284
davlatlarni birlashtirgan yirik
davlatni barpo qilishga
urinadilar. Bu siyosiy birlashma Yamxad nomini
oldi. Dastlab bu birlashma qabilalar ittifoqi shaklida
bo’lgan. Uning asoschisi
doimiy qarorgohga ega
bo’lmagan. U shimolda Karxemishda janubda Oront
daryosigacha bo’lgan bepoyon hududga hukmronlik
qilgan. (tax. er. avv. XVII asrning II yarmida) Xalpa
(hozirgi Aleppo) shahri poytaxt vazifasini o’tadi.
Mari shahri bilan serqatnov savdo aloqasi o`rnatiladi.
Er. avv. XVII asrda Yamxad
zaiflashib tushkunlikka
yuz tutadi. Er. avv. 1600-yillar atrofida Yamxad
davlatini xettlar bosib oladilar.
Er. avv. XIII-XVII asrda Yamxaddan janubroqda
bir qancha shaharlarni birlashtirgan qudratli
giksoslar ittifoqi vujudga keladi.
Zarbdor qism jang
aravalari bo’lgan qo’shinga ega bo’lgan giksoslar o’z
hokimiyatlarini Misrda o’rnatdilar, Falastin va
Suriyada ham egalik qildilar. Giksoslar ittifoqiga
Kadesh va Megiddo shaharlari ham qiradi. Giksoslar
davlati qurama bo’lib, unga semit qabilalari yetakchi
o’rin egallab, bu davlat birlashmasiga
xurrit va xett
qabilalari qo’shildilar.
Giksoslar Misrdan haydalgach, Falastin va
Suriyaga chekinib
bu yerda qariyib yuz yil
hukmronlik qildilar. Shimoliy Suriyada xettlar
hokimiyatni qo’lga oldilar, lekin tez orada Mitanni
davlati bu hududni egallab oladi. Er. avv. XVI asr
oxiriga kelib, Sharqiy o’rtayer dengizi Misr va
285
Mitanni tomonidan bo’linib olinadi. Bu ikki davlat
hududda to’la hukmronlikni qo’lga kiritish uchun
to’xtovsiz urushlar olib bordilar. Er. avv. XV asr
oxiriga kelib raqobat Shimoliy Suriyani Mitanniga
Janubiy Suriya va Falastinni Misrga o’tishi bilan
yakunlanadi. Er. avv. XV-XIV asrlarda sharqiy
o’rtayer dengizi
siyosiy tarqoqlik, o’zaro urushlar
girdobida qoldi. Bu hududda halokatga uchragan
Mitanni davlatining o’rniga xettlar keldilar. Er. avv.
XIII-XII asr boshlarida Suriya va Falastin o’rtayer
dengizi qirg`ogi egey-anatoliya xalqlari («dengiz
xalqlari») bosqiniga uchraydi. Ular Kipr Karxemish
va Ugarit flotini tor-mor qildilar.
Er. avv. XII asr ular
Ugaritni batamom vayron
qiladilar, Livandagi Amurri davlatini tugatadilar,
Sidon va Tir shaharlarini talon-taroj qiladilar.
Shundan so’ng ular er. avv. 1180-yillar atrofida
Misrga hujum qiladilar, lekin misrliklar hujumni
qaytaradilar. Misrdan uloqtirib tashlangan kelgindilar
Falastin qirg’og’iga o’rnashib, Filistim (“Peleset”)
nomi bilan davlat tuzdilar.
Tez orada ular bu yerdagi
mahalliy aholining tili va madaniyatini o’zlashtirdilar,
ularning nomidan “Falastin” nomi kelib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: