6-bob. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan о‘rni
§ 6.1. Erkin iqtisodiy xududlarning mohiyati va kо‘rinishlari
Erkin iqtisodiy xudud xо‘jalik yuritishning yangi shakillaridan biri bо‘lib, xalqaro maydonda 1950 – yillarning oxiri va 60 – yillarning boshlarida paydo bо‘lgan. 1970 - yillarning о‘rtalariga kyelib esa jaxon maydonida kyeng ommalasha boshladi. Bunday xududlar dastlab sanoat ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlar xisoblangan – AQSH, YAponiya, Gyermaniya va Buyuk Britaniyada kyeyinchalik esa Polьsha, Vyengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda tashkil etildi. Jaxon tajribasidan ma’lumki erkin iqtisodiy xududlar dastavval daryo va dyengiz portlarida, xalqaro aeraportlarda, tyemir va avtomobil yо‘llariga yaqin joylarda, sayyoxlik va alohida olingan sanoat markazlarida tashkil etilgan. CHunki toavr moddiy boyliklarni chyet el bozorlariga olib chiqishda va chyet el invyestiцiyalarini iqtisodiyotga jalb etishda erkin iqtisodiy xududlarning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqning farovonligi, xayotning kо‘rkamlashib borishi, kо‘p jixatdan shu mamlakat erkin iqtisodiy xududlarining tashkil etilishi va muvaffaqiyatli faoliyat kо‘rsatishi bilan bog‘liqdir. CHunki bunday xolatlarni iqtisodiyoti rivojlangan va erkin iqtisodiy xududlar tashkil etgan mamalakatlar faoliyatida kо‘plab kuzatish mumkin. Nyega – ki qaysi mamlakatda chyet el invyestorlari va tadbirkorlar faoliyati uchun kyeng imtiyozlar yaratilsa, ularning о‘zlarini tiklab olishlari uchun amaliy yordam byerilsa va imkoniyatlar yaratilsa – invyestiцiya miqdori ham, tadbirkorlikning ishchanlik qobilyati ham о‘sha yerda yuqori bо‘ladi.
Erkin iqtisodiy xudud xaqida tushuncha birinchi marta 1973 yil 18 maydagi Kioto konvyeцiyasida byerilgan. Unga kо‘ra erkin iqtisodiy xudud dyeb – mamlakatning bir qismini ya’ni tovarlar importi va eksportini, bojxona va soliq chyeklovlarisiz olib kirish mumkin bо‘lgan xududga aytiladi. О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy Majlisining 5 – syessiyasida qabul qilingan “erkin iqtisodiy xudud tо‘g‘risida”gi qonunning 1 – moddasida esa quydagicha tarif byerilgan: - “Erkin iqtisodiy xududlar dyeb – mintaqani jadal ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni, istiqbolli tyexnologiyalar va boshqaruvga oid tajribalarni jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq byelgilangan ma’muriy chyegaralari va alohida xuquqiy tartiboti bо‘lgan maxsus ajratilgan xududga aytiladi”.
Umuman olganda erkin iqtisodiy xududlarning 30 ga yaqin turi bо‘ladi. Ulardan kyeng tarqalganlari: erkin savdo xududlar, erkin bojxona, erkin ishlab chiqarish, erkin ilmiy – tyexnik xududlardir. Bularning xar biri erkin iqtisodiy xudud toifasiga kirgani bilan о‘z funkцiyasiga kо‘ra bir biridan farq qiladi.2
Erkin iqtisodiy xududlari – konsignaцiya (ya’ni tovarlarni sotish uchun byerish) omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdyek tovarlarga ishlov byerish, ularni о‘rash – joylash, saralash, saqlash xududlarini о‘z ichiga oladi.
Erkin bojxona xududlari – chyet elda ishlab chiqarilgan va mamlakatga kirib kyelayotgan maxsulotlarni imtiyozli tо‘lov asosida saqlash, markalar va sortlarga ajratish, ishlov byerish, agar kyerak bо‘lib qolgan xolda komplyektlashtirish va sotish kabi vazifalarni bajaradi. Bunday erkin bojxona xududlari daryo va dyengiz portlarida, chyegaradosh tyemir yо‘l tarmoqlarida va aeraportlarda chyet el valyutasida daromad olish maqsadida tashkil etiladi.
Erkin savdo xududlari AQSHda kо‘plab tashkil etilgan bо‘lib, ular tashqi savdo zonalari (Foreing Trade Zones) dyeb nomlanadi. Bugungi kunda AQSHda 200 ga yaqin zona va subzonalar faoliyat qо‘rsatmoqda. Bu xududlarning faoliyatini nazorat qilish tashqi savdo zonalari Dyepartamyentiga yuklatilgan bо‘lib, tadqiqotlar shuni kо‘rsatmoqdaki, Dyepartamyent tomonidan zona ochilishi uchun ruxsat byerilgandan sо‘ng uning faoliyat kо‘rsatguniga qadar 6 oydan – 3 yilgacha vaqt kyerak bо‘ladi.
6.1.1 – Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |