Xitoyning eng boy tadbirkoridan 10 maslahat



Download 22,45 Kb.
bet1/4
Sana12.06.2022
Hajmi22,45 Kb.
#657115
  1   2   3   4
Bog'liq
Xitoyning eng boy tadbirkoridan 10 maslahat



Xitoyning eng boy tadbirkoridan 10 maslahat
Tanishing – Jek Ma! Bugungi kunda savdo aylanmasi bo‘yicha jahonning yetakchi Amazon va Ebay onlayn do‘konlari bilan raqobat qilayotgan Xitoyning Alibaba savdo platformasi asoschisi.
U Xitoydagi «madaniy inqilob» davrida ziyoli sanalgani bois bir umr qochqinda yashagan o‘rta miyona musiqachilar oilasida o‘sib ulg‘aydi. Ammo mashaqqatli kechgan bolalik yillari uning orzulariga rahna solmadi va Jek Ma 100 milliard dollariga teng baholangan yirik biznesini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ya oldi. Uning go‘zal va ibratli hayot yo‘li nafaqat tadbirkorlar uchun, balki oddiy o‘quvchi va talabalar uchun ham qiziqarli. Quyida bu inson tadbirkor va muvaffaqiyatli insonlar fe’l-atvoriga xos jihatlar, ularning omadiga xos sirlar haqida hikoya qiladi, maslahat va tavsiyalarini o‘rtoqlashadi.
Kompaniya rahbarining xodimlaridan farqli jihatlari xususida
Kompaniya rahbari o‘zining malaka va mahoratini hech qachon xodimlarning qobiliyati bilan taqqoslamasligi lozim. Sababi – xodim o‘z ustida ishlashi, mas’uliyatni his qilish uchun uning professional layoqatini doimo rahbarnikiga qaraganda ustun, deb hisoblash zarur.
Aks holda, ko‘p o‘tmasdan siz ish uchun nomunosib kadrlarni tanlaganingizga amin bo‘lasiz. Rahbarning kompaniyani rivojlantirishga oid rejasi doimo bir necha yil oldinni ko‘zlashi shart.
Matonat va qat’iylik – lider fe’l-atvorining asosi. Boisi, bu xislat oddiy xodimlarni ortiqcha bosimsiz boshqarishga imkon yaratib beradi.
Taqdirning kutilmagan zarbalariga dosh berishi, qochib bo‘lmas muvaffaqiyatsizliklardan omon chiqishi uchun yo‘lboshchi benazir qobiliyat va iste’dod egasi bo‘lishi zarur.
Shunday ekan, uzoqni ko‘ra bilish, qat’iylik va yaxshi xulq sardorni boshqalardan ajratib turadigan jihatlardir.
Siyosat bilan shug‘ullanish hammaga ham emas
Siyosat va biznesning bir qozonda qaynashi juda kamyob holat. Modomiki, siyosatga ishqiboz ekansiz, unda biznesni unuting. Yoki aksincha. Mablag‘ning siyosat bilan to‘qnashuvi gugurt donasi va dinamitning uchrashuviga barobar vaziyat: bir kuni kuchli portlashning sodir bo‘lishi aniq.

Download 22,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish