O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


MARKAZLASHTIRILGAN DISPETCHERLIK QURILMALARI



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

MARKAZLASHTIRILGAN DISPETCHERLIK QURILMALARI 
NOSOZLIGIDA ISHLASH TARTIBI
66.
Agar to’g’ri belgilangan marshrutda va qabul qilish yo’lining (boshqaruv asboblari 
ko’rsatmalari bo’yicha) bo’sh holatida kirish svetofori ochilmasa, poezd uning taqiq 
ko’rsatmasida poezd dispetcherining lokomotiv mashinistiga beradigan quyidagi shakldagi 
qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha kiritiladi: 
"№____poezdni _____ stansiyaning _____ yo’liga kirish svetoforining taqiq 
ko’rsatmasida kirishiga ruxsat beraman. DNS ____". 
Poezd dispetcherining buyrug’i bo’yicha stansiyaga kirganida mashinist poezdni
20 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda, o’ta ehtiyotkorlik bilan va harakatga to’siq uchrasa 
darhol to’xtatishga tayyor holda yuritishi lozim. 
Agar stansiya rezerv boshqaruvda bo’lsa va kirish svetoforining nosoz holatida poezd 
ushbu Yo’riqnomaning 265-bandida ko’zda tutilgan tartib bo’yicha qabul qilinadi. 
67.
Chiqish svetoforining nosozligida poezd faqat peregon qarama-qarshi kelayotgan 
poezdlardan bo’sh holda va poezd dispetcherining mashinistga uzatadigan quyidagi shakldagi 
buyrug’i bilan jo’natilayotgan poezd uchun harakat yo’nalishi belgilanganida jo’natiladi: 
"№ _____ poezdga _____ stansiyadan ____ yo’l bo’ylab ____ chiqish 
svetoforining taqiq ko’rsatmasida jo’nashga ruxsat beraman. DNS ___". 
Bunday buyruqni olgandan so’ng mashinist stansiyadan jo’nab, birinchi o’tish 
svetoforigacha poezdni 20 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda o’ta ehtiyotkorlik bilan va 


harakatga to’siq uchrasa, darhol to’xtashga tayyor holda yuritish, so’ngra avtoblokirovka 
signallari bo’yicha harakatlanish xuquqiga ega. 
Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda poezd 
peregonga kirganidan so’ng mashinist ushbu Yo’riqnomaning 34-bandida ko’zda tutilgan 
tartibda harakatlanadi. 
Stansiya rezerv boshqaruvida bo’lganda, nosoz chiqish svetoforida poezdni jo’natish 
ushbu Yo’riqnomaning 30 va 31-bandlarida ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
68.
Strelkani markaziy pultdan o’tkazishning iloji bo’lmasa, poezd dispetcheri 
strelkalarni tozalovchi xodimni yoki stansiyaning boshqa xodimini chaqirib, strelkani 
ko’rikdan o’tkazishni va imkon bo’lsa, boshqaruv buzilishi sababini bartaraf etishni (masalan, 
ostryak va rom relsi orasiga tushgan yot jismni olib tashlashni) talab qiladi. Agar tegishli 
xodim tashqi ko’rik natijasida strelkani o’tmasligi sababini aniqlay olmasa va bartaraf 
etolmasa, dispetcher ushbu strelka boshqa holatga o’tkazilishi lozim bo’lgan marshrutlar 
bo’yicha poezdlarni o’tkazishni to’xtatadi, uni ko’rikdan o’tkazish va ta'mirlash uchun 
elektrmexanikni chaqirtiradi, ushbu strelka esa mahalliy boshqaruv pultidan o’tkaziladi yoki 
stansiya rezerv boshqaruvga o’tkaziladi. 
Strelkani mahalliy boshqaruv pultidan o’tkazishning iloji bo’lmasa, strelka ushbu 
Yo’riqnomaning 389-bandida belgilangan tartibda qo’lda boshqaruvga topshiriladi, bu holat 
poezd dispetcherining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. 
Navbatchi xodimlar xizmat ko’rsatmaydigan alohida punktlarda strelkalarni ko’rikdan 
o’tkazish, zarur hollarda ularni o’tkazish uchun ham DATK boshqaruvi raisi tomonidan 
belgilangan tartibda o’tayotgan poezdlarning lokomotiv brigadalari jalb etilishi mumkin. 
69.
Strelkali ajratilgan uchastka nosozligi sababli soxta bandlikni ko’rsatsa, 
strelkalarning tegishli guruhi mahalliy boshqaruv pultidan o’tkaziladi yoki stansiya rezerv 
boshqaruvga topshiriladi. 
70.
Tablo qabul qilish yo’lining sohta bandligini ko’rsatayotganda, shikast 
tuzatilgunga qadar poezd dispetcheri, odatda, poezdlarni ushbu yo’lga qabul qilmasligi kerak. 
Zarur holatda, stansiya boshlig’i yoki poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifalari 
yuklatilgan o’zga xodim orqali qabul qilish yo’lining bo’shligini poezd dispetcheri 
tekshirgandan so’ng, uning qayd etiluvchi buyrug’iga binoan, poezd ushbu yo’lga yopiq 
kirish svetoforida qabul qilinadi yoki stansiya rezerv boshqaruvga topshiriladi. 
Tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi navbatchi xodimlari tomonidan xizmat 
ko’rsatilmaydigan alohida punktlarda, qabul qilish yo’lining bo’shligini tekshirish DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan tartibda lokomotiv brigadasiga yuklatilishi mumkin. 
71.
Bir yoki bir necha stansiyaning kodli boshqaruvi nosozligida poezd dispetcheri 
ushbu stansiyalarni rezerv boshqaruvga o’tkazishi lozim. Bunday hollarda ushbu 
stansiyalarning yo’llari, strelkalari va svetoforlari holatini nazorat qiluvchi asboblarning 
ko’rsatmalariga tayanish taqiqlanadi. 
72.
Peregonni chegaralovchi stansiyalardagi avtoblokirovkaning nosozligida, 
dispetcherning ko’rsatmasi bo’yicha navbatchilikka stansiya boshliqlari yoki poezdlarni qabul 
qilish va jo’natish vazifalari yuklatilgan o’zga xodimlar kirishadilar. 
Poezd dispetcherining buyrug’iga binoan avtoblokirovka amal qilishi to’xtatiladi va 
poezdlar harakati telefon aloqa vositalari orqali o’rnatiladi. Telefon aloqaga o’tishni 
rasmiylashtirishdan avval poezd dispetcheri stansiyalararo peregonning bo’shligini aniqlashi, 
stansiyalarni esa rezerv boshqaruvga topshirishi kerak. 
Agar, nosoz avtoblokirovkali peregonlar poezdlarni qabul qilish va jo’natish 
vazifalarini bajaruvchi navbatchi xodimlar shtati bo’lmagan alohida punktlar bilan 


chegaralangan bo’lsa, toki stansiyaga tegishli xodimlar chaqirtirilgunga qadar, poezd 
dispetcheri yo’l va strelkalar holatini nazorat qilayotgan bo’lsa, alohida poezdlarni bo’sh 
peregonga bevosita lokomotiv mashinistiga ushbu Yo’riqnomaning 42-bandida belgilangan 
shaklda uzatiladigan poezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug’iga binoan jo’natilishi 
mumkin. Bunday tartibni qo’llash ruxsat etilgan peregonlar va poezdlar harakati xavfsizligini 
ta'minlash bo’yicha talablar DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 
73.
Avtoblokirovkani boshqarish asboblari yordamchi rejim dastaklari yoki knopkalari 
bilan jihozlangan bir yo’llik peregonlarda, xaqiqatda bo’sh peregon band deb ko’rsatilishi 
oqibatida poezd dispetcheri harakat yo’nalishini o’zgartira olmasa va chiqish svetoforini 
ocholmasa, avtoblokirovka amal qilishini to’xtatish talab etilmaydi. Bu holatda peregonning 
bandligini aniqlagandan so’ng poezd dispetcheri chegaralovchi alohida punktlarga stansiya 
boshliqlarini yoki poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifalari yuklatilgan boshqa 
xodimlarni chaqirib, maxsus dastak (knopka) lar yordamida avtoblokirovka yo’nalishini 
o’zgartirishga ko’rsatma beradi. Chaqirtirilgan xodimlar plombalarni yechadilar, 
avtoblokirovka yo’nalishini o’zgartiradilar va nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha 
yo’nalish o’zgarganligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, yordamchi dastak (knopka)larni 
normal holatga keltiradilar. Shundan so’ng poezdlar avtoblokirovka bo’yicha poezd 
dispetcheri tomonidan jo’natiladi. 
Stansiyaga harakat yo’nalishini o’zgartirish bilan bog’liq vazifalarni bajarish uchun 
chaqirtirilishi mumkin bo’lgan xodimlar shtati mavjud bo’lmagan alohida punktlar bilan 
chegaralangan ayrim peregonlarda avtoblokirovka bo’yicha yo’nalishni o’zgartirish 
yordamchi dastak (knopka) lari bevosita poezd dispetcherining pultida o’rnatilishi mumkin. 
Bunday peregonlar ro’yxati va harakat yo’nalishini o’zgartirish bo’yicha poezd dispetcheri 
bajaradigan amallar tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 
Yo’nalishini o’zgartirish imkoni bo’lmagan hollarda avtoblokirovkadan foydalanish 
to’xtatiladi. 
74.
Ushbu bobda ko’rsatilgan tartib markazlashtirilgan dispetcherlikda poezdlar 
harakati va manyovr ishlarini tashkil etishning asosiy qoidalarini belgilaydi. 
Ushbu qoidalarga muvofiq har bir uchastka (yo’nalish) uchun konkret sharoitlarni 
hisobga olib DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Yo’riqnoma ishlab chiqiladi. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish