286
aholi Tir shahrini egallab, uni qayta quradi. Shundan
so’ng barcha finikiyaliklar o’zlarini umumlashgan
holda nomlana boshladilar. Sharqiy o’rtayer dengizi
qirg`og`ida finikiyaliklar xalqaro savdoda yetakchi
o’rinni egalladilar. Shuningdek
Misrning tashqi
savdosida birinchi o’rinda edilar. Finikiya
shaharlarida kemasozlik, dengizchilik yuqori darajada
rivojlanadi. Finikiyaliklar O’rtayer dengizi havzasida
o’zlarining o’nlab koloniyalarini barpo qiladilar. Tir
va Sidon shaharlari bu yo’nalishda faol harakat
qiladilar. Er. avv 1100 yilda Tir Shimoliy Afrikada
o’z koloniyasi Utikani barpo qiladi. Taxminan shu
vaqtda Tir shahri Ispaniyada Gades koloniyasini
tashkil qiladi. Finikiyaliklar G`arbiy
Sitsiliya,
Sardiniya, Malta va Balear orollarini ham
egallaydilar. Tir va Sidon shaharlari birlashib yagona
davlat tuzadilar. Tir-Sidon podsholigi podsho Xiram
(Er. avv. 969-936-yillar.) davrida gullab-yashnaydi.
Finikiya shaharlari Tir, Sidon va Bibl tranzit savdo
bilan shug`ullanib, Misr va
Bobilda ishlab chiqarilgan
mahsulotlarini Yunonistonga,
yunon
hunarmandchilik mahsulotlarini Sharqqa sotadilar.
Finikiya kemalari yo’l-yo’lakay dengiz qaroqchiligi
bilan ham shug`ullanganlar.
Damashq podsholigi
Damashqning yuksalishi er. avv. II ming yillik
oxirida Arabistondan kelgan somiy qabilalaridan biri
287
oromiylar bilan bog`liq. Ular
Arabistonda tuya boqish
va ko’paytirish bilan mashg`ul bo’lganlar. Er. avv. I
ming yillik boshlarida oromiylar Suriya va Shimoliy
Mesopotamiyada oromiy-xurrit aholisini to’la
assimilyatsiya qiladilar. Bu vatga kelib, oromiy tili
Old Osiyoda asosiy tillardan biriga aylanadi. Er. avv.
II ming yillik oxirlarida kontinental Suriyada savdo
yo`llari kesishgan nuqtada Arabistondan kelgan somiy
qabilalaridan biri oromiylarning Suriyadagi bosh
markazi Damashq shahri kuchayib ketadi. Damashq
podsholigining iqtisodiyoti rivojlangan chorvachilik,
butun Yaqin Sharqqa mashhur bo’lgan qurolsozlik va
oliy navli jun bilan vositachilik savdosiga asoslangan.
Damashq podsholari
Qadimgi xurrit podsholari
unvonlarini eslatadigan “Xudo Bo’ri O’g’li” (“Ben-
Xadad”) unvonini olganlar.
Er. avv. IX asr o`rtalarida Damashq osur
podsholari Ashshurnasirpal II va Salmanasar III ni
Sharqiy o`rtayer dengizi hududida bosqinchilik
urushlariga qarshi kurashda hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Er. avv. 853-yil Damashq podshosi Ben Xadad II va
Isroil podshosi Axav boshchiligidagi birlashgan
qo’shin Qarqara yonidagi jangda Salmanasarni 120
ming kishilik qo`shini hujumini qaytardi. Er. avv.
841-yilda esa Salmanasar Damashq qo`shinlarini
yengadi va
shaharni qamal qiladi, lekin uni ishg’ol
qila olmaydi. Er. avv. VIII asr boshlarigacha Osuriya
288
Sharqiy o’rtayer dengizini bo’tsundirishga harakat
qiladi, lekin bu yerda o’rnasha olmaydi.
Er. avv. IX asrning II yarmida Damashq
podshosi Benxadad III Isroilning Iordan daryosi
ortidagi mulklarini qo’lga kiritadi,
janubiy Falastinga
ham kiradi va yahudiyadan xiroj oladi. Damashq
podshosi Benxadad III shimoliy Suriyani 17
hokimini birlashtirib, ularni Orontdagi o’zining raqibi
Xamat podsholigiga qarshi qo`yadi. Er. avv. IX asr
oxirida beto’xtov urushlar sababli zaiflashib qolgan
Damashq Osuriya podshosi Adadnerari III qo’shinlari
tomonidan bosib olindi. Osuriyaliklar bu yrda ulkan
miqdorda temirni o’lja sifatida oladilar.
Sharqiy o’rtayer dengizida birinchilikni da'vo
qilgan qudratli davlatlar Tir-Sidon va Damashq bilan
bir qatorda kichik davlatlar ham mavjud bo’lgan.
Jumladan, Shimoliy Suriyadagi
Karxemish boy savdo
hunarmandchilik markazi bo’lgan. Xett davlati
yemirilgach, u mustaqil bo’ladi va xett tili, xett
madaniy an'analarini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: