idan o’ttanlaridan so’ng, poezd lokomotivi kabinasida ketishga ruxsat etiladi.
VM ortilgan harbiy transport harakatlanayotgan poezdlar tarkibiga ushbu transportga tegishli bo’lmagan, VM ortilgan vagonlar qo’yillishi mumkin.
VM ortilgan vagonlar yuk jo’natuvchi (yuk qabul qiluvchi)ning mutaxassislari yoki harbiy qorovuli, shuningdek, DATK harbiylashtirilgan qo’riqlash bilan kuzatib borilganda, ular qo’riqlayotgan vagonlar poezdga bir guruh qilib qo’yiladi. Ushbu Yo’riqnomaga muvofiq bu vagonlar bir-biridan guruhga tegishli bo’lmagan, xavfsiz yuk ortilgan vagonlar bilan to’silganda, bunday to’siq eng kam me'yorlardan oshib ketmasligi lozim.
VM li vagonlar va maxsus sxema (seksiya) ga kiruvchi kuzatib boruvchi vagonlar orasiga vagon qo’yish talab etilmaydi.
432. Harbiy eshelonlarda ushbu eshelonga tegishli VM va tez o’t oladigan yuklarni birgalikda tashishga, ular orasida kamida bir vagondan iborat to’siq qo’yillishi bilan ruxsat etiladi.
Jangovar o’q-dori va aslasha bilan ta'minlangan tanklar, o’zi yurar artilleriya qurilmalari, artilleriya shatakchilari va yopiq bronetransportyorlar ortilgan platforma va yarim vagonlar harbiy eshelon tarkibida to’siqsiz harakatlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |