O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"Buyruq №___, vaqt (soat, minut)"



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

"Buyruq №___, vaqt (soat, minut)". 
"№___poezdga_____yo’ldan___asosiy yo’l bo’ylab jo’nashga va______ stansiyasi 
(blok-posti) gacha harakatlanishga ruxsat beraman. Peregon bo’sh. DSP ____". 


Peregon bo’shligida chiqish svetoforini takroran ochishga imkon beruvchi qurilmalar 
mavjud stansiyalarda poezdlar qaytadan ochilgan chiqish svetofori bo’yicha jo’natiladi. 
Stansiya navbatchisi faqat poezd dispetcherining roziligi bilan chiqish svetoforini qaytadan 
ochish qurilmalaridan foydalanishi mumkin. 
 
81.
Bir yo’llik peregonni chegaralovchi stansiyada chiqish svetofori ochilgandan so’ng 
poezdni to’xtatish va ushbu peregonga qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanayotgan poezdni 
jo’natish zarurati tug’ilsa, yarim avtomatik blokirovkadan foydalanish to’xtatiladi va poezdlar 
harakati telefon aloqasi orqali o’rnatiladi. Bunday holatda qarama-qarshi yo’nalishda 
harakatlanayotgan poezdlarga peregonni band etish xuquqini beruvchi yo’l xatlari (qog’ozlari) 
beriladi. 
Keyinchalik peregonga avval ushlab qolingan yoki shu yo’nalishda harakatlanayotgan 
boshqa poezd jo’natilganda yarim avtomatik blokirovkaning amal qilishi tiklanadi, bu holatda 
poezd ushbu Yo’riqnomaning 80-bandiida ko’rsatilgan ruxsatnomalardan biriga asosan 
jo’natiladi. 
82.
Guruh chiqish svetoforlari mavjudligida poezdlar chiqish svetoforining ruxsat 
ko’rsatmasi va undagi poezd jo’nashiga ruxsat berilgan yo’lning raqami yashil sonlar bilan 
aks etgan marshrut ko’rsatkich bo’yicha jo’natiladi. 
Guruh svetoforlarining marshrut ko’rsatkichlari nosozligida poezdlar stansiyadan 
ochiq guruh svetoforida, ushbu Yo’riqnomaning 23-bandida ko’rsatilgan shakldagi stansiya 
navbatchisining qayd etiluvchi buyrug’ini mashinistga berib yoki lokomotiv mashinistiga 
ikkinchi punkti to’ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) taqdim 
etilib, jo’natiladi. 
Chiqish svetoforida yo’nalishning (oq rangli) marshrut ko’rsatkichi nosozligida 
poezdlar ushbu Yo’riqnomaning 36-bandida belgilangan tartibda jo’natiladi. 
83.
Agar jo’nashga tayyor poezdning yetakchi lokomotivi ruxsat ko’rsatmali chiqish 
svetoforidan tashqarida bo’lib, uning ko’rsatmasi mashinistga ko’rinmasa, poezd ushbu 
Yo’riqnomaning 24-bandida ko’rsatilgan shakldagi stansiya navbatchisining lokomotiv 
mashinistiga uzatiladigan qayd etiluvchi buyrug’i yoki II punkti to’ldirilgan yashil blankdagi 
ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) bo’yicha jo’natiladi. 
Bunda ajratilgan strelkali uchastka nosozligida yoki jo’natilayotgan poezdning boshi 
band etganda, chiqish svetoforini ochish uchun "Jo’natish marshrutlarida ajratilgan strelkali 
uchastkalar bo’shligi nazoratini o’chirish" knopkasidan foydalanish mumkin. 
Agar jo’natilayotgan poezdning boshi chiqish svetoforidan tashqarida bo’lib, 
svetoforni ochishning iloji bo’lmasa, blokirovka amal qilishi to’xtatiladi; mashinistga yo’l 
xati (qog’ozi) berilib, poezd telefon aloqa vositalari orqali jo’natiladi. Belgilangan jo’natish 
marshrutlari bo’lmagan yo’llardan ham poezdlar shu kabi tartibda jo’natiladi. 
84.
Bir yo’llik va (to’g’ri yo’l bo’ylab) ikki yo’llik peregonlarda jo’natilgan stansiyaga 
peregondan qaytadigan poezdlar yopiq chiqish svetoforida, mashinistga yopiq chiqish 
svetoforidan o’tish va orqaga qaytish xuquqini beruvchi jezl-kalit taqdim etilib, jo’natiladi.
Bunda bir yo’llik peregonlarda orqaga qaytuvchi poezdni peregonga jo’natishdan 
avval qo’shni stansiyadan belgilangan tartibda blok-apparat bo’yicha poezdni jo’natishga 
rozilik olinishi yoki blok-tizim tegishli harakat yo’nalishiga o’tkazilishi lozim. 
Ikki va undan ortiq o’zi yurar harakat tarkibi birligini qo’shilgan holda, qachonki 
ularni peregonda ajratilish ko’zda tutilgan bo’lsa, jezl-kalit bo’yicha jo’natish taqiqlanadi. 
85.
Agar poezd boradigan joy birinchi (harakat yo’nalishi bo’ylab) yo’l postidan 
(blok-postidan) tashqarida bo’lsa, ushbu post navbatchisi oldindagi peregon bo’sh bo’lganda, 
mashinistga yopiq o’tish svetoforini bosib o’tish va orqaga qaytish xuquqini beruvchi 1 punkti 


to’ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) beradi. Poezd 
harakatlanish yo’lida joylashgan boshqa blok-postlar navbatchilari ham shunday qiladilar. 
Jo’natilgan stansiyaga qaytayotganda poezd ko’rsatilgan barcha blok-postlardan 
to’xtamasdan o’tadi va stansiyaga ochiq kirish svetofori yoki kirish svetoforining taqiq 
ko’rsatmasida stansiyaga kirish xuquqini beruvchi belgilangan ruxsatnoma bo’yicha qabul 
qilinadi. 
Yo’l postlari (blok-postlar) navbatchilari barcha holatlarda qo’shni alohida punktlar 
navbatchilariga xaqiqatda poezdning o’tgani to’g’risida telefon orqali xabar qiladilar. 
Poezd stansiyaga kelganidan so’ng jezl-kalit stansiya navbatchisiga qaytariladi. 
Stansiya navbatchisi jezl-kalitni apparatga joylab, qo’shni alohida punkt navbatchisiga poezd 
qaytganlgini telefon orqali yetkazadi. 
86.
Jezl-kalit nosozligida, shuningdek, blok-apparat jezl-kalit bilan jihozlanmagan 
holatlarda, jo’natilgan stansiyaga qaytadigan poezd, blokirovka amal qilishi to’xtatilib, telefon 
aloqasi bo’yicha jo’natiladi. 
Bunday holatda poezdlar chiqish svetoforining taqiq ko’rsatmasida mashinistga yo’l 
xati (qog’ozi) (DU-50 shaklidagi blank 87-betda keltirilgan) berilib jo’natiladi. 
Agar ikki yo’llik peregonda poezd boradigan manzil oldindagi blok-postdan keyin 
joylashgan bo’lsa, jo’natish stansiyasi blok-postgacha yo’l xati (qog’ozi) beradi, blok-post 
navbatchisi esa postlararo peregonning bo’shligida harakatni davom ettirishga yo’l xati 
(qog’ozi) beradi. Poezd ushbu Yo’riqnomaning 85-bandida ko’rsatilgan tartibda orqaga 
qaytadi. 
Poezdlar vaziyatiga bog’liq ravishda blokirovka amal qilishi poezd o’tishi kerak 
bo’lgan postlararo peregonlarda bir paytning o’zida barchasida yoki avval peregon 
stansiyasiga tutashgan birinchi, so’ngra har bir keyingi bo’sh peregonda to’xtatiladi. 
Poezd peregondan qaytgandan so’ng blokirovka amal qilishi tiklanadi. 
87.
Qo’shni stansiyagacha boradigan suruvchi lokomotivli poezd blokirovkasi 
bo’yicha odatdagi tartibda, ushbu stansiyani suruvchi lokomotivli poezd jo’natilganligi xaqida 
telefon orqali ogoshlantirib, jo’natiladi. 
Peregondan jo’natilgan stansiyaga qaytadigan suruvchi lokomotivli poezd blokirovka 
bo’yicha (ochiq chiqish svetoforida) jo’natiladi. Suruvchi lokomotiv mashinistiga jo’natilgan 
stansiyada orqaga qaytish xuquqini beruvchi jezl-kalit taqdim etiladi. 
88.
Jezl-kalit nosozligida, shuningdek, blok-apparat suruvchi lokomotiv uchun jezl-
kalit bilan jihozlanmagan holatlarda, jo’natilgan stansiyaga qaytuvchi suruvchi lokomotivli 
poezd blokirovka amal qilishi to’xtatilib, telefon aloqasi bo’yicha jo’natiladi. Yetakchi va 
suruvchi lokomotivlarning mashinistlariga yo’l xatlari (qog’ozlari) beriladi. 
Peregonda blok-postlar mavjud bo’lganda ruxsatnomalar berish va suruvchi 
lokomotivni jo’natilgan stansiyaga qaytishi ushbu Yo’riqnomaning 85-bandida ko’rsatilgan 
tartibda amalga oshiriladi. Poezd qarshi stansiyaga kelganligi to’g’risida xabar olinib, 
suruvchi lokomotiv qaytganidan so’ng, blokirovka amal qilishi tiklanadi. 
89.
Maxsus o’zi yurar harakat tarkibi peregonga (shu jumladan, orqaga qaytadigan 
bo’lib) odatdagi tartibda poezdlar singari jo’natiladi. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish