bosqich vazifasi. Sakrab kuch bilan to‘pni o‘yinga kiritishni o‘rganish. (23-jadval)
Sherik bilan to‘r orqali turib baland uloqtirilgan to‘pni sakrab
o‘yinga kiritish
|
Hujumkor zarba tayanch modelining barcha talablarini
bajarish
|
Sakrab devorga hujumkor zarba
|
Asosiy e’tiborni to‘pning to‘g‘ri
yo‘nalishiga qaratish
|
Aynan shu, faqat to‘pni polga
parallel holda yo‘naltirish
|
Aynan shu harakatni bajarish
|
Zal bo‘ylab ko‘ngdalang o‘rnatilgan to‘rga qisqa masofalarda sakrab to‘pni
o‘yinga kiritish
|
Variantda maydonchaga tushish
|
To‘rdan asta sekin 9 m ga
uzoqlashib sakrab to‘pni o‘yinga kiritish
|
Hujumkor zarba tayanch
modelining barcha talablarini bajarish
|
rejali to‘pni o‘yinga kiritish.
2. to‘pni ulotirish
-o‘rtacha balandlikda
-oldiga
-vertikal holatda
sakrab kuch bilan to‘pni o‘yinga kiritish.
Tayanch modeli
Rejali to‘pni o‘yinga kiritish
34-rasm Hujum texnikasini o‘rgatish metodikasi
Hujumkor zarbalar – o‘yinining texnik uslublari orasidagi o‘rganilishi va bajarilishi eng murakkab qismi bo‘lib, voleybolchilardan yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Ayniqsa, qizlarga hujum qilishni o‘rgatish juda qiyin. Buning sababini genetika bilan bog‘lash mumkin. Qadim zamonlardan erkaklar ovchilik bilan shug‘ullangan, uzoq evolyutsiya jarayoni davomida tosh, nayza, o‘q, uloqtirishni takomillashtirishgan, bu esa ovda omad va yashab qolish imkoniyatini oshirgan. Genetik dastur avlodlarga harakatlar samaradorligini ta’minlaydigan ba’zi mexanizmlarni saqlab qolgan. Hujumkor zarbalar ham shu tamoyil asosida amalga oshiriladi – aksariyat o‘g‘il bolalarda hujum mexanizmining “ijobiy aksi” yaqqol ko‘rinadi.
Deyarli barcha qizlarda tana burilishi va yelka suyagi o‘qi atrofida yarim bukilgan qo‘lda ishtirok etadigan mushaklar yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli, ular bir qo‘l bilan yuqoridan kichik to‘p uzatish va hujum zarbalarini bajarishda tananing bukilishi va tirsakni oldinga chiqargan holda (ya’ni, “erkin” sxemani) qo‘llashadi. Aynan shu uslubda futbolchilar to‘pni yon tomondan ikki qo‘llab o‘yinga kiritishadi. Voleybolchilar esa bo‘g‘inlarda “burish” harakatlarini (qat’iy sxema bo‘yicha) bajarishlari kerak.
Voleybol mashg‘ulotlarining boshida asosiy e’tiborni qat’iy sxema bo‘yicha burilish harakatlarini amalga oshiradigan bo‘g‘inlarni tayyorlash va mushaklar guruhini rivojlantirishga qaratish zarur. Quyida tasnifi keltiriladigan maxsus va tayyorlov, jumladan, “qamchi” va “to‘p uzatuvchi jihoz” bilan mashqlarni taklif qilish mumkin. Ushbu mashqlar qo‘llanilgach, nafaqat hujum uslubini o‘rgatish, balki, uzoq vaqt davomida turli muddatlarda tayyorgarlik jarayonini davom ettirish zarur.
Hujum harakatlariga o‘rgatish vazifalari va ularning ketma-ketligi quyidagi 24-jadvalda berilgan. U o‘zgarmas qonuniyat emas, ijodkor murabbiy uni takomillashtirishi mumkin, lekin sxemani to‘liq o‘zgartirishga hojat yo‘q. Hujum uslublarini o‘rgatish mashg‘ulotlarida o‘yinchilar quyidagi mexanizmlarini o‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin:
Qo‘llarni keng ochib qat’iy sxemada zarba harakatlarini shakllantirish.
O‘z vaqtida va mos joyga to‘p ostiga chiqishning vaqtini topish. Hujum harakatlarini bir vaqtda hujum zarbalari mexanizmlari va elementlarini o‘rganishdan boshlash joiz: bir joyda sakrash, ikki oyoqni
orqaga qayirib yugurish, qo‘llarni keng ochib tana burilganda qaytarish va sakramasdan hujum zarbalarini berish.
(24-jadval)
Bir vaqtning o‘zida turli zarbalar texnikasini: oddiy, zarbadan so‘ng qo‘lni to‘xtatib va ikki tomonga to‘p uzatish (tanani harakatlantirib,
tanani harakatlantirmay, qo‘lni to‘xtatib va to‘xtatmay) o‘rgatish hujum uslublarini o‘rgatish jarayonini yanada samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Sanab o‘tilgan zarbalar bilan birgalikda to‘ldirma to‘plarni uloqtirish bilan boshlash lozim. Hujum zarbalari ko‘nikmalarini o‘rganib olish jarayonidan so‘ng murabbiy va o‘yinchilarda taktik mahoratni shakllantirish uchun vaqt ancha yetarli bo‘ladi. Haftasiga uch marotaba mashg‘ulotlarning bir-bir yarim yilidan so‘ng yosh sportchilar yuqorida sanab o‘tilgan mashqlarni o‘rganib, 2,3 va 4 bosqichlarni egallagach, hujum zarbalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan harakatlar tizimidan iborat keyingi bosqichlarga o‘tishi mumkin.
bosqich. Bir va ikki oyoqda orqaga qaytib kichik to‘plarni sakrab uloqtirish, 6-bosqich. Yugurib sakraganda yuqoridan zarba berish, 7- bosqich. Bir va ikki oyoqda orqaga qaytib, yugurib sakrab, to‘pni aldab harakatlantirish.
bosqich vazifalarini amalga oshirish jarayonida o‘yinchilar voleybol to‘pisiz hujumchi harakatlarini havoda bajarishni o‘rganishadi.
bosqichda o‘yinchilar uchib o‘tayotgan to‘pga hujumchi sakrashi va yugurishini o‘rganishadi. Bu esa havodagi to‘pga sakrab zarba berishning boshlanishidir.
bosqich maksimal balandlikda va ro‘parasidagi to‘p bilan ishlashni ta’minlaydi, bu harakatlarsiz zarba samaradorligi pasayadi.
Ushbu muammolarning qiyinchiliklarini yengib hujum texnikasining o‘rganilgan elementlarini yagona texnik uslubga umumlashtirish mumkin. Avvaliga o‘rnatilgan to‘pga yugurib kelib zarba berishni o‘rganish kerak. Bu mashqda uzoq vaqt to‘xtatmaslik tavsiya qilinadi. Ushbu ko‘nikma egallangach, oddiy sharoitda hujumchi zarbasiga o‘tish mumkin. O‘rnatilgan to‘pga sakrab zarba berish mashqiga (va boshqa bosqichlarga) o‘yinchilar keyingi vazifalarni bajarishda qiyinchilikka duch kelishganda qayta takrorlash mumkin. Bu borada to‘pga nisbatan aniq vaqt va joyda yugurishni o‘rgatish ushbu bosqichining eng muhim qismi hisoblanadi. Muayyan vaqt davomida to‘r orqali hujum zarbasini bajarmaslik kerak, chunki o‘yinchilar to‘rni emas, balki havodagi to‘pni mo‘ljalga olishni o‘rganishlari kerak. Buning uchun boshqa mo‘ljal: shift, chiziq va boshqalardan foydalanmaslik uchun hujumni bajarish va yugurish yo‘nalishini tez-tez o‘zgartirish zarur bo‘ladi. Bu uslub o‘yinchilarga to‘p ortidan yugurishdagi xatolarning olidin olishda yordam beradi. Lekin to‘rsiz hujum zarbalarini bajarish mashqlari salbiy natija ham berishi mumkin, chunki o‘yinchilar to‘pni to‘rga qarab urishni, shuningdek, to‘pni pastda ishlashga o‘rganib qolishgan
bo‘lishadi. Buning oldini olish maqsadida murabbiy boshqa turli mashqlar bajarilishini muntazam kuzatib borishi kerak. Masalan, to‘p uloqtirilishi kerak bo‘lgan burchak traektoriyasini belgilash foydali bo‘ladi. To‘r orqali uzoqdan to‘p uloqtirish uning juda qiya traektoriyasi oldini oladi. To‘rdan me’yoriy uzoqlikda to‘p uloqtirishga keyinchalik o‘tish mumkin. Uzoqroq masofadan to‘r bilan va to‘rsiz mashqlarni almashtirib bajarish mumkin.
Boshqa asosiy vazifa bir, bir yarim yil davomida “takrorlangan” (qulochni keng yozib, qat’iy sxemada) sakrashsiz zarbalarni xuddi shu harakatli tuzilmada sakrab erishishidir va bu vaziyatda mashqlarni “faqat to‘gri bajarish” qoidasiga rioya qilish shart. Aksariyat o‘yinchilar uchun yuqoridan ko‘ra o‘rtacha balandlikda uzatishlarga javob qaytarish osonroq, chunki o‘rtacha tezlikda uchib kelayotgan to‘p parametrlarini hisoblash mumkin. Bu xususiyatni o‘yinchilarga hujum harakatlarini o‘rgatishda foydalanish zarur.
To‘rdan uzoq masofadan to‘pga zarba berishni o‘rganganish o‘yinchilar oddiy zarba berishlarga, avvaliga to‘siqsiz, keyinchilik esa belgilangan hududlarga tushirishga oson moslashadi. Undan so‘nggina bir kishilik to‘siq va guruhli to‘siq qarshiligi bilan amalga oshirish lozim. Bu vaziyatda to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarga faqatgina maydon markazini yopish, keyin esa hujumni to‘sish, va nihoyat, “ushlovchi” to‘siq qo‘yish vazifasi qo‘yiladi. Hujum harakatlarini o‘rgatish jarayonida yana bir muhim vaziyatni hisobga olish zarur. Harakat ko‘nikmasi barqarorlashmaguncha (bu esa mashg‘ulotlarning ilk 3-4 yilini tashkil qiladi), o‘yinchilar o‘zi uzatib hujum harakatlarini o‘rganmasdan turib, boshqalarga sakrab hujum berishni o‘rgatmasliklari kerak. Bu mashqlar hatto sport ustalari uchun ham murakkab bo‘lib, ularni bajarish yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi.
Ko‘nikmalar shakllanishi jarayoni odatda to‘lqinsimon kechadi: muvaffaqiyat chekinishlar bilan almashinadi, ular esa kutilmagan xatolar va harakatlar degradatsiyasi bilan izohlanadi. Ularning oldini olish uchun ta’limning avvalgu bosqichlari mashqlarini muntazam takrorlab turish zarur.
Agar murabbiy o‘yinchi harakatlarida xatolarni payqasa va o‘sha vaqtda ularning sabablarini aniqlasa, hujumkor zarbalar ko‘nikmalarini o‘rgatish shunchalik samarali bo‘ladi. Eng birinchi o‘rinda to‘pga to‘g‘ri “chiqish”, qat’iy sxema bo‘yicha quloch yozishning shakllanishi va hujumda egilgan holatda mo‘ljalga tegishga alohida e’tibor qaratish zarur. O‘yinchi to‘pni yo‘qotib qo‘ymasa, bu holatni amalga oshirish
mumkin. O‘yinchining yonida turgan murabbiy uning turish holatini, to‘p ostiga chiqishini va zarba beruvchi qo‘l bilagining yetarlicha tezkor emasligini nazorat qilishi mumkin. Hujumchi orqasida turgan holda qo‘llar ko‘tarilganda “bosh orqasiga o‘tkazish” (hujumchi tirsagi qoidadagidan ko‘ra yuqoriroq bo‘lsa), zarbada yelkalarni yetarlicha ko‘tarmaslik kabi xatolarni oson topish mumkin.
O‘yinchilarning charchoq holatida tezkorlik yo‘qoladi, harakatlar keskinligi pasayadi. Yosh o‘yinchilar tetik va e’tiborli bo‘lganida o‘qitish samaraliroq bo‘ladi. Ular qiziqgandagina e’tiborli bo‘ladi. Muvaffaqiyatga erishganida esa ular mashg‘ulotga yanada kirishib ketishadi.
Hujum harakatlarini o‘rgatish bosqichlarida amalga oshirish zarur bo‘lgan mashqlarning 1-bosqich vazifasi o‘yinchining tayanch-harakat apparatining hujum harakatlarini o‘rganishga tayyorligini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |