O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

YARIM AVTOMATIK BLOKIROVKA 
NOSOZLIGIDA POEZDLAR HARAKATI 
93.
Quyidagi nosozliklarda yarim avtomatik blokirovka amal qilishi to’xtatiladi: 
a) chiqish yoki o’tish svetoforini yopishning iloji yo’qligi; 
b) peregon bo’shligida chiqish yoki o’tish svetoforini ochishni iloji yo’qligi (jumladan, 
chiqish svetoforida ajratilgan uchastkalar bo’shligi nazoratini o’chirish yordamchi 
knopkalarni qo’llab); 
v) blokirovka signallari o’z-o’zidan qabul qilinishi; 
g) blokirovka signallarini uzatish yoki qabul qilishning iloji yo’qligi; 
d) blok-apparatda plombalar yo’qligi (pedal-zamichkadagi yoki yordamchi 
knopkadagi plombalar mustasno). 
Ko’rsatilgan barcha holatlarda, shuningdek, blokirovka qurilmalari amal qilishini 
vaqtincha to’xtatadigan ushbu qurilmalarni qayta jishozlash, ko’chirish, ta'mirlash, sinash, 
almashtirish va boshqa ishlar paytida blokirovka bo’yicha poezdlar harakati to’xtatilib, telefon 
aloqasi orqali o’rnatiladi. 
94.
Elektromexanik yarim avtomatik blokirovka apparatini (stansiya navbatchisining 
boshqaruv apparatini) ko’zdan kechirayotganda blokirovka amal qilishi to’xtatilmaydi. Bunda 
blok-apparat ochiq paytida stansiya navbatchisi va elektromexanik blokirovka qurilmalari 
to’g’ri ishlashini o’ta diqqat bilan kuzatishlari shart. 
Yarim avtomatik blokirovka qurilmalarini ko’zdan kechirish, rostlash va moylash 
yakunlangandan so’ng, plomba qo’yishdan avval elektromexanik stansiya navbatchisi bilan 


birgalikda nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha blok-apparat ko’rsatmalarining 
peregonlar holatiga muvofiqligini (poezdlar harakati jurnalidagi yozuvlar va qo’shni alohida 
punktlar navbatchilari bilan so’zlashuvlar bo’yicha) tekshiradilar.
Blok-apparatni ko’zdan kechirish yoki ta'mirlash uchun ochilgan har bir holat, 
shuningdek, bu ishning yakunlanganligi xaqida elektromexanik ko’rik jurnaliga tegishli 
yozuvni kiritadi. 
95.
Telefon aloqaga o’tish, shuningdek, blokirovka bo’yicha poezdlar harakatini 
tiklash, stansiya navbatchilari orqali peregonning bo’shligi tekshirilgandan so’ng, poezd 
dispetcheri buyrug’i bilan amalga oshiriladi. 
Dispetcherlik aloqasi nosozligida, poezdlar harakatida telefon aloqasiga o’tish va 
blokirovka harakatini tiklash ushbu Yo’riqnomaning 44 va 45-bandlarida ko’rsatilgan tartibda 
telefonogramma matnida "avtoblokirovka" so’zini "blokirovka" so’ziga almashtirish bilan 
amalga oshiriladi. 
96.
Blokirovka amal qilishi to’xtatilib, telefon aloqasiga o’tilgandan so’ng, poezdlar 
mashinistlariga qo’shni alohida punktgacha harakatlanish uchun yo’l xati (qog’ozi) (DU-50 
shaklidagi blank) beriladi. 
97.
Taqiq ko’rsatmali marshrut svetoforidan (chiqish svetoforigacha) poezdlar 
quyidagilarga asosan o’tishi mumkin: 
taklif signali bo’yicha; 
jo’natilayotgan poezd mashinistiga radio aloqa orqali uzatiladigan stansiya 
navbatchisining qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha; 
I punkti to’ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (matn qo’lda muvofiq ravishda 
o’zgartirilganda) bo’yicha. 
98.
Poezd ikki lokomotiv yoki peregonning oxirigacha boradigan suruvchi lokomotiv 
bilan harakatlanganda, peregonni band etish xuquqini beruvchi ruxsatnoma faqat yetakchi 
lokomotiv mashinistiga taqdim etiladi. Ikkinchi (lokomotiv ikkita bo’lganda) va suruvchi 
lokomotivlarning mashinistlari signallar yoki radio aloqa orqali uzatiladigan, yetakchi 
lokomotiv mashinistining xabarlariga binoan harakatlanishi lozim. 
99.
Blokirovka telefon aloqasining nosozligida stansiya navbatchisi boshqaruv 
apparatlaridagi nazorat asboblari ko’rsatmalarining o’zgarishini o’ta diqqat bilan kuzatishi 
lozim. Bu holatda poezdlar harakati to’g’risida xabarlar poezd dispetcheri orqali yoki stansiya 
navbatchisining ihtiyorida bo’lgan boshqa aloqa vositalari bo’yicha uzatiladi. 
100.
Bir yo’nalishda harakatlanish uchun yarim avtomatik blokirovka bilan 
jihozlangan ikki yo’llik (ko’p yo’llik) peregonlarda poezdlarni (regulirovka-rostlash 
maqsadida) noto’g’ri yo’ldan jo’natish poezd dispetcherining buyrug’iga binoan, bir yo’llik 
harakat qoidalari bo’yicha, telefon aloqasiga o’tish bilan amalga oshiriladi. 
101.
Yarim avtomatik blokirovka tizimi va u yoki bu uchastkadagi konkret ish 
holatiga bog’liq ravishda qurilmalardan foydalanish tartibi, shuningdek, poezdlarni qabul 
qilish, jo’natish va o’tkazishda xodimlarning harakat tartibi zarur holda temir yo’lda ishlab 
chiqiladigan Yo’riqnomalarda belgilanadi. 



Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish