116
Laboratoriya sharoitida o’tkazuvchanlik
aniqlanganda namunani tekshirish uchun
tayyorlashga
e’tibor
berish
kerak.
Namunaning
ustki
va
ostki
qismlarini
belgilab, jinslarning qatlamlanishiga moslab,
ba’zilari esa qatlamlanishga perpendikulyar holatda sinaladi va bu jarayonlar
laboratoriya jurnalida qayd qilinadi.
Jinslarning g’ovakliligi va o’tkazuvchanligini laboratoriyada aniqlash metodlari
maxsus qo’llanmalarda berilgan. Bundan tashqari, jinslarning o’tkazuvchanligi kon-
geofizikasi tadqiqotlari orqali ham aniqlanadi.
Qatlamning o’tkazuvchanligini, shuningdek, quduqni sanoat miqyosida tadqiq
qilish asosida ham aniqlash mumkin. Bu maqsadda quduqdagi bir tarkibli
turg’unlashgan (bir tekis harakatlanadigan) oqimdan foydalaniladi va u Dyupyui
formulasi bilan aniqlanadi:
h
r
R
n
μ
)
Р
Р
(
π
I
k
2
Q
š т
š а
œ
-
т
,
bunda Q ― suyuqlik sarfi, sm
3
/s; K
o’
― o’tkazuvchanlik, m
2
; h - qatlamning
foydali qalinligi, sm;
- qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi, MPa∙s; R va r -
quduqning ta’sir radiusi va quduq radiusi, sm (R qiymati qo’shni ishlatish
quduqlarigacha bo’lgan masofalarning o’rtacha qiymatining yarmiga teng, r - neftli
qatlamni burg’ilagan doloto o’lchamiga teng bo’lgan quduq radiusi).
«Neft konlarini ishlatish» fanida konni ishlatishning turg’un rejimi uchun
indikator egri chiziqlarining va noturg’un ish rejimi uchun bosimning tiklanishi (
yoki pasayishi) egri chiziqlarini chizish metodikasidan ma’lumotlar beriladi. Ushbu
egri chiziqlar tahlili qatlamning o’tkazuvchanlik, Peyzoo’tkazuvchanlik,
harakatchanlik koeffisientlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Indikator egri chizig’i va mahsuldorlik koeffisienti yordamida o’tkazuvchanlik
koeffisienti qiymatini, quduq tanasi atrofi uchun boshqa parametrlarni hamda
bosimning tiklanishi (pasayishi) egri chizig’i orqali o’tkazuvchanlikning o’rtacha
miqdorini va quduq drenajlagan zonadagi parametrlarni aniqlash mumkin.
Neftli jinslarning mutlaq (umumiy) va foydali o’tkazuvchanligini o’rganish
uyumlarini ishlatish sistemasini loyihalashda, qatlamga ta’sir etish tadbirlarini ishlab
chiqishda katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki, neft uyumlarining suvlanishining ortishi neft uchun foydali
o’tkazuvchanlikni pasaytiradi, suv uchun ko’paytiradi. SHunga ko’ra quduq to’liq
suvlanganda quduq tubi zonasida va qatlamda ma’lum bir miqdorda neft qoladi va
uni chiqarish juda qiyin bo’ladi, bunday hollarda neft uchun fazali o’tkazuvchanlik
nolga yaqinlashadi. Masalan, bir qator neft konlarining neftlilik chegarasidan
(uyumning suvlangan qismi chegarasidan) olingan namunalarning neftga
to’yinganligi 25-35% va undan ko’p bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: