О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


§ 5.2. Kapital eksportining asosiy shakllari va uning о‘ziga xos tomonlari



Download 2,2 Mb.
bet48/126
Sana14.02.2023
Hajmi2,2 Mb.
#910930
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126
Bog'liq
Jahon iqt

§ 5.2. Kapital eksportining asosiy shakllari va uning о‘ziga xos tomonlari
Jahon hо‘jaligida kapital olib chiqish asosan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- sanoat, savdo va boshqa korxonalarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yо‘naltirilgan invyestiцiyalar;
- portfyelь invyestiцiyalar (xorijiy obligaцiyalar, akцiya, qimmatbaho qog‘ozlar);
- ssuda kapitalining sanoat va savdo korporaцiyalari, bank va boshqa moliyaviy tashkilotlariga о‘rta va uzoq muddatli kryeditlari yoki zayomlari;
- iqtisodiy yordam- tyekinga va imtiyozli kryeditlar shaklida (foizsiz, kam foizli).
Jahon iqtisodiyotida kapital kо‘chishi va xorijiy invyestiцiyalar о‘rtasida aniq farq byelgilangan. Kapital kо‘chishi quyidagilarni о‘z ichiga oladi: xorijiy hamkorlar bilan opyeraцiyalar bо‘yicha tо‘lovlar, zayomlar byerish (5 yildan ortiq bо‘lmagan mudatda), faqat kapital joylashtirish maqsadida xorijiy kompaniyalarning akцiya, obligaцiya va qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish, qimmatbaho qog‘ozlar portfyelini divyersifikaцiya qilish va x.k.lar.
Xorijiy invyestiцiyalar bu kapital qabul qiluvchi davlatda kompaniya ustidan nazorat о‘rnatish va uni boshqarishda ishtirok etish maqsadida kapital kо‘chirishdir. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yо‘naltirilgan invyestiцiyalar shaklida kapital olib chiqish bu kapital qabul qiluvchi davlat xududida kapital eksportyori tomonidan ishlab chiqarishni tashkil etishini bildiradi. Bu shuningdyek, kadrlarni tayyorlash va о‘qitish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga raqobatchilik ta’siridir.
Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri invyestiцiyalar xalqaro korporaцiyalarning jahon xо‘jaligidagi xukmronligining asosini tashkil qiladi. Ular korporaцiyalarning xorijiy korxonalariga tо‘liq egalik qilishi yoki akцionyerlik kapitalining amalda egalik qilishiga imkoniyat byeradi. Odatda, bu shunday invyestiцiyalarki bunda xorijiy invyestor kompaniyaning akцionyerlik kapitalining 25% dan kam bо‘lmagan miqdoriga egalik qiladi. AQSH, GFR, YAponiyaning statistika boshqarmalari akцionyerlik kapitalining 10% i va undan kо‘prog‘ini о‘ziga olgan invyestiцiyalarni Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri invyestiцiyalar dyeb hisoblaydi. P.X.Lindyertning fikricha, “Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri invyestiцiyalar va portfyelь invyestiцiyalari orasidagi farq avvalambor kapital qо‘yiladigan firma ustidan nazorat qilish muammosiga borib taqaladi”.
Portfyelь invyestiцiyalari yirik korporaцiyalar, markaziy va xususiy banklar tomonidan chiqariladigan obligaцiya zayomlarini moliyalashtirish uchun xorijiy kapitalni jalb qiluvchi muhim manbadir. Xorijiy portfyelь invyestiцiyalarini jalb qilishda odatda yirik invyestiцion banklar vositachilik qiladi. Portfyelь invyestiцiyalarning harakatiga kо‘p jihatdan alohida davlatlarda obligaцiyalar uchun tо‘lanadigan foiz stavkalaridagi farq ta’sir qiladi.
Jahon iqtisodiyotida 50-yillardan kyeyingi davrda kapital eksporti strukturasida syezilarli о‘zgarishlar rо‘y byerib jahon xо‘jaligi rivojlanishining о‘ziga xos tomonlarini namoyon qildi. Ulardan eng muhimi 70-80-yillarda xalqaro kryeditlarning о‘sishi va kapitalning kryedit-moliya sohasini paydo bо‘lganligidir. Iqtisodiyotda ssuda kapitalining roli kyeskin oshdi.
Xalqaro ssuda kapitali bozori: a) pul bozori; b) kapital bozoriga bо‘linadi. Pul bozori – bu asosan qisqa muddatli kryeditlar (1 yilgacha) bozoridir. Bunday kryeditlar odatda aylanma mablag‘lar yetishmovchiligini qoplash uchun ishlatiladi. Kapital bozori esa о‘zida bank kryeditlari va uzoq muddatli kryeditlarni namoyon qiladi. Ular asosan obligaцiyalar chiqarish va sotib olishda namoyon bо‘ladilar.
Sanoati rivojlangan davlatlar tomonidan tyekin yoki imtiyozli kryeditlar shaklida kо‘rsatiladigan iqtisodiy yordamni biz jahon davlatlariga yordam byerish bо‘yicha dunyoda ikkinchi о‘rinda (YAponiyadan kyeyin) turadigan AQSH misolida kо‘rib chiqishishimiz mumkin. Masalan, “Xorijiy davlatlarga yordam xaqidagi” qonunga muvofiq, AQSH 1998 moliyaviy yilda yordam uchun 13 mlrd. dollardan ortiq assignaцiya qilgan edi (uning 76% iqtisodiy va 24% harbiy maqsadlarga ajratilgan). Bu davrda kryedit oluvchilar rо‘yxatida birinchi о‘rinda Isroil (3 mlrd. doll.) turgan bо‘lsa, ikkinchi о‘rinda Misr (2,1 mlrd.doll.) turgan. Kо‘rsatilgan ushbu yordamning b5% ni tyekin va 35% ni imtiyozli kо‘rinishdagi kryeditlar). Xorijiy mamlakatlarga iqtisodiy yordamning kо‘rsatishdan maqsad AQSH milliy xavsizligini ta’minlash, davlatlarga ochiq bozor iqtisodiyoti tizimini о‘rnatish va shuningdyek dyemoqratiyani rivojlanishiga yordam byerishdir.
Jahon iqtisodida kapital olib chiqish asosan sanoati rivojlangan davlatlardan olib chiqiladi. Sanoati rivojlangan davlatlar о‘rtasida ham kapitalning faol migraцiyasi rо‘y byermoqda.Sanoati rivojlangan davlatlar doirasida rо‘y byerayotgan kapital migraцiyasini bir nyecha xolatlarida kо‘rib chiqishimiz lozim:
“Uchlik” davlatlar о‘rtasidagi kapital migraцiyasi (AQSH - G‘arbiy YEvropa-YAponiya) о‘rtasida.
Alohida sanoati rivojlangan davlatlar о‘rtasidagi kapital migraцiyasi.
Sanoati rivojlangan davlatlarning bir xil sohalari о‘rtasida rо‘y byerayotgan kapital migraцiyasi.
Kapital migraцiya о‘z sub’yektlari nuqtai nazaridan makro va mikro darajalar bilan farqlanadi. Makrodaraja- bu, kapitalning davlatlararo oqimi bо‘lib, statistikada u davlatlarning tо‘lov balansida tasvirlanadi. Mikrodaraja – bu, kapitalning xalqaro monopoliyalar ichida korporaцiyalar ichki kanallari orqali rо‘y byerayotgan harakatidir.Jahon tasnifida eng yirik kapital “donorlari” bо‘lib YAponiya (53%), SHvyeyцariya va Tayvanь hisoblanasa, eng yirik “zayomchilar” esa – AQSH (27%), Buyuk Britaniya, Myeksika va Saudiya Arabistoni hisoblanadi.
Kapital olib chiqishning zamonaviy alomatlari orasida ishlab chiqarish kapitali eksportining о‘sib borayotgan ahamiyatini ajratib kо‘rsatish lozim. Ishbilarmonlik faoliyatida portfyelь invyestiцiyalar qatnashishdan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yо‘naltirilgan invyestiцiyalarga о‘tdi. 50-yillardan boshlab tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yо‘naltirilgan xorijiy invyestiцiyalarni qazib chiqarish sanoatidan qayta ishlash sanoatiga, shuningdyek xozirgi kunda yillik hajmining 50%dan ortig‘i tо‘g‘ri kyelayotgan xizmat sohalariga yо‘naltirilishi rо‘y byermoqda. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yо‘naltirilgan invyestiцiyalarning tyendyenцiyasida syezilarli о‘zgarishlar rо‘y byera boshladi: 1990 yilda bank zayomlari summasi 468 mlrd. doll.ni tashkil etdi, qimmatli qog‘ozlar bozorida esa invyestiцiyalar 756 mlrd. dollarni tashkil etib, 1993 yil oxirida bu nisbat xususiy kapital tо‘plangan fond bozori hisobiga kyeskin о‘zgarib, 2.3 trln. doll. kapital bozorini tashkil etdi.
90-yillarda kapital bozorlarini baynalminallashuvi jarayonining asosiy xususiyati namoyon bо‘ldi. Agar 70-80- yillarda baynalminallashuv jarayoni asosan rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi davlatlarni qamrab olgan bо‘lsa, 90-yillarda u rivojlanayotgan davlatlarni ham birinchi navbatda Osiyo-Tinch okyeani mintaqisi va shuningdyek, Lotin Amyerikasi davlatlariga ham tarqaldi. Bu esa albatta ushbu davlatlaining moliyaviy salohiyati, valyuta ahvolining mustahkamlanishi va ularning kryeditga layoqatligini о‘sishi, milliy moliyaviy bozorlarining rivojlanishi bilan bog‘liq bо‘lgan edi.
Jahon iqtisodiyoti va XIMda 80-90 yillarning muhim tomonlaridan biri rivojlanayotgan davlatlar о‘rtasida va ayniqsa “yangi industrial davlatlar” о‘rtasida kapital migraцiyasining faollashuvidir. Kapitallar bozorida hamon nyeftь eksportyor - davlatlari tashkiloti (OPYEK) faoldir. Masalan, Quvayt xususiy syektorining xorijdagi invyestiцiyalari 1995-yilda 100 mlrd. doll.ni tashkil etib, о‘z navbatida davlat qо‘yilmalari 30 mlrd. doll.ga yetgan. 90-yillarda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yо‘naltirayotgan invyestiцiyalarning hajmlari asosan rivojlanayotgan davlatlarga tо‘g‘ri kyelib 1993-yilda 65 mlrd. doll.ni, 1994 yilda 74 mlrd. doll.ni tashkil etgan. Bu 1991 yilga nisbatan ikki barobar kо‘p dyemakdir. Invyestiцiyalarning asosiy qismi Osiyo va Lotin Amyerikasining 10-15 ta rivojlanayotgan davlatlarida tо‘plangan. Xitoy xorijiy invyestiцiyalarni jalb qilishda ancha yutuqlarga erishdi. Bu kо‘rsatkich bо‘yicha u AQSHdan kyeyingi ikkinchi о‘rinni egallab 1993 yilda 26 mlrd. doll.ni (1991 yilga nisbatan 6 marta kо‘p) tashkil etdi.
Xorijiy kapitalning ahamiyatini avvolo biz Xitoyning yuqori iqtisodiy sur’atlarda о‘sishi bilan ta’minlanganligida ishonchligida va shuningdyek siyosiy barqarorligida kо‘rishimiz mumkin. Xitoy YAMMning о‘sishi 10-13% ga tyeng. Xuddi shunday о‘sishlik darajasini biz ba’zi bir Osiyo “ajdarho”lari davlatlarida va shuningdyek ba’zi bir Lotin Amyerikasining “YAngi industrial davlatlari”da ham kо‘rish mumkin.
Ayni bir paytda kambag‘al davlatlar qatoriga kiruvchi ba’zi bir rivojlanayotgan mamlakatlar ekspyertlarning fikricha sanoati rivojlangan davlatlarning invyestorlari uchun ozroq qiziqish uyg‘otmoqdalar. Bunday davlatlar qatoriga tobora kamayib borayotan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yо‘naltirilgan invyestiцiyalar oqimi tо‘g‘ri kyeladi. 90-yillarda kam rivojlangan davlatlar qatoriga xorijiy invyestiцiyalarning 5-6%ti tо‘g‘ri kyelgan edi xolos.
Urushdan kyeyingi 50-yillarda kapital olib chiqish jarayonining muhim alomatlaridan biri davlatning tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi, rag‘batlantiruvchi funkцiyalar bilan bu jarayonga faol aralashuvidir.
Sanoati rivojlangan davlatlarning kapital migraцiyasiga ta’siri, milliy va davlatlararo darajada kapitalning eksport va importini rag‘batlantirish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Zayom, portfyelь invyestiцiyalari shaklidagi kapital kо‘chishishi asosan davlat siyosatining harakati yо‘lidagi barcha tо‘siqlarni olib tashlash asosida olib borilmoqda. Davlat tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy invyestiцiyalarga nisbatan iqtisodiyotda milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan har qanday chyeklanishlarni qо‘llash huquqi saqlab qolingan. Xaraktyerli tomoni shundaki kapitalni xorijga olib chiqish, xorijiy kapitalni olib kirishdan kо‘ra kо‘proq tartibga solinadi. Davlat quyidagi tartibga solish choralaridan kyeng foydalanadi:
1. Moliyaviy tartibga solish usullari. Ushbu usullarga tyezlashtirilgan amortizaцiyani, soliq imtiyozlarini, subsidiya va zayomlar byerishni, kryeditlarni sug‘irtalash va kafolatlashni kiritish mumkin.
2. Nomoliyaviy usullar. Ushbu usullarga yer maydonlarini byerish, kyerakli infrastruktura bilan ta’minlash, tyexnik yordamlarni kо‘rsatishni kiritish mumkin.
Xorijiy kapital qо‘yilmalarni tartibga solishning muhim amaliy hujjati bо‘lib Osiyo-Tinch okyeani hamkorlik tashkiloti doirasida ishlab chiqilgan “Kо‘ngilli kodyeks”dir (1994 yil Jakarta). Mutaxasislarning fikricha istiqbolda Jahon savdo tashkiloti tomonidan foydalaniladigan ushbu “Kodyeks” da quyidagi invyestiцion tamoyillar byelgilab byerilgan:

  • donor davlatlarga diskriminaцiyasiz yondashuv;

  • xorijiy invyestiцiyalar uchun milliy ryejim;

  • invyestiцion rag‘batlantirishlar sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va atrof-muhit himoyasi sohalaridagi talablarning kuchsizlanishiga yо‘l qо‘ymasligi kyerak;

  • savdo va kapital sohalar chyeklovchi va tartibga soluvchi invyestiцion talablarni minimallashtirish;

  • yetarli va samarali kompyensaцiya tо‘lash sharti bilan ijtimoiy jamiyat maqsadlariga, milliy qonun va xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq diskriminaцiyasiz invyestiцiyalarni ekspropriaцiya qilishdan voz kyechish;

  • rо‘yxatga olish va konvyertaцiya imkoniyatini ta’minlash;

  • kapital olib chiqishdan chyeklashlarni olib tashlash;

  • xorijiy invyestorni milliy invyestorlar bilan tyeng ravishda davlat qonunlariga, ma’muriy qoida va holatlariga rioya qilinishi;

  • invyestiцion loyihani amalga oshirish munosabati bilan xorijiy pyersonalga kyelish va vaqtinchalik turishga ruxsat byerish;

  • kyelishmovchiliklarni konsultatцiyalar va muzoqaralar yoki xо‘jalik sudlari orqali hal qilish.

Iqtisodiy amaliyot shuni kо‘rsatmoqdaki, invyestiцiyalarni jalb qilishda rag‘batlantirish siyosati bozor omillariga nisbatan kamroq ta’sir kо‘rsatadi. Iqtisodiy erkinlik, bozor myexanizmlarining tо‘siqsiz ishlashi tashqi invyestiцiyalarni jalb qilishda muhim krityeriy hisoblanadi. Amyerika iqtisodchilari tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy erkinlikning intyegral kо‘rsatkichi u yoki bu mamlakatda davlat xо‘jalik sub’yektlariga nisbatan kanchalik faol aralashuvining 10 dan ortiq turli kо‘rinishdagi xususiy kо‘rsatkichlarining agryegiraцiya kilingan haraktyeristikasi ishlab chiqilgan bо‘lib, ular quyidagi sohalardagi hollarda namoyon bо‘ladi:



  • savdo siyosati sohasida;

  • solik siyosati sohasida;

  • monyetar siyosati sohasida;

  • bank tizimining ishlashi sohasida;

  • xorijiy invyestiцiyalarni huquqiy tartibga solish sohasida;

  • mulk huquqi sohasida;

  • mamlakatda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar sohasining umumiy hajmida davlat istye’molining ulushi;

  • iqtisodiy rag‘batlantirish siyosati sohasida;

  • davlatda mavjud “qora bozor”ning miqyosi;

  • narxning tashkil topishi va ish haqini tartibga solish sohasida va boshqalar.

Ushbu kо‘rsatkichlarning har biri bо‘yicha davlat 1 dan 5 ballgacha olishi mumkin (davlatning iqtisodiyotga eng kam va eng kо‘p aralashuviga muvofiq). Tadkikotlar natijasiga kо‘ra 1995 yilda eng erkin (bank ishi va monyetar siyosatdan boshqa barcha kо‘rsatkichlar bо‘yicha bir bal olgan) Gonkong iqtisodiyoti tan olindi. Ayni bir paytda Xitoy yuqoridagi diagrammada oxirgi о‘rinni egallaydi. Ammo bu Xitoyga har yili milliardlab xorijiy invyestiцiyalarni jalb qilishiga halaqit byermaydi.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish