§ 5.3. Xalqaro korporaцiyalarning mohiyati, tuzilmasi va kо‘rinishlari О‘z tarkibiga bosh boshqaruvchi markaz orqali rivojlanishning umumiy stratyegiyasini ishlab chiqaruvchi va amalga oshiruvchi, ikki yoki undan ortiq mamlakatda xо‘jalik birliklariga ega bо‘lgan xamda katta miqdorda xorijiy aktivlarga ega xalqaro kompaniya mutaxassislar tomonidan transmilliy korporaцiya (TMK) nomini olgan.
Jahon iqtisodiyotining о‘ziga xos «umurtqa pog‘onasi» bо‘lgan zamonaviy TMKlarning xaraktyerli byelgilari quyidagilar hisoblanadi:
• Ishlab chiqarish, savdo va xizmat kо‘rsatish faoliyatining katta qismini bosh shtab-kvartira joylashgan mamlakat iqtisodiy makoni chyegarasidan tashqariga olib chiqish;
• Turli davlatlarda shahobchalar, shu’ba va assoцiaцiyalangan kompaniyalarning katta tarmog‘ini shakllantirish;
• Iqtisodiy faoliyatni samarali bashoratlash va ryejalashtirish sharoitida tashqi va ichki invyestiцion oqimlarni boshqarish;
• Kapitallar, ishchi kuchi, axborot kо‘chishi (transfyerti)ning firma ichkarisidagi kanallarining kо‘pligi.
Ishlab chiqarish quvvatlarini va syervis markazlarini jahonning turli hududlariga bо‘lib-bо‘lib joylashtirish(divyersifikaцiyalash), bunday korporaцiyalarga xalqaro myehnat taqsimoti shartlari va ichki milliy bozor xususiyatlaridan kyelib chiquvchi ustunliklardan foydalanish hisobiga katta daromad olish imkoniyatini byeradi.
Milliy kompaniyani xalqaro kompaniyaga aylanishiga konkryet misol sifatida «Elyektrolyuks» guruhini kyeltirish mumkin. «Elyektrolyuks» elyektr uskunalari ishlab chiqish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ikki shvyed firmasining qо‘shilish yо‘li bilan 1912 yilda tashkil etilgan. 50-yillarda bu kompaniya avval SHvyeцiyada sо‘ngra boshqa Skandinaviya mamlakatlarida xam yetakchi mavqyega ega bо‘ldi. Tayyorlanayotgan mahsulotlar nomyenklaturasini uzluksiz kyengaytirib borgan xolda kompaniya G‘arbiy YEvropada savdo va xizmat kо‘rsatish korxonalari tarmog‘ini yaratishga kirishdi. 80-yillarda «Elyektrolyuks» о‘z tuzilmasiga AQSH («Uayt Konsolidyeytid» elyektr uskunalari ishlab chiqarish bо‘yicha mamlakatda 3-о‘rinda turardi), Gyermaniya («AYEG» - 1-о‘rin), Italiyaning («Zanussi» - 1-о‘rin) kabi bir nyecha yirik kompaniyalarini qо‘shib oldi. Hozirgi paytda uni jahonning 75 mamlakatida bо‘limlari mavjud, bu TMKning pyersonali 110 ming kishidan ortiq, yillik aylanmasi 16 mlrd. doll.dan oshadi.
TMKning namunaviy tuzilmasini bosh kompaniya (ushbu mamlakatda rо‘yxatdan о‘tgan korporaцiyaning bosh shtab-kvartirasi) va boshqa davlatlarda joylashgan shahobchalar, shu’ba va assoцiaцiyalashgan kompaniyalar tizimi. Kо‘pincha TMK tuzilmasiga moliya-kryedit muassasalari (banklar, invyestiцiya fondlari va sug‘urta kompaniyalari) xam kiritilish mumkin. Bundan tashqari yirik xalqaro korporaцiyalar odatda о‘zining muhofaza xizmati, kadrlar tryeningi, transport va boshqa xizmatlariga ega bо‘lishadi.
SHahobchalarning shu’ba korxonalardan farqi shundaki, ular о‘z balansi va iqtisodiy mustaqillikka ega emas. Assoцiaцiyalashgan kompaniyalarga kyelsak, ular bosh kompaniya tomonidan odatda shartnoma munosabatlari tizimi (pudrat, trast kabilar) orqali nazorat qilinadi.
TMK kо‘rinishlari tanlangan myezonga bog‘lik ravishda turlicha sinflanadi. Eng kyeng tarqalgan alomat xalqaro korporaцiyaning bosh tuzilmasi nizom fondidagi kapital ulushini byelgilovchi milliy mansublik byelgisi hisoblanadi. Bu holatda quyidagilar ajratib kо‘rsatiladi:
• monomilliy kompaniyalar (milliy kompaniya, masalan — SHvyeyцariyadagi "Nyestlye" konцyerni);
• multimilliy kompaniyalar (baynalmilal kompaniya, masalan — ingliz-golland "Royyal Datch SHyell" korporaцiyasi);
• konsorцiumlar (uzoq muddatli kapital sig‘imli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun bir nyecha korporaцiyalar aktivlarining bir qismini vaqtinchalik maqsadga yо‘naltirilgan birlashtirish).
Jahon iqtisodiyoti qayd etilgan guruhlarning solishtirma og‘irligi doimo о‘zgarib turadi. 70-yillarda monomilliy TMKlar kо‘pchilikni tashkil etgan bо‘lsa, 80-yillarga kyelib konsorцiumlar paydo bо‘ldi. Sо‘nggi о‘n yil ichida raqobat kо‘rashining kuchayishi va global bozorlardagi inqirozli vaziyatlar tufayli milliy kompaniyalar bir-biri bilan qо‘shilib multimilliy TMKlarga aylandi.
Xо‘sh, transmilliy korporaцiyalarni paydo bо‘lishiga sabab nima? TMKlar paydo bо‘lishining asosiy sababi milliy-davlat chyegaralaridan chiqib kyetgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvidir. Ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi yirik komnaniyalar tomonidan xorijiy mamlakatlarda о‘z bо‘limlarini tashkil etib, milliy korporaцiyalarning TMKga aylanishi orqali ekspansiya xaraktyeriga ega bо‘ladi. Jahon iqtisodiyotida kapital olib chiqish xalqaro korporaцiyalarning shakllanishi va rivojlanishining eng muhim omillaridan biridir.
Transmilliy korporaцiyalar vujudga kyelishining sabablaridan yana biri haddan tashqari foyda olishga bо‘lgan intilishidir. О‘z navbatida, kuchli raqobat bu kurashda g‘alaba qozonish zaruriyati, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va kapitalning konцyentraцiyasi ham TMKlarning paydo bо‘lishiga olib kyeldi.
Jahon xо‘jaligida rо‘y byerayotgan iqtisodiy jarayonlarning ob’yektiv natijasiga kо‘ra vujudga kyelgan transmilliy korporaцiyalar о‘ziga xos xususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida TMKlar xalqaro myehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bо‘lib, uning rivojlanishiga о‘z hissasini qо‘shib kyelmoqda.
Transmilliy korporaцiyalarda kapitalining harakati, odatda, korporaцiya joylashgan davlatda bо‘layotgan jarayonlardan mustaqil ravishda sodir bо‘ladi.