VM BO’LGAN POEZDLAR HARAKATI
433. Tarkibida VM ortilgan vagonli poezdlar uchastkalarda harakatlanganda doimo poezd dispetcheri, stansiyalar navbatchilarining nazorati ostida turishi lozim, ular ushbu poezdlarning vaqtida va xavfsiz harakatlanishini ta'minlovchi choralar ko’rishi shart.
DATK, tarkibida VM bo’lgan tranzit poezdlarining, aylanib o’tishlari mavjud bo’lgan yirik temir yo’l uzellaridan aylanib o’tish tartibini o’rnatadi.
Tarkibida VM li vagoni bor bo’lgan poezdning bo’lajak jo’natilishi xaqida, poezd tuzish stansiyasi navbatchisi poezd dispetcheriga oldindan xabar beradi.
434. "VM" harfi qo’shilgan poezd nomeri poezdlar harakati jurnalida, ijro etilgan harakat grafigida, lokomotiv mashinistiga beriladigan yozma ruxsatnoma va ogohlantirishlarda, natura varaqlarida va poezdlarni qabul qilish va jo’natish bilan bog’liq boshqa hujjatlarda qo’yillishi kerak.
435. Xavfli yuki bo’lgan poezd kutilayotganda stansiya navbatchisi texnikaviy xizmat ko’rsatish, tijorat ko’rigi punkti, DATK harbiylashtirilgan qo’riqlash xodimlarini va VM (xavfli yuklar) ortilgan poezdlar va vagonlarni qabul qilish va ishlashni amalga oshiruvchi boshqa xodimlarni, VM ortilgan vagonlar bilan ishlash tartibi xaqidagi mahalliy Yo’riqnomaga muvofiq, xabardor qilishi shart.
436. VM bor poezdlarni oraliq stansiyalarda lokomotivsiz qoldirish taqiqlanadi.
Favqulodda holatlarda (avariya holatlari yuzaga kelganda) VM bor poezd tarkibi DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’ining yozma buyrug’i bo’yicha oraliq stansiyada lokomotivsiz qoldirilishi mumkin. Bunda DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi rahbarlari va xodimlari vaqtincha qoldirilgan VM li tarkibni jo’natishni tezlatish bo’yicha barcha zarur choralarni ko’rishlari shart. Poezd tarkibida VM bo’lsa, ularni oraliq stansiyada lokomotivsiz qoldirish mumkinligini temir yo’llarda xavfli yuklarni tashish qoidalariga muvofiq yuklarni kimga tegishli ekanligiga qarab kelishiladi:
agar yuk O’zbekiston Respublikasining Mudofaa Vazirligiga tegishli bo’lsa - temir yo’l uchastkasi va stansiyaning harbiy komendanti bilan;
agar yuk O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligiga, Milliy Xavfsizlik Xizmati, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi IIV ichki qo’shin qorovullari bilan qo’riqlanadigan boshqa vazirlik, idora, tashkilotlarga tegishli bo’lsa - O’zbekiston Respublikasi IIV maxsus tashishlar bo’limi bilan.
Poezdlarda DATK harbiylashtirilgan qo’riqlash tomonidan qo’riqlanadigan VM vagonlari bo’lganida, bu xaqda poezd dispetcheri, eng yaqin harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmasi (qorovul) boshlig’ini (uchastkasida stansiya joylashgan) xabardor qiladi.
437. Harakatlanish vaqtida harbiylashtirilgan qo’riqlash kuzatuvidagi VM ortilgan ayrim vagonlarda, shuningdek, maxsus harakat tarkibi (sxema) seksiyalari, harbiy transport va eshelonlar tarkibiga kiruvchi vagonlarda aniqlangan texnikaviy va tijorat nosozliklar o’z xususiyatlari va ish sharoitlariga bog’liq ravishda, ushbu vagonlarni ajratgandan so’ng ixtisoslashtirilgan alohida yo’llarga o’tkazilib yoki tarkibdan ajratmasdan bartaraf etilishi mumkin.
Stansiyalarda harbiylashtirilgan qo’riqlash bilan qo’riqlanayotgan vagonlar guruhidan texnikaviy va tijorat nosozliklariga ko’ra ayrim xavfli yuklar ortilgan vagonlar faqat ular qo’riqlansagina ajratilishi mumkin. Aks holda harbiylashtirilgan qo’riqlash naryadi qo’riqlayotgan vagonlar guruhi to’lig’icha ajratiladi. Stansiya navbatchisi harbiylashtirilgan qo’riqlashning qo’shimcha naryadini chaqirtirishi va u yetib kelganidan so’ng ajratmaning soz vagonlarini manziliga jo’natishi shart.
Harbiy transportdan, shuningdek, harbiy qorovul yoki yuk jo’natuvchi (yuk qabul qiluvchi)ning mutaxassislari kuzatib borayotgan vagonlar guruhidan vagonlarni ajratish taqiqlanadi. Nosozliklarni bartaraf etish yoki yuklarni soz vagonlarga qayta ortish uchun transport (vagonlar guruhi) to’lig’icha ushlab qolinadi, bu to’g’rida stansiya boshlig’i YaDM ning yo’nalish bo’yicha navbatchisiga xabar berishi lozim. Transport ushlab qolingani to’g’risida stansiya boshlig’i belgilangan tartibda temir yo’l uchastkasi va stansiya harbiy komendantini xabardor qilishi shart. Ta'mir yakunlanganidan yoki yuklar qayta ortilgandan so’ng vagonlar ushlab qolingan transport (vagonlar guruhi) tarkibiga qo’shilishi va belgilangan manzilga jo’natilishi lozim.
Xavfli yuklarni tashish uchun mo’ljallangan maxsus harakat tarkibi seksiyalari, shuningdek, maxsus tuzilgan seksiyalar tarkibiga kiruvchi vagonlarni ajratib ta'mirlash zarur bo’lsa, bunday vagonlar faqat yuklarni kuzatib borayotgan mutaxassis, qorovul boshlig’ining roziligi bilan va kuzatuvi ostida seksiya va sxemadan ajratilishi va ta'mir yo’llariga o’tkazilishi mumkin. Bu holatda ajratilib ta'mirlashni talab qiladigan vagon aniqlangan seksiya (sxema) tarkibi to’lig’icha ushlab qolinadi. Ta'mirlangan vagonlar seksiya (sxema)ning tegishli joyiga qo’yillishi lozim. Agar seksiya (sxema)dagi bo’sh vagon texnikaviy nosozlik oqibatida belgilangan manzilgacha harakatlana olmasa, yuklarni kuzatib borayotgan mutaxassis yoki qorovul boshlig’ining talabnomasiga binoan seksiya (sxema)dan ajratilib, tegishlicha rasmiylashtirilgan tashish hujjatlari bo’yicha yangi manzilga yuborilishi mumkin.
Ko’rsatilgan barcha holatlarda ushlab qolingan harbiy transportga, maxsus harakat tarkibi seksiya (sxema)lariga tegishli vagonlar, shuningdek, DATK harbiylashtirilgan qo’riqlashi, harbiy qorovul, yuk jo’natuvchi (yuk qabul qiluvchi)ning mutaxassislari kuzatuvidagi vagonlar guruhi ushbu Yo’riqnomaning 440-bandi talablariga muvofiq stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilgan xavfli yuklar (VM) ortilgan vagonlar turishi uchun mo’ljallangan yo’llarga qo’yiladi.
Xavfli yuklar (VM) ortilgan vagonlar va tarkiblarga texnikaviy va tijorat xizmati ko’rsatish tartibi DATK tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |