Tayanch iboralar: Ishchi kuchi migraцiyasi, ishsizlar, ishga layoqatli shaxslar, ishchi kuchini eksport-import qiluvchi mamlakatlar, “aqlli kishilar”ning kyetib qolish muammosi.
Bobning qisqacha xulosasi:
Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) о‘zining hozirgi kо‘rinishiga sо‘nggi ellik yil davomida shakllandi. JIKB tarkibiga xam migrantlar -myehnat qobiliyatli yoshdagi iqtisodiy faol odamlar, xam xorijda ish qidirishga intilayotgan odamlarga kо‘maklashuvchi migraцiya xizmatlari va xalqaro tashkilotlari kiradi. Myehnat migraцiyasining asosiy yо‘nalishi ishchi kuchining rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga chiqishi sanaladi, xorijiy ishchilarni о‘ziga tortuvchi asosiy xalqaro markazlar SHimoliy Amyerika, G‘arbiy YEvropa, Avstraliya va Isroil hisoblanadi. Bular bilan myehnatkash-migrantlarni о‘ziga tortuvchi yangi hududiy «qutblar»: ba’zi arab davlatlari raqobat qila boshladi.
Myehnat migraцiyasining milliy iqtisodiyotlarga ta’siri darajasi turlicha bо‘lib, kо‘p jihatdan hukumat tomonidan olib boriladigan siyosatga bog‘liq. Ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar asosiy foydani xorijdan valyuta transfyerti oqimlarini kyengayishidan oladi, ammo bunda kо‘pchilik xollarda yuqori malakali kadrlarini yо‘qotadi. Importyor mamlakatlar esa myehnat immigraцiyasining miqdoriy va sifat darajasini kvotalar va chyeklashlar joriy qilish orqali tartibga solishga harakat qiladi, hozirgi paytda malakali kadrlarni va ilmiy-tyexnika sohasidagi ekspyertlarning kirib kyelishi maqsadga muvofiqdir.
Aqlli kishilarni kyetib kolishi muammosi XIMda kyeyingi yigirma-о‘ttiz yillar ichida eng dolzarb muammoga aylandi. Muammoning mohiyati shundaki, ishga joylashish maqsadida xorijga chiqib kyetgan malakali kadrlarni yо‘qotish eksport qiluvchi mamlakat uchun ma’lum miqdorda iqtisodiy zarar yetkazadi.
Nazorat uchun savollar:
Jahon ishchi kuchi bozorining vujudga kyelish sabablarini ayting.
JIKBning mohiyati nimada?
Myehnat migraцiyasining asosiy yо‘nalishlari va markazlarini
ayting.
Myehnat migraцiyasining qanday kо‘rinishlarini bilasiz?
О‘zbyekistonning xalqaro migraцiya aylanmasidagi holatini tushuntiring?
Ishchi kuchi eksportining jо‘natuvchi mamlakatlar ijobiy va salbiy jihatlarini tushuntirib byering.
Ishchi kuchi importidan olinadigan iqtisodiy samara qanday?
«Aqlli kishilarning kyetib kolishi» muammosining mohiyati nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |