Davlat geodezik tayanch tarmoqlari



Download 240,45 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2022
Hajmi240,45 Kb.
#540082
  1   2   3   4
Bog'liq
DAVLAT GEODEZIK TARMOQLARI


DAVLAT GEODEZIK TAYANCH TARMOQLARI


Reja:

  1. Davlat geodezik tarmoqlari haqida tushuncha.

  2. Balandlik yoki nivelirlash tarmoqlari.

  3. Geodezik tarmoqlarni zichlash va mahkamlash.

Koordinata va balandliklari ma’lum va turli masofalarda erga mustahkam o‘rnatilgan tayanch punktlar tarmog‘i davlat geodezik tarmoqlari deb ataladi. Tarmoqlap va ulardagi punktlar geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi tuzgan loyihaga binoan o‘rnatiladi.


Geodezik tarmoqlar planiy va balandlik tarmoqlariga bo‘linadi. Planiy tarmoqlar astronomik va geodezik usullar bilan o‘rnatiladi. Astronomik usulda har qaysi tayanch punkt o‘rnining geografik koordinatasi mustaqil ravishda astronomik kuzatish orqali aniqlanadi. Bu usul ancha engil bulsa ham uncha aniq bo‘lmaganligidan geodezik ishlarga qo‘yilgan talabga javob bera olmaydi. Yolg‘iz masshtabi 1:50 000 dan kichik bo‘lgan kartalarni asoslashga ishlatish mumkin.
Geodezik usulda bir necha bosh tayanch nuqta koordinatalari astronomik yo‘l bilan aniqlansa ham qolgan hamma nuqtalarning koordinatalari matematika formulalari yordamida hisoblab topiladi. Geodezik usul bir necha turga bo‘linadi. Masalan, triangulyasiya, trilateratsiya, poligonometriya, turli ko‘rinishdagi kestirma, diagonalsiz to‘rtburchaklik va geometrik to‘r (tarmoq) kabi usullarning biri yoki bir nechasi qo‘llaniladi.
Triangulyasiya - joydagi uchburchakliklar sistemasining qatori bo‘lib, burchak uchlari tayanch punktlar bo‘ladi. Punktlar shunday o‘rnatiladiki, har nuqtadan kamida uch qo‘shni nuqta ko‘rinadi va uchburchaklik tomonlarining uzunliklari bir-biridan katta farq qilmaydi. Masalan, 1.1a-shaklda triangulyasiyaning bir zvenosi yoki qatori keltirilgan. Tekis joyda uzunligi plan masshtabida 5 sm dan kichik bo‘lmagan AB chiziq olinib, u invar sim bilan 1:1000 000 aniklikda o‘lchanadi. Bu chiziq bazis deyiladi. Qator oxirida ham KZ bazis olib o‘lchanadi. Keyin bazis kichik diagonal qilib shakldagi kabi romb yasaladi. Katta diagonali CD - triangulyasiyaning chiqish tomoni deyiladi. Romb uchlari va tomonlari bazis tarmog‘i deyiladi. Shaklda ko‘rsatilgan burchaklar aniq o‘lchanadi. A, C, B va D punktlarning koordinatalari va chiqish tomoni azimuti astronomik kuzatish bilan aniqlanadi, bu Laplas punkti deyiladi. Keyin bazis uzunligi va o‘lchangan burchaklar yordamida uchburchakliklar tomonlarining uzunligi va yunalishi hamda punktlar koordinatalari matematika qoidalari asosida hisoblanadi.

1.1- shakl.



1.2- shakl.
Bu yo‘l bilan hisoblaganda KZ bazisi ham topiladi. Uning o‘lchangan uzunligi bilan hisoblangan uzunligi orasidagi farq yo‘l qo‘yarli bo‘lsa, tuzatmalar berib tuzatiladi.
Triangulyasiya tayanch punktlarini barpo qilish ilmiy qoidalarga asoslangan holda tashkil qilingan va o‘rnatilgan. Davlat triangulyasiya tarmoqlari 4 klassga bo‘linib, 1, 2, 3 va 4 - klass deb nomlanadi. 1-klass triangulyasiya qatorlari meridian va parallellar yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi. Qatorlar 200 km gacha cho‘zilib kesishishadi va to‘rtburchaklik shaklidagi poligon yasaydi (1.2-shakl). 1- klass bilan o‘ralgan maydon ichida 2-klass uchburchakliklari joylashadi. 2-klass o‘rtalaridagi maydon 3 va 4-klass uchburchakliklari bilan qoplanadi. 1.1- jadvalda davlat triangulyasiya tarmoqlarining klasslari, undagi uchburchak tomonlarining uzunligi, burchak o‘lchash aniqligi va chiqish tomonining o‘lchash yoki hisoblashdagi aniqlik nisbiy xatosi berilgan.
1.1-jadval

Triangulyasiya klasslari

Uchburchaklik tomonlarining o‘rtacha uzunligi, km

Burchak o‘lchashdagi o‘rta kvadratik xato

CHiqish tomonining nisbiy xatosi

1
2
3
4

20—25
7—20
5—8
2—5

±0,7"
±1,0"
±1,5"
±2,0"

1:400 000
1:300 000
1:200 000
1:200 000

Hozirgi texnika yutuqlari tatbiq qilinganda triangulyasiya tar-mog‘ida alohida bazis o‘lchamay, uning chiqish tomoni uzunligini 1: 400 000 aniqlikda o‘lchashga imkon beruvchi radio yoki yorug‘lik dalnomerlari bilan o‘lchash mumkin. Triangulyasiya tarmog‘i injenerlik inshootlari quriladigan joyda barpo qilinganda tonnel, ko‘prik kabi qurilishlarda bazis uzunligini shkalali po‘lat yoki invar sim bilan o‘lchash ham mumkin.


Trilateratsiya, triangulyasiyada bazis va burchaklarni o‘lchash va hisoblash ishlari ancha murakkab bo‘lganidan, keyingi vaqtda yorug‘lik va radio dalnomerlari kashf etilgandan keyin triangulyasiya o‘rnida trilateratsiya qo‘llanilmoqda. Agar uchburchakliklar qatoridagi (1.2-shakl, a) hamma uchburchaklikning yolg‘iz tomonlar uzunligi o‘lchanib, burchak va koordinatalari matematik yo‘l bilan hisoblab topilsa, bu uchburchakliklar qatori trilateratsiya deyiladi. Bunda tomonlar uzunligi radio yoki yorug‘lik dalnomerlari yordamida o‘lchanadi. Keyin tomon uzunliklari asosida burchaklar qiymati aniqlanishi mumkin.
Poligonometriya yopiq yoki ochiq ko‘pburchaklik (poligon) bo‘lib, hamma burchak uchlaridagi yurish bo‘yicha chap yoki o‘ng burchaklar va tomonlar uzunligi o‘lchanadi (1.2-shakl, b). Agar M, A va B, N nuqtalarning koordinatalari hamda MA va BN chiziqlarning azimutlari ma’lum bo‘lsa, hamma nuqtalarning koordinatalarini aniqlash mumkin. Joyda bir necha poligonometrik yo‘llar birlashtirilsa, poligonometriya tarmog‘i hosil bo‘ladi. Poligonometriya yo‘llarining kesishgan nuqtasi tugun nuqta deyiladi.
Agar joy sharoiti triangulyasiya tarmog‘i yasashga imkon bermasa, bunday joyda poligonometrik tarmoq o‘rnatiladi. Umuman poligonometriya yo‘lida tomonlar orasidagi burchak mumkin qadar 180° ga yaqin bo‘lishi kerak.
Triangulyasiyadagi kabi poligonometriya ham 4 klassga bo‘linadi. Bu yerda ham umumdan bo‘lakka o‘tish qoidasiga ko‘ra, quyi klass tarmoqlari yuqori klass tarmoqlariga asoslanadi. Poligonometrik tarmoqlarning quyi klassining aniqligi kam bo‘lib, s’yomka qilish uchun yararli bo‘lsa, ular teodolit yurish nuqtalari deyiladi. Teodolit yo‘lida chiziqlar ixtiyoriy burchak bilan burilishi mumkin.
Poligonometriya tomonlarining uzunligi turli dalnomerlar bilan, masalan, radio, yorug‘liq optikaviy dalnomerlar bilan, yoki invar sim, lentalar yordamida o‘lchanishi mumkin. Ba’zan boshqa o‘lchangan kattalik orqali hisoblab topilishi ham mumkin. Tomonlari invar sim bilan aniq o‘lchanadigan poligonometriya traves deyiladi.

1.3. shakl.
Agar poligonometriya tomonlari qisqa bazis va unga asoslangan o‘tkir burchak (parallaktik burchak) yordamida aniqlansa, u parallaktik poligonometriya yoki bazisli poligonometriya deyiladi (1.3-shakl). Masalan, ABCD poligonometrik yurish bo‘lsa, uning tomonlari AB, BC, CD ni o‘lchash uchun har qaysi chiziq o‘rtasiga ma’lum uzunlikdagi MN bazisi shtativ yordamida gorizontal holda AB, BC va CD yo‘nalishiga perpendikulyar qilib o‘rnatiladi. Keyin shaklda ko‘rsatilganidek A, B, C va D nuqtalarda turib parallaktik burchaklar φ1, φ2, φ3, φ4,. φ5 va φ6 aniq o‘lchanadi. Keyin matematika formulalari yordamida AR, RV, BQ, QC, Ct va Dt oraliqlar hisoblab topiladi.

1.4- shakl. Planiy tarmoq markazi:
a—markaz vertikal kesimi, 1 — beton pilan; 2— beton yakor; 3 — beton monolit; 4 — beton stolba; 5 — cho‘yan marka o‘ralgan sim tur; 6 — sement qorishmasi; 7 — qo‘rg‘on; o‘lchamlari sm da. b — cho‘yan marka ko‘rinishi bo‘lib, punkt koordinatasining qiymati teshik markazida: o‘lchamlari mm da.
Triangulyasiyada uchburchaklik uchlari, poligonometriyada poligon uchlari s’yomka ishlariga tayanch bo‘lganidan, joyda mustahkam va doimiy qilib o‘rnatiladi, ya’ni erning muzlamaydigan joyigacha uyib, beton va g‘ishtdan sun’iy qurilma ishlanadi va markaz deyiladi (1.4-shakl). Markazni belgilash va uzoqdan ko‘rinishi uchun uning ustiga turli ko‘rinishdagi va balandlikdagi belgi, ya’ni piramida yoki signal o‘rnatiladi.
Geodezik tarmoqlarni yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida kengaytirish taraqqiy eta boshladi. Yerning sun’iy yo‘ldoshlarini yerdan kuzatish qit’alararo geodezik munosabat bog‘lashga va dunyo geodezik tarmoqlari barpo qilishga imkon beradi. Yer yuzasidagi triangulyasiya tomonlari uzunligi bilan sun’iy yuldosh orqali aniqlangan uzunlik orasidagi farq nuqtalar bir qit’ada bo‘lganda ±15 m ga, nuqtalar turli qit’ada bo‘lganda esa ±150 m ga boradi.

Download 240,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish