DU-52 shaklidagi blank
RUXSATNOMA KORESHOGI
№ ____________
Stansiya (shtempel)
«____» _________ 20___ y.
Ruxsatnoma № _________
poezdga ________________
______________________
punkti to’ldirib berildi
blok-post navbatchisi
stansiya
RUXSATNOMA
№ ____________
Stansiya (shtempel)
«____» _________ 20___ y.
I
№ _____ poezdga (poezd suruvchisiga)
____ yo’ldan _______ yo’l bo’ylab chiqish
(o’tish,
marshrut)
signalining
taqiq
ko’rsatmasida jo’nashga va blok-post
stansiya
kirish (o’tish, chiqish) signaligacha ____ km
gacha harakatlanib, orqaga qaytishga ruxsat
beraman.
II
№ _____ poezdga ____ yo’ldan ochiq
____ chiqish (guruh, marshrut) signali bo’yicha
jo’nashga ruxsat beraman.
blok-post navbatchisi
stansiya
(keraksizi o’chirilsin)
(yashil rangda)
4-bob. ELEKTR JEZL TIZIMIDA
POEZDLAR HARAKATI
102. TFQ ning 257-bandiga muvofiq, kam faoliyatli uchastkalarda va shahobcha
yo’llarda poezdlar harakatida aloqa vositalari sifatida elektr-jezl tizimi va telefondan
foydalanishga yo’l qo’yiladi.
Elektr jezl tizimida mashinistga taqdim etiladigan peregonning jezli peregonni
egallash uchun ruxsat bo’lib xizmat qiladi.
103.
Elektr jezl tizimi qurilmalari bir paytning o’zida jezl apparatlaridan bittadan ortiq
jezlni olishga imkon bermasligi kerak. Strelka posti xonalarida o’rnatiladigan jezl apparatlari
ushbu stansiya navbatchisining ruxsatisiz apparatdan jezlni olishga imkon bermasligi lozim.
104.
Har bir jezlda tartib nomeri, seriyasi va peregonni chegaralovchi stansiyalarning
nomi bo’lishi lozim. Har bir peregonga o’zining jezllar seriyasi to’g’ri kelishi kerak. Bir
seriyadagi jezl apparatlarini kamida uch, uzellarga yaqin kelishda esa, kamida ikki
peregondan so’ng o’rnatishga ruxsat beriladi. Peregonni chegaralovchi ikkala stansiyaning
jezl apparatlarida peregonda poezdlar bo’lmasa, qo’shib hisoblaganda juft sonda jezllar
bo’lishi lozim.
105.
Peregondan stansiyaga qaytadigan suruvchi lokomotivli poezdlar jo’natiladigan
stansiyalarning jezl apparatlari jezl-kalit asboblari bilan to’ldirilishi kerak.
Jezl-kalit asbobi bilan to’ldirilgan jezl apparatining tuzilishi jezl-kalit olingunga qadar
asosiy jezlni olish yoki jezl-kalit olingan holatda asosiy jezlni olish imkonini bermasligi
lozim.
106.
Qo’shni stansiyagacha boradigan suruvchi lokomotivli poezdlar jo’natiladigan
stansiyalarning jezl apparatlarida burab ochiladigan jezllar bo’lishi kerak. Har bir burab
ochiladigan jezl ikki qismdan: "jezl" va "bilet" dan iborat bo’lishi lozim. Poezdlar harakati
vaqtni taqsimlash sharoitida tashkil etilganida ham burab ochiladigan jezllarga ega jezl
apparatlari qo’llanadi.
107.
Stansiya navbatchisi peregondan kelgan poezddan olingan jezlni jezl apparatdan
o’tkazmasdan turib shu peregonga jo’natilayotgan poezdga berishi mumkin; bunday holatda
avval poezd yo’l olayotgan qo’shni stansiya navbatchisining roziligini olish zarur. Jezl
apparatlari jezl-kalitlarga ega stansiyalarda jezllarni jezl apparatdan o’tkazmasdan topshirish
taqiqlanadi.
108.
Jezllar mexanik jezl almashtirgichlar yordamida yoki qo’lda, qoida bo’yicha
stansiya navbatchisining xonasi oldida almashtiriladi. Qo’lda almashtirganda jezllar jezl
uzatgichlarga solingan bo’lishi kerak.
Poezdlar to’xtamasdan o’tkazilganda chiqish bo’g’izlarida jezllarni almashtirish
taqiqlanadi.
109.
Quyidagilar taqiqlanadi:
a) poezd jo’nashga tayyor bo’lmasdan ilgari jezlni chiqarishga ruxsat so’rash, ammo
poezdlarni to’xtatmasdan o’tkazish yoki jadval bo’yicha 5 minutdan ko’p to’xtamagan
holatlar bundan mustasno;
b) ishlatilayotgan jezllarni apparatga solmasdan saqlash;
v) jezllarni qo’shni peregonga olib o’tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |