210
tanani harakatlantirmay, qo‘lni to‘xtatib va to‘xtatmay) o‘rgatish hujum
uslublarini o‘rgatish jarayonini yanada samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Sanab o‘tilgan zarbalar bilan birgalikda to‘ldirma to‘plarni uloqtirish
bilan boshlash lozim. Hujum zarbalari ko‘nikmalarini o‘rganib olish
jarayonidan so‘ng murabbiy va o‘yinchilarda taktik mahoratni
shakllantirish uchun vaqt ancha yetarli bo‘ladi. Haftasiga uch marotaba
mashg‘ulotlarning bir-bir yarim yilidan so‘ng yosh sportchilar yuqorida
sanab o‘tilgan mashqlarni o‘rganib, 2,3 va 4 bosqichlarni egallagach,
hujum zarbalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan harakatlar tizimidan
iborat keyingi bosqichlarga o‘tishi mumkin.
5-bosqich. Bir va ikki oyoqda orqaga qaytib kichik to‘plarni sakrab
uloqtirish, 6-bosqich. Yugurib sakraganda yuqoridan zarba berish, 7-
bosqich. Bir va ikki oyoqda orqaga qaytib, yugurib sakrab, to‘pni aldab
harakatlantirish.
5-bosqich vazifalarini amalga oshirish jarayonida o‘yinchilar
voleybol to‘pisiz hujumchi harakatlarini havoda bajarishni o‘rganishadi.
6-bosqichda o‘yinchilar uchib o‘tayotgan to‘pga hujumchi sakrashi
va yugurishini o‘rganishadi. Bu esa havodagi to‘pga sakrab zarba
berishning boshlanishidir.
7-bosqich maksimal balandlikda va ro‘parasidagi to‘p bilan
ishlashni ta’minlaydi, bu harakatlarsiz zarba samaradorligi pasayadi.
Ushbu muammolarning qiyinchiliklarini yengib hujum
texnikasining
o‘rganilgan elementlarini yagona texnik uslubga umumlashtirish
mumkin. Avvaliga o‘rnatilgan to‘pga yugurib kelib zarba berishni
o‘rganish kerak. Bu mashqda uzoq vaqt to‘xtatmaslik tavsiya qilinadi.
Ushbu ko‘nikma egallangach, oddiy sharoitda hujumchi zarbasiga o‘tish
mumkin. O‘rnatilgan to‘pga sakrab zarba berish mashqiga (va boshqa
bosqichlarga) o‘yinchilar keyingi vazifalarni bajarishda qiyinchilikka
duch kelishganda qayta takrorlash mumkin. Bu borada to‘pga nisbatan
aniq vaqt va joyda yugurishni o‘rgatish ushbu bosqichining eng muhim
qismi hisoblanadi. Muayyan vaqt davomida to‘r orqali hujum zarbasini
bajarmaslik kerak, chunki o‘yinchilar to‘rni emas, balki havodagi to‘pni
mo‘ljalga olishni o‘rganishlari kerak. Buning uchun boshqa mo‘ljal:
shift, chiziq va boshqalardan foydalanmaslik uchun hujumni bajarish va
yugurish yo‘nalishini tez-tez o‘zgartirish zarur bo‘ladi. Bu uslub
o‘yinchilarga to‘p ortidan yugurishdagi xatolarning olidin olishda
yordam beradi. Lekin to‘rsiz hujum zarbalarini bajarish mashqlari salbiy
natija ham berishi mumkin, chunki o‘yinchilar to‘pni to‘rga qarab
urishni, shuningdek, to‘pni pastda ishlashga o‘rganib qolishgan
212
mumkin. O‘yinchining yonida turgan murabbiy uning turish holatini,
to‘p ostiga chiqishini va zarba beruvchi qo‘l bilagining yetarlicha tezkor
emasligini nazorat qilishi mumkin. Hujumchi orqasida turgan holda
qo‘llar ko‘tarilganda “bosh orqasiga o‘tkazish” (hujumchi tirsagi
qoidadagidan ko‘ra yuqoriroq bo‘lsa), zarbada yelkalarni yetarlicha
ko‘tarmaslik kabi xatolarni oson topish mumkin.
O‘yinchilarning charchoq holatida tezkorlik yo‘qoladi, harakatlar
keskinligi pasayadi. Yosh o‘yinchilar tetik va e’tiborli bo‘lganida
o‘qitish samaraliroq bo‘ladi. Ular qiziqgandagina e’tiborli bo‘ladi.
Muvaffaqiyatga erishganida esa ular mashg‘ulotga yanada kirishib
ketishadi.
Hujum harakatlarini o‘rgatish bosqichlarida amalga oshirish zarur
bo‘lgan mashqlarning 1-bosqich vazifasi o‘yinchining tayanch-harakat
apparatining hujum harakatlarini o‘rganishga tayyorligini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: